A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


-§. AMIR TEMUR SALTANATINING MA'MURIY VA HARBIY TUZILISHI


Download 397 Kb.
bet77/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

32-§. AMIR TEMUR SALTANATINING MA'MURIY VA HARBIY TUZILISHI
Tayanch tushunchalar: Saltanat boshqaruvi. Suyurg'ol yerlar. Qo'shin tuzilmasi. «Temur tuzuklari».
Saltanat boshqaruvi
Sohibqiron Amir Temur o'z zamonasining talab-ehtiyojlaridan kelib chiqib davlat boshqaruvini takomillashtirdi, unga yangicha ruh va mazmun berdi. Davlatning tarkibiy tuzilishi harbiy-siyosiy tartiblarga asoslangan bo'lsa-da, jamiyat rivoji, barcha ijtimoiy tabaqalarning manfaatlarini ta'minlash nazarda tutilgan edi.
Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi ikki idoradan: dargoh va vazirlik (devon)dan iborat bo'lgan. Dargohni Oliy hukmdorning o'zi boshqargan. Ijroiya hokimiyat - devonni devonbegi (bosh vazir) boshqargan. Devonda harbiy vazir, mulkchilik va soliq ishlari vaziri, moliya vaziri faoliyat yuritgan. Bulardan tashqari sarhadlar va tobe mamlakatlaming boshqaruvi bilan shug'ullanuvchi yana uch vazir bo'lib, ular devonbegiga hisobot berib turgan.
Markaziy hokimiyat tizimida shayxulislom, qozikalon, sadri a'zam, dodxoh, yasovul, muhassil, tavochi, muhtasib va boshqa amaldorlar xizmat qilgan.
Dargohda bosh hojib, xazinabon, xonsolar, qo'shchi, bakovul, kotiblar, bitikchilar, tabiblar, sozandalar, dasturxonchilar xizmatda bo'lgan.
* Dodxoh - shikoyatlarni ko'ruvchi
* Muhassil - soliq undiruvchi
* Sadri a'zam - vaqf mulklari boshqaruvchisi
* Suyurg'ol - oliy hukmdor tomonidan in'om tariqasida berilgan yer-mulk
* Tavochi - qo'shin to'plovchi
* Yasovul - hukmdorning shaxsiy topshirig'ini bajaruvchi
Suyurg'ol yerlar
Amir Temur ulkan saltanat tasarrufidagi o'lkalarni o'g'illari, nabiralari va xizmat ko'rsatgan amirlarga suyurg'ol tarzida in'om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrdan tashqari o'z tasarrufidagi barcha viloyat va mamlakatlarni Amir Temur o'limidan biroz avval o'g'il va nabiralari orasida bunday taqsimlaydi: Ozarbayjon, G'arbiy Eron, Iroq, Armaniston, Gurjistonni - Mirzo Umar ibn Mironshohga, Forsni - Pirmuhammad ibn Umar Shayxga, Xuroson, Mozandaron, Ray va Seistonni - Shohruh Mirzoga, Sulton Mahmud G'aznaviy mulkini Kobul va Qandahordan Shimoliy Hindistongacha Sind daryosi havzasi bilan birga - Pirmuhammad Jahongirga, Toshkent, Sayram, O'tror va Ashparadan to Xitoy chegarasigacha - Ulug'bekka, Farg'ona, Tarozdan to Xo'tangacha, ya'ni Sharqiy Turkistonning janubi g'arbini - Ibrohim Sultonga berdi.
Uluslar markaziy hukumatga itoat etsalar-da, ammo ular ma'lum mustaqillikka ega edilar. Ulus hukmdorlarining alohida davlat devonxonasi, qo'shini mavjud edi. Ularning markaziy hukumatga tobeligi xirojning bir qismini Samarqandga yuborib turish va oliy hukmdor harbiy yurishlarida o'z qo'shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling