A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Xorazmshohning mudofaa rejasi
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Otror qamali
- Aloqnoyon hamda Sukatu Chorbiy
Xorazmshohning mudofaa rejasi
Chingizxon Movarounnahr yurishiga katta ahamiyat berib, puxta tayyorgarlik ko'rgan edi. Hali harbiy yurish boshlanmasdanoq u o'z dushmanining kuch-qudrati va urushga tayyorgarlik to'g'risida savdogarlar orqali to'plagan ma'lumotlarni sinchiklab o'rgangan. Chingizxon Xorazmshohlar davlatining ichki ahvolidan to'la xabardor edi. Xorazmshoh bilan sarkardalar o'rtasida mavjud ixtiloflar avval boshdanoq ustunlikdan foydalanishga imkon bermadi. Urush boshlanishi arafasida bo'lgan harbiy kengashda ular o'rtasidagi ixtilof yaqqol namoyon bo'ldi. Kengashda dushmanga zarba berishning yagona rejasini yakdillik bilan belgilab olish o'rniga fikrlar bo'linib ketdi. Sulton katta qo'shinni bir joyga to'plashdan qo'rqar edi. Sulton nazarida bir joyga to'plangan qo'shin uni taxtdan ag'darib tashlashi mumkin edi. Shuning uchun ham harbiy kengashda sulton o'z qo'shinlarini turli shaharlarda alohida-alohida joylashtirishga, urushda mudofaa taktikasini qo'llashga qaror qiladi. Shu tariqa mamlakat mudofaaga tayyor bo'lmagan sharoitda mudofaachilikdan iborat xato yo'l tutildi. O'tror qamali 1219-yilning kuzida Chingizxon Xorazmshohga qarshi yurish boshladi. Uning jami askari 200 mingga yaqin edi. Chingizxon qo'shini Sirdaryo bo'yida joylashgan O'tror shahri ustiga yurish qildi. Chingizxon bu shahar yaqinida Movarounnahmi qisqa muddat ichida zabt etish uchun butun harbiy kuchlarini to'rt qismga bo'ldi. Uning bir qismini o'g'illari Chig'atoy va O'qtoy boshchiligida O'trorni qamal qilib rurish uchun qoldirdi. Ikkinchi qismga Jo'ji boshliq etilib, u Sirdaryo etagi tomon yuborildi. Unga Sig'noq, О'zgan, Jand, Yangikent shaharlarini bosib olishni buyurdi. Besh ming kishilik uchinchi qo'shin Aloqno'yon hamda Sukatu Cho'rbiy qo'mondonligida Sirdaryoning o'rta sohili bo'ylab, uning yuqori oqimiga joylashgan Banokat va Xo 'jand shaharlari tomon yuborildi. Chingizxonning o'zi asosiy kuchlari bilan Buxoro tomon askar tortdi. O'tror mustahkam qal'ali chegara shahar edi. Qal'a noibi G'oyirxon (Inolchiq) boshchiligida shaharda 20 ming suvoriy bor edi. Qamal arafasida unga yordam uchun Qoracha Hojib qo'mondonligida yana 10 minglik qo'shin kelib qo'shilgan edi. Juvayniyning ma'lumotiga qaraganda, bu kuchdan tashqari Sulton Muhammad «Lashkar birun» deb atalgan 50 ming askar yuborgan. Natijada O'tror shahrida dushmanga qarshi kuchli bir himoya quvvati tashkil bo'lgan edi. Shunday bo'lsa-da, o'sha davr solnomachilarining naqliga qaraganda, mo'g'ullar shaharni qamalga olish bilan mudofaachilar sarosimaga tushganlar. Qamalning dastlabki kunlaridayoq shahar hokimiyatining vakili Badruddin Amid, Safiy Aqra' Hojib boshliq sulton tomonidan qatl etilgan O'tror qozisining avlodlari mo'g'ullar tomoniga o'tib ketadilar. Manbalarga ko'ra, O'tror qamali 5 oy davom etgan. Mo'g'ullar I shaharga oqib kiradigan ariqlarni ko'mib tashlagan, manjaniqlardan shaharga qarata tosh, neft bilan to'ldirilgan ko'zachalar (piliklarini yondirib) irg'itganlar, qo'rg'on tevaragida xandaqlar shox-shabba va tuproq bilan to'ldirilgan, qo'rg'on devori ostidan lag'm (tunnel) qazilgan, daraxtlar kesib ulama shotilar yasalgan va devorga tiklangan. O'tror qamali davrida nafaqat qamaldagilar, balki mo'g'ullar ham I katta talofat ko'rganlar. Qamaldagilarning safi siyraklashib, oziq-ovqat tanqisligi kuchaygan. O'tror mudofaasining eng og'ir paytida Qoracha Hojib o'z qo'shini bilan shahar darvozasidan chiqib, mo'g'ullarga taslim bo'lgan. Biroq xiyonatkorlarni mo'g'ullar ham kechirishmagan. Ular Qoracha Hojib va uning askarlarini qatl etishgan. Shu asnoda o'trorliklar shaharni mudofaa qilib, uni besh oy davomida o'z qo'llarida ushlab turadilar. Ayniqsa G'oyirxon o'zini Chingizxon savdogarlari va sarbonlarini o'ldirishda aybdor his qilib, so'nggi nafasigacha dushmanga qarshi kurashadi. Uning askarlari ellik-elliktadan bo'lib, qal'adan tashqariga chiqar va bosqinchilar bilan jang qilib, halok bo'lardi. Chig'atoy qo'shini shahar devorlaridan rahnalar (tuynuklar) ochib, ichkariga yopirilib kirgan, aholisini shahristondan quvib chiqargan va shaharni talaganlar. G'oyirxon boshliq mudofaachilarning bir qismi O'tror arkiga joy-lashib olib, mudofaani yana bir oygacha davom ettiradilar. Chig'atoyzodalar qanday bo'lmasin, G'oyirxonni qo’lga tushirishga ahd qiladilar. Oqibat u qurshovga olinib, asirga tushiriladi. U Samarqandga olib borilib, qiynab o'ldiriladi. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling