Ochiq tanlovga hujjatlar topshirish muddati 2021 yil 24 oktyabr sanasigacha


Download 179.5 Kb.
bet2/4
Sana08.03.2023
Hajmi179.5 Kb.
#1248997
1   2   3   4
Bog'liq
xalqaro tanlov uchun

TANLOV HUJJATLARINI TAQDIM ETISH


  • Ushbu hujjatning to'rtinchi sahifasidagi ariza shakli dizaynning ikki ishchi fayli, ishtirok uchun zarur barcha hujjatlar yuklangan yagona elektron xatga ilova qilingan holda yuborilishi kerak.

  • Ishtirokchilarning barcha elektron xatlari logo.2022@opendiplo.de manziliga yuborilishi lozim.

  • Rasmli materiallar quyidagi formatda taqdim etilishi lozim: FullName_LogoDesign.jpg va kerak bo'lsa qo'shimcha ravishda .ai, .eps, .svg, .psd.

  • Barcha arizalar 2021 yil 24-oktabr, yakshanba kuni soat 23:59 (UTC +5) gacha topshirilishi lozim.

  • G'olib logotip 2021 yil 10 -noyabrda Federal tashqi ishlar vazirligining Sharqiy Yevropa, Kavkaz va Markaziy Osiyo bo'yicha maxsus vakilining @GERonOstpolitik Twitter kanali, shuningdek elchixonalarning ijtimoiy kanallari orqali e'lon qilinadi.

QOIDALAR




Ishtirokchi ushbu shartnomaga barcha javobgarlikni his qilgan holda rozilik bildirishini tasdiqlaydi va qoida talablarini to'liq tan oladi:



  • Ishtirokchi logotipni, uning eskizini yoki loyihasini rasmiy, xalqaro, davlat yoki sud organlarida biron bir tarzda rasmiylashtirish uchun ariza bermagan yoki logotipdan, uning biron bir eskizi yoki loyihasidan intellektual mulk sifatida foydalanish huquqlarini olish uchun ariza topshirmagan bo'lishi lozim.

  • Taqdim etilgan barcha ijodiy ishlar tanlov ishtirokchisi tomonidan faqat va eksklyuziv tanlov uchun yaratilgan va avval hech qanday kontekstda nashr etilmagan, ishlatilmagan yoki uchinchi shaxslarga yuborilmagan bo'lishi lozim.

  • Barcha huquqlarni berish va boshqalarga o'tkazish faqat (eksklyuziv ravishda) Federal tashqi ishlar vazirligi foydasiga amalga oshiriladi. Ishtirokchi barcha turdagi tayyorlov ishlari va loyihalardan aynan bir xil yoki o'xshash shakilda hatto shaxsiy maqsaqlari uchun ham ishlatmaslikka yoki ularni uchinchi shaxslarga taqdim etmaslikka majburdir.

  • Ishtirokchi Federal tashqi ishlar vazirligiga ushbu tanlov doirasida yaratilgan mualliflik huquqi borasida himoyalangan xizmatlariga nisbatan barcha vaqt, hudud va mulk bilan cheklanmagan huquqlarni bekor qilish huquqisiz taqdim etadi va vazirlikka bu borada mavjud bo'lgan o'tkaziladigan barcha huquqlarni o'tkazadi.

  • Federal tashqi ishlar vazirligi belgilangan muddatdan avval va muddat tugashi sanasigacha taqdim etilgan tanlov hujjatlarini qabul qiladi, qachonki barcha ariza hujjatlari to'liq, imzolangan va talab etilgan fayl formatida (.jpg & zarur hollarda .ai, .eps, .svg, .psd) bir elektron xat orqali o'z vaqtida yuborilgan bo'lsa.

  • Ariza shaklida talab qilinadigan barcha ma'lumotlar to'liq, aniq va haqiqatga mos keladigan tarzda taqdim etiladi.

  • Federal tashqi ishlar vazirligi va hakamlar hay'ati qarorni izohlamasdan topshrilgan ijodiy ishlarni tanlash yoki rad etish huquqiga ega.



  • Federal tashqi ishlar vazirligi, har qanday ishtirokchini qoidalarni buzganligi va/yoki amaldagi qonunni buzganligini isbotlovchi yetarlicha dalillar bo'lsa, o'z xohishiga ko'ra, tanlovdan chetlatish huquqini saqlab qoladi. Tanlov g'olibi chetlatilgan taqdirda, Federal tashqi ishlar vazirligi yuqorida keltirilgan tanlov jarayonida muqobil g'olibni aniqlaydi. Noqonuniy xatti -harakatlarni aniqlash Federal tashqi ishlar vazirligining ixtiyoridadir.

  • G'olibni tanlash borasida sudga murojaat qilish imkoniyaati mavjud emas.

  • Sovrinni naqd pul ko'rinishida taqdim etish mumkin emas. Sovrin tanlovda ishtirok etgan mamlakatlar hududidagina pochta orqali yuborilishi mumkin. Yetkazib berish (pochta xarajatlarini) xarajatlarini Federal tashqi ishlar vazirligi to'laydi.

  • G'olib logotip e'lon qilingandan so'ng, Federal tashqi ishlar vazirligi foydalanish qoidalarini ishlab chiqadi. Ularga ko'ra uchinchi shaxslar 30 yillik yubiley doirasida foydalanish uchun bir martalik, cheklangan, loyihaga tegishli litsenziya olish uchun ariza berish imkoniyatiga ega bo'ladilar. Ushbu litsenziya faqat vazirlikning Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyo bo'limi tomonidan beriladi.

  • Federal tashqi ishlar vazirligi logotipni ehtiyojdan kelib chqib o'zgartirish, to'ldirish yoki modifikatsiya qilish huquqini o'zida saqlab qoladi.

  • Ishtirokchi taqdim etilgan dizayn Federal tashqi ishlar vazirligi yoki Federal tashqi ishlar vazirligi nashrga ruxsat bergan uchinchi shaxslar tomonidan o'tkaziladigan tanlov doirasida ishtirokchi nomi bilan nashr etilishiga rozilik bildiradi.

  • Federal tashqi ishlar vazirligi logotipni barcha ma'lum va noma'lum foydalanish turlarida, xususan, bosma shaklda (masalan, ish yuzasidan yozishmalar, varaqalar, ko'rgazmalar, reklamalar va h.k.) va raqamli shaklda (masalan, Internetda, Federal tashqi ishlar vazirligining rasmiy sahifasida, bannerdagi reklama shaklida va h.k.) ishlatish huquqiga ega. Undan cheklanmagan vaqt davomida har qanday shaklda qayta -qayta foydalanish mumkin. Foydalanish huquqi, xususan, har qanday nusxalash, tarqatish, ommaviy ishlatish imkonini yaratish va yuborishni o'z ichiga oladi.

  • Federal tashqi ishlar vazirligi nazorati ostida bo'lmagan voqea sodir bo'lsa Federal tashqi ishlar vazirligi, oldindan ogohlantirmasdan, musobaqani butunlay, uning bir qismini va / yoki qoidalarini to'liq yoki qisman bekor qilish yoki o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Har qanday o'zgarishlar Tvitterda @GERonOstpolitik akkauntida e'lon qilinadi.

Download 179.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling