* Tabl - katta nog'ora
Amir Temur 1372-yildan boshlab Xorazmga besh marta harbiy yurish qildi, Xorazm 1388-yilda uzil-kesil bo'ysundirildi.
Shunday qilib, Amir Temur Movarounnahr, Xuroson va Xorazmni birlashtirib, yirik markazlashgan davlat tuzdi. Bu ulkan hududda yashovchi xalqlarning birlashuvi ular taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo'ldi.
Savollar
1. Amir Temur bilan Amir Husayn o'rtasidagi nizo qanday yakun topdi?
2. 1370-yilning 11-aprelida o'tkazilgan quraltoyning tarixiy ahamiyati nimadan iborat?
3. Samarqand shahrini qaytadan bunyod qilishda Amir Temurning xizmati to'g'risida nimalarni bilib oldingiz?
4. Movarounnahrning sharqiy hududlari qanday yo'l bilan birlashtirildi?
5. Xorazm yurishlan va uning natijasi haqida gapirib bering.
6. Bu davrda Amir Temurning tarixiy xizmati nimadan iborat bo'ldi?
31-§. AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI
Tayanch tushunchalar: Oltin O'rdaga qarshi kurash. Anqara jangi. Amir Temurning Yevropa xalqlari oldidagi xizmati.
Mamlakat xavfsizligi yo'lida
Amir Temur saltanatiga xavf solib turuvchi kuchlar hali bartaraf etilmagan edi. Bir tomondan, Mo'g'uliston xonlari Chig'atoy ulusini birlashtirishga intilib tinchlik bermasdi. Ikkinchi tomondan, Oltin O'rda va Oq O'rdaga bo'linib ketgan Jo'ji ulusi xonlari ham shimoliy hududlar hamda Xorazm tomondan xavf solib turardi.
Biroq bu davrda Amir Temur davlati uchun eng kuchli xavf Oq O'rda va Oltin O'rda edi. Avval Amir Temur Oltin O'rdaga zarba jberib, uni kuchsizlantirishga harakat qiladi. Lekin u Jo'ji ulusini o'z davlatiga qo'shib olish niyatida emas edi. Amir Temur Oltin O'rdaning Movarounnahrga tutashgan sharqiy qismini o'z ta'siri ostiga olish hamda uning poytaxti Saroy Berka orqali o'tadigan karvon yo'lini Movarounnahr tomon burib yuborishni ko'zlaydi.
Amir Temur o'z maqsadini amalga oshirish uchun Jo'ji ulusidagi o'zaro ichki kurashdan uddaburonlik bilan foydalanadi. Oltin O'rdada toj-taxt uchun ayovsiz kurash boshlangan edi. Bunday sharoitda ba'zi chingiziylar turli tomonlarga qochib jon saqlaganlar. Ulardan biri To'xtamish Oq O'rdadan qochib Samarqandga keldi. Amir Temur unga izzat-hurmat ko'rsatdi, oxir-oqibatda u Amir Temur yordamida Oltin O'rda taxtini egalladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |