A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


*1238-yllda yuz bergan bu qo'zg'olon tarixga Mahmud Tarobiy qo'zg`oloni nomi bilan kirgan


Download 397 Kb.
bet67/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

*1238-yllda yuz bergan bu qo'zg'olon tarixga Mahmud Tarobiy qo'zg`oloni nomi bilan kirgan.
Savollar
1. Chingizxon zabt etilgan o'lkalarni qanday taqsimladi?
2. Chig'atoy ulusi qachon va qayerda tashkil topdi?
3. Mo'g'ullar qanday soliqlarni joriy etdilar?
4. Mahmud Torobiy qo'zg'oloni qachon va qanday boshlandi?
5. Qanday sabablar Torobiy qo'zg'olonining mag'lubiyatiga olib keldi?
28-§. IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOTNING JONLASHISHI
Tayanch tushunchalar: Pul islohoti. Yer egaligi. Chig'atoy ulusining bo'linishi. Madaniy hayot.
Ulug' xoqon farmoni
XIII asr o'rtalarida Chig'atoy ulusining mo'g'ul amaldorlari doirasida o'troqlikka ko'chish, shahar hayotiga yaqinlashish, mahalliy o'troq aholining boy madaniyatidan foydalanish jarayoni kuchayadi. Mo'g'ulistonning ulug' xoqoni Munke soliq va hashar ishlarini tartibga solish to'g'risida maxsus farmon - yorliq chiqaradi. Yomlar bo'ylab pochta xizmati uchun ajratil-gan otlar soni belgilanib, aholidan ortiqcha ot talab qilish man etiladi. Shuningdek, elchilarga, qo'llarida bevosita topshiriqlari bo'lmasa, sha­har yoki qishloqlarga kirmasligi va aholidan ular uchun belgilanadigan ortiqcha yem-xashak hamda oziq-ovqat olmasligi uqtiriladi. Shu tariqa aholi o'zboshimchalik bilan yig'ib olinadigan hisobsiz to'lovlardan ozod bo'ladi.
Mas'udbekning pul islohoti
Movarounnahrda asta-sekinlik bilan bo'lsa-da, shahar hayoti, xususan hunarmandchilik va savdo munosabatlari jonlana boshlaydi. Shaharlarning ichki hayoti, ayniqsa tovar va pul munosabatlarining tiklanishida Mas'udbek tomonidan 1271-yilda amalga oshirilgan pul islohoti muhim ahamiyatga ega bo'ladi. U Movarounnahming 16 ta shahar va viloyatlarida, jumladan, Samarqand, Buxoro, Taroz, O'tror, Xo'jand vaboshqa shaharlarda bir xil vazn va yuqori qiymatli sof kumush tangalar zarb ettirib, mamlakatda ulami muomalaga chiqaradi.
Kebekxon va uning islohotlarl
XIV asrning birinchi yarmida Chig'atoy ulusida mo'g'ullarning o'troqlikka o'tish jarayoni kuchayib, ularning ijtimoiy hayotida jiddiy o'zgarishlar sodir bo'la boshlaydi. Movarounnahrdek madaniy o'lka bilan mustahkam aloqa o'rnatishga va o'troq hayot kechirishga intilgan Chig'atoy xonlaridan biri Kebek (1318-1326) edi. U hokimiyatni bevosita o'z qo'liga olib, Qashqadaryo vohasidagi qadimgi Nasaf shahii yonida o'ziga saroy qurdiradi. Saroy mo'g'ul tilida «Qarshi» deb yuritiladi. Kebekxon o'z qarorgohini mo'g'ul hukmdorlari orasida birinchi bo'Hb Movarounnahrga ko'chiradi. U shu saroyda turib mamlakatni idora qiladi. Keyinchalik saroy atrofida yangi binolar qad ko'taradi va eski Nasaf shahri bilan qo'shilib ketadi. Shundan e'tiboran bu shahar «Qarshi» deb atala boshlanadi.
Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy hayotini tartibga solish maqsadida ma'muriy va pul islohoti o'tkazadi. Mam­lakatda yagona pul joriy qilinadi. Erondagi Xulokiylar davlati va Oltin O'rda xonligining kumush tangalari namunasida ikki xil pul: og'irligi 8 grammlik katta kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etilgan. Katta tanga «dinor», kichigi «dirham» deb atalgan. «Kepaki» deb nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib, muoma­laga chiqarilgan.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling