A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Jaloliddin Manguberdining jasorati


Download 397 Kb.
bet63/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Jaloliddin Manguberdining jasorati
Movarounnahrning asosiy shaharlari egallangach, mo'g'ul jangarilarining bosqinchilik yurishi Amudaryodan janubga joylashgan yirik savdo va madaniyat markazlaridan hisoblangan Balx, Hirot, Marv va G'azna kabi shaharlarga yo'naltiriladi. Ammo bu viloyatda ular Jaloliddin Manguberdining qattiq qarshiligiga uchraydi. Bu o'lkada u kuchli lashkar to'playdi.
Jaloliddin Manguberdi ancha yillar ilgari G'azna, Bomiyon va Hindiston hududlarigacha bo'lgan yerlarga hokim etib tayinlangan edi. Shu boisdan u G'azna tomon borardi. Yo'lda unga Xuroson noiblari o'z qo'shinlari bilan kelib qo'shilib bordi. Sulton Jaloliddin Niso, Qandahor shaharlari yonida mo'g'ul qo'shinlariga qaqshatqich zarbalar berib, G'aznaga yetib keldi. Uning qo'shinlari safiga yangi kuchlar qo'shildi. Jaloliddin Valiyon qal'asini qamal qilayotgan mo'g'ul qo'shinlariga qarshi hujum qilib, ularni tor-mor etadi. Bu Jaloliddinning dushman ustidan qozongan dastlabki yirik g'alabasi edi.
Chingizxon Jaloliddin Manguberdiga qarshi Shiki Xutuxu no'yonni 45 minglik qo'shin bilan jo'natadi. G'azna yaqinidagi Parvon dashtidagi jangda Jaloliddin g'alaba qozondi.
*Jaloliddin jangda harbiy taktika tarixida birinchi bo'lib dushman suvoriylariga qarshi ot yonida turlb piyoda jang qilish uslubini qo'llaydi.
Biroq g'alabadan keyin qo'lga kiritilgan o'ljalarni taqsimlashda Jaloliddinning lashkarboshilari o'rtasida o'zaro kelishmovchilik boshlanadi. Oqibatda lashkarboshilardan Sayfuddin Ag'roq, A'zam Malik va Muzaffar Maliklar qo'shindan ajralib ketadilar. Bu voqeadan so'ng Jaloliddinning harbiy kuchi zaiflashib qoladi.
Fursatdan foydalangan Chingizxon G'aznaga askar tortadi va ajralib chiqqanlarni alohida-alohida tor-mor etadi. Jaloliddin tengsiz janglar olib borib, Sind (Hind) daryosi qirg'oqlariga yaqinlashib boradi. Daryo bo'yida 1221-yilning 25-noyabrida ikki o'rtada qattiq jang bo'ladi. Jaloliddin Chingizxon qo'shinining ilg'orini yengadi. Mo'g'ullarning pistirmalarga qo'yilgan 10 ming nafar saralangan askari jangni yakunlaydi. Jaloliddin taslim bo'lishni xohlamay otda Sind daryosiga sakrab, narigi qirg'oqqa suzib o'tadi. U bilan birga uning to'rt ming kishilik askari ham daryodan o'tib oladi. Hozirgi paytda ham bu daryoning bir tomoni «Ot sakrash», narigi tomoni «Cho 'li Jaloliy» deb ataladi. Jaloliddinning jasoratiga qoyil qolgan Chingizxon hatto uni ta'qib qilish fikridan ham qaytadi. Hatto, u o'g'illariga qarab: «Ota o'g'il mana shunday bo'lishi lozim» degan ekan.
Jaloliddin yana o'n bir yil davomida goh Eron, goh Ozarbayjon hududlarida mo'g'ullarga qarshi kurashni davom ettiradi.
Shunday qilib, buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdini va uning jangovar kuchini tashkil qilgan fidoyi safdoshlari dushmanga qarshi yillar davomida qahramonona kurashsalarda, ammo ona yurt ozodligini saqlab qolishning ilojini qilolmaydilar. Eng so'nggi Xorazmshohning hukmdorligi 1231-yilda tugaydi. Sharqdagi bu ulkan davlat batamom barham topadi.
Vatan ozodligi yo'lida jon fido qilgan buyuk ajdodimiz Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi mustaqil O'zbekistonda 1999-yili keng nishonlandi. Xorazmda unga haykal o'rnatildi , yirik ko'cha va maydonlarga uning nomi qo'yildi, videofilm, pyesa va dostonlar yaratildi. 2000-yil 30-avgustda «Jaloliddin Manguberdi» ordeni ta'sis etilgan.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling