A muhammadjonov (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) kirish
Download 397 Kb.
|
7-sinf o`zbekiston
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turar joylar
Me'morchilik va san'at
O'rta asr jamiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi va islom dini mafkurasi madaniy hayotning bu sohasiga ham kuchli ta'sir qildi. Samarqand, Buxoro, Urganch, Termiz, O'zgan va Marv kabi shaharlarda bu davrda ko'plab saroy, masjid, madrasa, minora, maqbara, tim va karvonsaroylar quriladi. Buxoro shahridagi Ismoil Somoniy, Namozgoh, Minorai Kalon hamda Vobkent va Jarqo'rg'ondagi minoralar va ko'pgina boshqa binolar o'sha davr me'morchiligining namunalaridandir. Bu yodgorliklar o'ziga xos me'morchilikning rivoj topganligidan dalolat beradi. Bu davrda yo'nilgan tosh, pishiqg'isht va suvga chidamli qurilish qorishmalaridan turli xil suv inshootlari: suv omborlari - bandlar,novalar, ко 'priklar, sardobalar va korizlar barpo etiladi. Bunday inshootlarning o'lchamlari matematika nuqtayi nazaridan g'oyat puxta ishlangan. Masalan, X asrda Nurota tizmalaridagi Pastog' darasi to'silib barpo etilgan Xonbandi nomli suv omboriga 1,5 mln metr kub suv to'plangan. To'g'on granit toshi va suvga chidamli qurilish qorishmasidan qurilgan. Bu suv omborini qurishda suvning vertikal va gorizontal bosim kuchi va bu hududlarda tez-tez sodir bo'ladigan zilzilalarning silkinish kuchlarini ham hisobga olganlar. Bu, shubhasiz, XVII asr mashhur fransuz fizigi Blez Paskal tomonidan suvning bosim kuchi to'g'risida yaratilgan qonun kashfiyotchisidan qariyb 7 asr muqaddam Movarounnahrlik muhandislarga ma'lum ekanligidan dalolat beradi. Turar joylar X asrdan boshlab binokorlikda sinchkori imoratlar keng tarqaladi. Yakkasinch va qo'shsinchli binolarning tagsinchlaridan tortib ustunlari-yu sarrovlari va to'sinlarigacha yog'ochlarni biriktirish uslubida qurilib, sinchlaraing orasi xom g'isht yoki guvalalar bilan urib chiqilgan. Bu tuzilishdagi imoratlarni qurish hozirgacha saqlanib keladi. Afrosiyob, Varaxsha, Buxoro va Poykand shahar xarobalarida kovlab ochilgan turar joy qoldiqlaridan ma'lum bo'lishicha, X-XI asrlarda ham paxsa va xom g'ishtdan qurilgan imoratlar shahar me'morchiligida asosiy o'rinni egallagan. Download 397 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling