A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish


Download 397 Kb.
bet79/102
Sana07.02.2023
Hajmi397 Kb.
#1176000
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102
Bog'liq
7-sinf o`zbekiston

«Temur tuzuklari»
Amir Temur hayotlik davridayoq uning harbiy san'ati va davlat boshqarish uslubiga bag'ishlangan maxsus asar yaratilib, u «Temur tuzuklari» nomi ostida shuhrat topadi. Unda davlatni boshqarishda kimlarga tayanish, toj-u taxt egalari faoliyatining tarti­bi - tutumi va vazifalari, vazir va qo'shin boshliqlarini tayinlash tartiblari belgilab berilgan. Amir Temurning «... davlat ishlarining to'qqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim», «Kuch - adolatdadur» degan so'zlari uning mamlakatni aql-zakovat va adolat bilan boshqarganligidan guvohlik beradi.
Shunday qilib, Sohibqiron Amir Temur davlatni boshqarish va harbiy sohada o'ziga xos usul yaratib, shu asosda barpo qilgan davlati bilan dunyoni lol qoldirdi.
Savollar
1. Amir Temur saltanati qanday boshqarilgan?
2. Hokimiyatda qanday lavozimdagi amaldorlar xizmat qilgan?
3. Amir Temur davlatidagi uluslar haqida nimalarni bilib oldingiz?
4. Suyurg'ol yerlar kimlarga, nima uchun berilgan?
5. Amir Temur qo'shmi qanday tartibda tuzilgan?
6. Amir Temur qanday usulda jangga kirgan?
7. «Temur tuzuklari»da nimalar bayon etilgan?


33-§. MAMLAKAT OBODONCHILIGI YO'LIDA
Tayanch tushunchalar: Oqsaroy. Ko'ksaroy. Ko'ktosh. Amir Te­mur bog'lari. Ichki va tashqi savdo.
Shahar obodonchiligi
Amir Temur o'z davlatining shon-shuhrati uchun uning markaziy qismi bo'lgan Movarounnahrning, ayniqsa, poytaxti Samarqandning obodonligiga alohida ahamiyat beradi. Uning har bir zafarli voqeani, sevinchli hodisani muhtasham me'moriy obida barpo etish bilan nishonlash odati bo'lgan. Shu maqsadda Hindistondan olib kelingan yuzlarcha mohir g'isht teravchilar, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur usta-hunarmandlari qatorida mahalliy ustalar ham mamlakatda go'zal imorat-u inshootlar bino qiladilar. Amir Temur Tabrizda masjid, Sherozda saroy, Bag'dodda madrasa, Turkistonda mash­hur Ahmad Yassaviy qabri ustiga maqbara bino qildirdi.
Amir Temur Shahrisabzda otasi va o'g'li Jahongirning qabri ustiga maqbara
qurdirdi, katta jome masjidini bunyod etdi. Shahrisabzda dunyoga dong'i ketgan mashhur Oqsaroy qad ko'tardi. Oqsaroyning koshinkor va parchinkor peshtoqining guldor naqshlari orasiga «Agar bizning quvvat va qudratimizga ishonmasang, bizning imoratlarimizga boq» degan xitobnoma bitilgan. Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasini bino qilishda ham shunday maqsad nazarda tutilgan.

Download 397 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling