Ochiq tanlovga hujjatlar topshirish muddati 2021 yil 24 oktyabr sanasigacha


Download 179.5 Kb.
bet1/4
Sana08.03.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1248997
  1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro tanlov uchun




LOGOTIP TANLOVI

Ochiq tanlovga hujjatlar topshirish muddati 2021 yil 24 oktyabr sanasigacha

TANLOV


2022 yilda Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlari Germaniya bilan diplomatik aloqalar o'rnatilganligining 30 yillik yubileyini nishonlaydilar.
Biz shu mavzuga mos keladigan logotip izlamoqdamiz!
Biz sizlarni ham ushbu tanlovda ishtirok etishga taklif qilamiz. Logotip esa rasmiy logotip sifatida yubiley doirasida qo'llaniladi.
Logotip bizning diplomatik aloqalarimizni ijodiy elementlar bilan tasvirlab berishi kerak.
Tanlov Germaniyaning Ashxobod, Boku, Bishkek, Yerevan, Dushanbe, Nur-Sulton va Toshkent shaharlaridagi elchixonalari bilan birgalikda o'tkaziladi. Tanlov o'tkazilayotgan davlatlar vakillari hamda joylardagi Germaniya elchixonalari vakillaridan tashkil topgan hay'at a'zolari eng mos keladigan logotipni tanlab oladilar.

Tanlov g'olibini iPad bilan taqdirlaymiz!

Ishtirokchilarga qo'yiladigan talablar


  • Yakka tartibda yoki guruh bo'lib ishtirok etadigan dizaynerlar, keyingi o'rinlarda “Ishtirokchi” deb ataluvchilar.

  • Har bir ishtirokchi faqat bir dona logotipni taqdim qilishi lozim.

  • Ishtirokchi 18 yoshga to'lgan bo'lishi kerak.

  • Armaniston, Ozarbayjon, Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston yoki O'zbekistonda rasmiy yashash joyi manziliga ega bo'lgan barcha millat vakillari uchun.

  • Logotip dizayni raqamli shaklda va yuqori aniqlikda, tegishli ishchi formatlarda (eng kam .jpg 300 dpi, balandligi yoki eni 30 sm bo'lgan .jpg, iloji bo'lsa, alternativ ravishda .ai., .eps, .svg yoki yuqori aniqlikdagi ochiq .psd faylda) yuborilishi lozim.

  • Taqdim etilgan barcha ishlar faqat va eksklyuziv tarzda tanlov uchun yaratilgan va shuning uchun boshqa mualliflik huquqiga ega emas.

  • Ishtirokchi buyurtmachi bo'lmish Federal Tashqi ishlar vazirligini uchinchi tomonning mualliflik huquqi yoki foydalanish huquqi borasidagi buyurtmachiga nisbatan bo'lgan har qanday da'volaridan ozod qiladi.

  • Bayroqlar, belgilar yoki milliy ramzlar ishlatilmagan neytral tasvir. Majburiy rang sxemasi (oq rang almashinuvi ham mumkin):


RGB:
Qizil: 236, 9, 13 Sariq: 245, 194,20 Yashil: 17, 138,51 Moviy: 4, 172, 204 To'q ko'k rang: 9, 26, 75



  • Federal tashqi ishlar vazirligi logotipni texnik talablarga moslashtirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Katta o'zgarishlar kiritilsa, ishtirokchi bilan maslahatlashiladi.

  • Federal tashqi ishlar vazirligi yubileyning raqamli va jismoniy brendi bo'lmish g'olibning logotipi dizayniga nisbatan kelajakdagi barcha huquqlarga ega. Egalik litsenziya to'lovlari yoki boshqa kompensatsiya da'volarisiz amalga oshadi. Federal Tashqi ishlar vazirligi hududiy va vaqt bilan chegaralanmagan eksklyuziv foydalanish huquqini oladi.

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling