A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


-§. AMIR TEMUR VORISLARI O'RTASIDA TAXT UCHUN KURASH VA UNING OQIBATLARI


Download 397 Kb.
bet84/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

35-§. AMIR TEMUR VORISLARI O'RTASIDA TAXT UCHUN KURASH VA UNING OQIBATLARI
Tayanch tushunchalar: Muxolifot Saltanat taxti uchun kurash. Shohrux hukmronligining qaror topishi.
Taxt uchun kurash
Sohibqiron 1405-yil 18-fevral kuni Xitoy tomon yurish vaqtida, qahraton qishda, O'tror shahrida vafot etadi. Amir Temur vafot etgach, uning bir necha o'n yillar davomidagi sa'y-harakatlari natijasida barpo etilgan yirik saltanat parchalana boshladi. Buning asosiy sababi saltanat tasarrufiga olingan yurtlar shu qadar xilma-xil, uzoq masofalarga cho'zilgan bo'lib, ularni yagona bir markazdan turib boshqarish murakkab edi. Buning ustiga ulardagi muxolifotchi kuchlar ajralib chiqish uchun qulay payt kutardilar.
Saltanatning parchalanishiga Amir Temur vorislari o'rtasidagi toj-taxt ilinjida uzoq yillar davom etgan o'zaro ziddiyat va urushlar sabab bo'ldi.
Amir Temur vafoti oldidan taxt vorisi etib nabirasi Pirmuhammadni (Kobul, Qandahor va Hindiston viloyatlarining hukmdori) tayinlagan edi. Pirmuhammadni taxtga o'tqizish tarafdorlari kuchli bo'lsa-da, biroq Mironshohning o'g'li Xalil Sulton Mirzo o'zboshimchalik bilan 1405-yilning 18-mart kuni Samarqandni egallab, o'zini Movarounnahrning oliy hukmdori deb e'lon qiladi. Pirmuhammadning yo'lini to'sib, uning rejalarini buzib yuborish niyatida hatto u Amudaryoning o'ng tomonidagi yerlarni ham o'z hokimiyatiga qo'shib oladi.
Xalil Sulton garchi bobosidan qolgan xazinalar vositasida Sohibqironning nufuzli a'yon va kiborlaridan ma'lum qismini o'z tarafiga og'dirib Movarounnahr taxtini egallagan bo'lsa-da, ammo ko'p vaqt o'tmay u Amir Temurning sadoqatli amirlari, viloyat noiblari va shahzodalarning kuchli noroziligi va isyoniga duch keladi. Birinchi bo'lib Turkiston hamda Farg'onaning hokimi amir Xudoydot bilan Shayx Nuriddin Xalil Sultonga qarshi isyon ko'taradilar. Hatto Xalil Sulton ning ukasi Sulton Husayn Mirzo Amudaryoning chap sohilidagi viloyatlarda o'z hokimiyatini o'rnatmoq niyatida akasiga qarshi bosh ko'taradi. O'z navbatida Amir Temur taxtining qonuniy valiahdi Pirmuhammad Amudaryodan kechib o'tib, Xalil Sultonga qarshi Nasaf tomonga askar tortadi. Movarounnahrda boshlangan sulola kurashlari shu tariqa avj olib ketadi.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling