A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


* Valiahd - toj-u taxt vorisi. Hukmdor tirikligi davrida har ehtimolga qarshi voris tayinlab qo'yardi


Download 397 Kb.
bet85/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

* Valiahd - toj-u taxt vorisi. Hukmdor tirikligi davrida har ehtimolga qarshi voris tayinlab qo'yardi
* Muxolifot - mavjud hokimiyat siyosatiga qarshi kuchlar
Oqibatda bu davrda Xurosonda Shohrux, Balx, G'azna va Kandahorda Pirmuhammad, G'arbiy Eron va Ozarbayjonda Miron­shohning o'g'illari Umarshayx Mirzo bilan Abu Bakr Mirzolar hokimi mutlaq bo'lib oladilar. Sirdaryodan shimolda joylashgan viloyatlar: Turkiston, Sabron, O'tror, Sayram amir Berdibekning tasarrufida qoladi. O'ratepa bilan Farg'onani amir Xudoydod Husayniy egallab oladi. Xorazmni esa Oltin O'rdaning nufuzli amirlaridan Idiku bosib oladi. Pirmuhammad 1407-yil 22-fevralda vaziri Pir Ali Toz boshliq fitnachilar qo'lida halok bo'ladi. 1408-yil 22-aprel kuni Qoraqo'yunli turkmanlarning qabila boshlig'i Qora Yusuf bilan bo'lgan jangda Mironshoh halok bo'ladi. Ozarbayjon va Iroq viloyatlari temuriylar qo'lidan ketadi.
1409-yil bahorida Movarounnahrda vaziyat yanada keskinlashadi. Amir Xudoydot O'ratepa va Shohruxiya shaharlarini osongina qo'lga kiritib, Samarqand tomonga askar tortadi. Sheroz yaqinida Zarafshon daryosi bo'yida sodir bo'lgan jangda Xalil Sulton qo'shini mag'lu-biyatga uchraydi, o'zi esa asirga olinadi.
Shohrux hokimiyatining qaror topishi
Shu davrda Xurosondagi amirlar isyonini bostirishga ulgurgan Shohrux endilikda butun e'tiborini Movarounnahrga qaratadi. Chunki u ota yurtidagi hodisalarga loqayd qaray olmasdi. 1409-yil 25-aprelda u Amu­daryodan o'tib, Samarqand sari yurish qiladi. Qariyb besh yil davom etgan o'zaro kurash va isyonlar xalqning jiddiy noroziligiga sabab bo'lgan edi. Shuning uchun ham temuriyzodalar va amirlar o'rtasidagi kurashga xotima berish maqsadida Shohrux boshlagan harakat mamlakat fuqarolarining ko'pgina tabaqalari tomonidan quvvatlanadi. Shu bois Movarounnahrdagi beboshliklarga chek qo'yilib, Movarounnahr va Xurosonda o'z hukmronligini o'rnatadi hamda mamlakatda tinchlik va osoyishtalik o'rnatishga muvaffaq bo'ladi.
Shohruxning uzoq hukmronligi davrida Amir Temur saltanatining asosiy qismi uning qo'li ostida saqlanib qolsa-da, ammo bu ulkan mamlakat ikki davlatga bo'lingan edi. Ulardan biri Amudaryodan janubda joylashgan Shohrux boshchiligidagi davlat bo'lib, uning markazi Hirot shahri edi. Ikkinchisi esa Amudaryodan shimolda Movarounnahr va Turkiston hududida Ulug'bek boshchiligidagi davlat bo'lib, Samarqand uning poytaxti edi.
Savollar
1. Amir Temur saltanatining parchalanish sabablari nimada?
2. Shahzodalar o'rtasidagi ichki kurash qanday oqibatlarga olib keldi?
3. Siz Xalil Sultonning harakatini qanday baholaysiz?
4. Shohrux Mirzo qachon Samarqandga yurish qildi, nima uchun uni xalq quvvatladi?
5.0'ylab ko'ring, yurtning parchalanishi shu yurt fuqarolarining hayotiga qanday ta'sir qiladi? Yurtni omon va yaxlit saqlash uchun nimalar qilish kerak?

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling