A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet81/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

Ichki va tashqi savdo
Bu davrda Movarounnahrning dehqonchilik vohalarida, xususan Zarafshon vodiysida o'nlab sug'orish tarmoqlari qurilib, dehqonchilik maydonlari kengaytiriladi. Yangi-yangi qishloqlar barpo etiladi. Amir Temur o'z davlati poytaxti Samarqand atrofida qad ko'targan bir qancha yangi qishloqlarni Sharqning mashhur shaharlari Dimishq (Damashq), Misr (Qohira), Bag'dod, Sultoniya va Sheroz nomlari bilan atadi. Chunki Samar-qand kattaligi, go'zalligi hamda tevarak-atrofining obod etilganligi jihatidan dunyodagi eng yirik shaharlardan ham ustunroq turmog'I lozim edi.
Tashqi savdoda ham Samarqand katta o'rin tutgan. Samarqandga turli mamlakatlardan, xususan Xurosondan ma 'danlar, Hind va Sinddan yoqut, olmos, Xitoydan atlas, choy, yashin toshi, mushkva boshqa mollar, o'zga mamlakatlardan oltin va kumush olib kelinardi. Klavixo Xitoy poytaxti Xonbaliqdan 800 tuyalik savdo karvoni kelganini o'z kundaligida qayd etgan.
Bu davrda Amir Temur va uning mahalliy noiblari Xitoy va Hindistondan O'rta Osiyo orqali Yaqin Sharq va Yevropa mamlakat-lariga boradigan xalqaro savdo yo'li - Buyuk ipak yo 'lida savdo karvonlari qatnovi xavfsizligini ta'minlash bo'yicha muhim chora-tadbirlar ko'rganlar. Sharq bilan G'arb o'rtasida savdo-sotiq va elchilik aloqalari kengaydi. Bu esa Amir Temur davlatining tashqi iqtisodiy va elchilik aloqalarining barqarorligiga olib keldi.
Savollar
1. Amir Temur qanday me'moriy inshootlar qurdirdi?
2. «Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq» degan yozuv qayerda yozilgan?
3. Samarqandda barpo etilgan binolardan qaysilari mustaqillik yillarida qayta ta'mirlandi?
4. Qanday omillar hunarmandchilikning rivojlanishiga ijobiy ta'sir etdi?
5. Amir Temur barpo etgan bog'lar haqida gapirib bering.
6. Nima uchun Amir Temur Samarqand atrofidagi qishloqlarning nomini Sharqning mashhur shaharlari nomi bilan atadi?
34-§. G'ARBIY YEVROPA DAVLATLARI BILAN ALOQALAR

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling