A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Karl VI (1380-1422)
- Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan orni
Anqara jangi
Amir Temur bilan Sulton Boyazid qo'shin-lari o'rtasidagi hal qiluvchi jang 1402-yil, 20-iyulda Anqara yaqinida, Chubuq mavzeyida sodir boiadi. Bu jang tarixda «Anqara jangi» deb ataladi. Uch kun davom etgan bu jangda har ikki tomondan hammasi bo'lib 360 ming nafar, shu jumladan, Sohibqiron Amir Temurning taxminan 200 ming, usmonli lar sultonining 160 ming askari qatnashadi. Janggohning qulay qismiga joylashtirilgan qo'shinning markaziy qismiga Amir Temurning o'zi qo'mondonlik qiladi. Uzoq davom etgan shiddatli jangda Sohibqiron kuchlari rurk qo'shinini tor-mor etadi. Sulton Boyazid asirga olinadi. Uning bilan birga o'g'li Muso Chalabiy ham asirga tushadi. Amir Temur rumlik askarlarni ta'qib etib Bursa va O'rta dengizning sharqiy sohilida joylashgan Izmir shahrini zabt etadi va salbchilarning Yaqin Sharqdagi oxirgi qarorgohiga barham beradi. Amir Temurga Misr ham o'z itoatkorligini izhor etadi. Vizantiya va boshqa xristian olamidan Boyazidga beriladigan bojlar endi Amir Temurga to'lanadigan bo'ldi. Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g'alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o'z muboraknomalarini yuboradilar. Chunki Sohibqiron endigina uyg"onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi. Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgan Amir Temur 1404-yilning 27-noyabrida 200 ming qo'shin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning to'satdan vafot etib qolishi (1405-yil 18-fevral) tufayli amalga oshmay qoldi. Amir Temurning Vatanimiz va jahon tarixida tutgan o'rni Amir Temur 35 yil davomida mamlakatni boshqardi. Hindiston va Xitoydan Qora dengizga qadar va Orol dengizidan Fors qo'ltig'iga qadar bo'lgan g'oyat katta hududni qamrab olgan ulkan saltanatni vujudga keltirdi. Bundan tashqari, Kichik Osiyo, Suriya, Misr va Quyi Volga, Don bo'ylari, Balxash ko'li va Elsuvi daryosi, Shimoliy Hindistongacha bo'lgan mamlakatlarni o'ziga bo'ysundirdi. U nafaqat Movarounnahr va Turkistonni obod qildi, balki bo'ysundirilgan mamlakatlarning shaharlarini ham qayta qurdirdi. Bag'dod, Darband va Baylakon shaharlari shular jumlasidandir. Karvon yo'llarida rabotlar, qal'alar, ko'priklar, shaharlarda masjid va madrasalar hamda bog'-u bo'stonlar barpo etdi. Eng muhimi Eron, Ozarbayjon va Iroqdagi tarqoqlik va boshboshdoqlikka barham berib, Sharq bilan G'arbni bog'lovchi qadimiy karvon yo'llarini tikladi. Bu bilan nafaqat Movarounnahr, balki Uzoq va Yaqin Sharq mamlakatlarining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotiga, xalqlar va mamlakatlarni bir-biri bilan yaqinlashtirishga ulkan hissa qo'shdi. Amir Temur Yevropaning Fransiya, Angliya va Kastiliya kabi yirik qirolliklari bilan bevosita savdo va diplomatik aloqalar о'rnatdi. Siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashgan davlatning tashkil topishi katta ijobiy oqibatlarga olib keldi. Mamlakat ishlab chiqarish kuchlarini va mo'g'ullarning bir yarim asrlik hukmronligi natijasida tanazzulga uchragan iqtisodni tiklash uchun qulay sharoit vujudga keldi. Ayni vaqtda xo'jalikning asosi bo'lgan sug'orma dehqonchilikda muayyan siljishlar ro'y berdi. Yangi-yangi kanallar qazilib, sug'orma dehqonchilik maydonlari kengaydi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivojlandi, fan va madaniyat ravnaq topib, shaharlar obodlashdi va gavjumlashdi. Amir Temur avvalo Osiyo sarkardasi edi. U o'zining g'olib askarlaridan o'z zamonasining taomili bo'yicha foydalandi. To'g'ri, jazo nihoyatda qattiq, ammo ko'pincha adolatli bo'lgan. Sohibqiron Amir Temur mashhur davlat arbobi, mohir sarkarda sifatida O'zbekistonda davlatchilikning yuksalishida muhim o'rin tutadi. Tarixiy manbalarda Amir Temur Sohibqiron nomi bilan bir qatorda «Sohibi jahon» hamda «Sohibi adl» - «Adolat sohibi» nomlari bilan ulug'lanadi. Savollar 1. Amir Temur mamlakat xavfsizligi yo'lida qanday tadbirlarni amalga oshirdi? 2. Amir Temur nima sababdan Oltin O'rdaga qarshi yurishlar qildi? 3. Amir Temurning uch, besh, yetti yillik urushlari natijalari haqida so'zlab bering. 4. Anqarajangi qachon sodir boidi va qanday yakunlandi? 5. Amir Temur turk sultoni vorislariga nima uchun muruvvat ko'rsatganligini va uning maqsadi nima ekanligini bilib oldingizmi? 6. Amir Temurning Sulton Boyazid ustidan qozongan g'alabasi Yevropa taqdirida qanday ro'l o'ynadi? Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling