A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet65/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Chig'atoy ulusi
XIII asrning 20-yillarida Chig'atoy tasar-rufiga berilgan Movarounnahr, Yettisuv va Sharqiy Turkistonda Chig'atoy ulusi tashkil topdi. Chig'atoyxonning ulusni boshqaradigan o'rdasi Elsuvi (Ili) daryosi bo'yida edi. Viloyatlar va hunarmandchilik shaharlarini boshqarishda Chig'atoy o'ziga bo'ysundirilgan xalqlarning yuqori tabaqa vakillari xizmatidan foydalanadi.
Movarounnahrni bevosita idora etish ishlari hali Movarounnahr zabt etilmasdan ilgari Chingizxon huzurida xizmat qilgan xorazmlik savdogar Mahmud Yalavochga beriladi. U Xo'jand shahrini o'ziga qarorgoh qilib oladi va shu yerda turib, Movarounnahrni idora qila boshlaydi. Harbiy hokimiyat, aholini ro'yxatdan o'tkazish, soliq yig'ish ishlari dorug'achi va tavg'ach deb ataluvchi mo'g'ul amaldorlari qo'lida bo'lardi. Mo'g'ul bosqoqlari (mahalliy hokim) ixtiyoridagi ko'p sonli askarlar Mahmud izmiga bo'ysundirilgan edi. Mahmud Yalavoch shularga suyanib mo'g'ul xoqonlari talabini ijro qilar va o'zining cheksiz hukmronligini amalga oshirar edi.
Soliq turlari
Chig'atoy xonlari markaziy hokimiyat xazinasi uchun aholiga turli soliqlar solib, zo'ravonlik bilan undirib olishar edi. Ziroatchilardan olinadigan yer solig'i bu davrda «kalon» deb yuritilgan. Chorvadorlarga esa «qopchur» solig'i solingan. Davlat xazi­nasi uchun «shulen» nomi bilan yuritilgan oziq-ovqat solig'i ham undirilgan. «Shulen» har bir podadan ikki yashar qo'y, qimiz uchun har ming otdan bir biya hisobida olingan.
Hunarmandlar va savdogarlardan «targ'u» solig'i undirilgan. Targ'u ishlab chiqarilgan mahsulot yoki sotilgan molning o'ttizdan bir qismi hajmida undirilgan. Bulardan tashqari aholiga tuz solig'i, jun va kumush solig'i solingan.
Soliqlar mahalliy amaldorlar tomonidan barot (ijara) tartibida avvaldan bir yo'la to'lab yuborilardi, so'ngra ular aholidan yig'ib olinardi. Aholidan yig'ib olish paytlarida soliqlar, shubhasiz, rasmiylashtirilgan miqdordan oshirib undirilardi.
Zo'rlik, jabr-zulmning nihoyatda kuchayishi, xilma-xil majburiy to'lov va yig'imlarning haddan tashqari ko'pligi mo'g'ullarga nisbatan norozilikni oshirib, istilochilar istibdodiga qarshi xalqning bosh ko'tarishiga olib keldi. Shunday qo'zg'olonlardan biri Buxoro vohasidagi Torob qishlog'ida ko'tarilgan xalq qo'zg'oloni bo'ldi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling