А. Мухитдинов вақтинча Тошкент шаҳрида яшаб туриб ўғли О
Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг
Download 21.27 Kb.
|
JK 6-KAZUS
- Bu sahifa navigatsiya:
- 184-modda. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash
Вазиятга ҳуқуқий баҳо беринг.
15 фоизли ставкада жами 1.410.900.000 сўм миқдордаги қўшилган қиймат солиғини, давлат бюджетига ҳисоблашдан ва тўлашдан қасддан бўйин товлагани бўйича 184-modda. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash Foyda (daromad) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirishni, kamaytirib ko‘rsatishni, shuningdek davlat tomonidan belgilangan soliqlarni yoki yig‘imlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlashni ancha miqdorda sodir etish, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ro‘y bergan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash: a) takroran; b) ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining bir yuz ellik baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Soliqlar yoki yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash juda ko‘p miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qasddan yashirilgan, kamaytirib ko‘rsatilgan foyda (daromad) bo‘yicha soliqlar va yig‘imlar to‘liq to‘langan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi. Birinchi marta jinoyat sodir etgan shaxs, agar u soliq tekshiruvi materiallarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha davlat soliq xizmati organining qarorini yoki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining sodir etilgan jinoyat haqidagi xabarini olgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun ichida soliqlar va yig‘imlar, shu jumladan penyalar va boshqa moliyaviy sanksiyalar tarzida davlatga yetkazilgan zararning o‘rnini to‘liq qoplasa, javobgarlikdan ozod qilinadi. . 12 фоизли ставкада жами 5.875.200 сўм миқдордаги жисмоний шахслардан олинидига даромад солиғини давлат бюджетига ҳисоблашдан ва тўлашдан қасддан бўйин товлагани бўйича https://lex.uz/docs/-2212245 PLENUM 2. Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni qasddan yashirish — bu davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan tegishli soliq hisoboti hujjatlarida foyda (daromad) olinganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qasddan ko‘rsatmaslik, shuningdek, ular mavjudligi to‘g‘risidagi axborotni yashirish maqsadida foyda (daromad) kelib tushishini hisobga olish tartibini buzish. Foydani (daromadni) yoki soliq solinadigan boshqa obyektlarni kamaytirib ko‘rsatish davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq hisoboti hujjatlarida soliq solinadigan obyekt miqdoriga oid axborotni bila turib pasaytirish (kamaytirish) tomoniga o‘zgartirishda ifodalanadi. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan boshqa tarzda qasddan bo‘yin tovlash soliq to‘lovchining davlat soliq xizmati organlariga soliq hisoboti hujjatlarini yoki soliq qonunchiligiga muvofiq taqdim etilishi shart bo‘lgan boshqa hujjatlarni qasddan taqdim etmaslik yoki soliq hisoboti taqdim etilganidan so‘ng sodir etilgan, soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash maqsadida to‘lov qobiliyatsizligi holatini sun’iy ravishda vujudga keltirishga qaratilgan qilmishlarda ifodalanadi. 3. MJtK 174-moddasining birinchi qismi, JK 184-moddasining birinchi qismi dispozitsiyasi blanket (havolaki) bo‘lib, shu sababli “daromadlar”, “foyda”, “soliq solinadigan obyektlar”, “soliqlar”, “yig‘imlar” kabi tushunchalar mazmunini aniqlash uchun qilmish sodir etilgan paytda amalda bo‘lgan Soliq kodeksi (bundan buyon matnda — SK) normalaridan kelib chiqish lozim. SK 17-moddasining birinchi qismiga muvofiq, kuyidagi soliqlar belgilanadi: 1) qo‘shilgan qiymat solig‘i; 2) aksiz solig‘i; 3) foyda solig‘i; 4) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; 5) yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; 6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 7) mol-mulk solig‘i; 8) yer solig‘i; 9) ijtimoiy soliq. 4. Qonunda soliqlar va yig‘imlarni (bundan buyon matnda — soliqlar) to‘lashdan ancha miqdorni tashkil qilmagan (bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravarigacha bo‘lgan) miqdorda qasddan bo‘yin tovlash yoki birinchi marta ancha (bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha bo‘lgan) miqdorda sodir etilganligi uchun ma’muriy javobgarlik belgilangan MJtK 174-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari. Agar shaxs soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun MJtK 174-moddasining ikkinchi qismi bo‘yicha ma’muriy jazo qo‘llanilganidan so‘ng bir yil davomida shunday qilmishni yana ancha miqdorda sodir etsa, JK 184-moddasining birinchi qismi bo‘yicha jinoiy javobgarlik kelib chiqadi. Shuni nazarda tutish lozimki, agar soliqlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlaganlik natijasida ko‘p yoki juda ko‘p miqdorda zarar yetkazilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik ma’muriy preyuditsiyaga rioya qilinmagan holda (ya’ni shaxsning muqaddam soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlaganlik uchun ma’muriy javobgarlikka tortilishi talab etilmaydi), tegishlicha, Jinoyat kodeksi 184-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi yoki uchinchi qismi bo‘yicha kelib chiqadi. Download 21.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling