A n n o t a t s I y a


Bir qator bronlashtirish tizimlari tavsifi va tajribasini o’rganish


Download 180.5 Kb.
bet8/21
Sana05.01.2022
Hajmi180.5 Kb.
#225282
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Akmal aka

Bir qator bronlashtirish tizimlari tavsifi va tajribasini o’rganish.Bronlashtirishning hozirgi zamon kompyuter tizimida bronlash - KTB (Computer Reservation SyStem - CRS) ga XX asrning 1950 yillar oxiri va 1960 yillar boshlarida asos solingandi[i88]. Xuddi o'sha paytda avia tashishlar

nufuzi oshishi aviakompaniyalarga ulkan rezervlashtirish markazlarini yaratish zaruratini tug’dirdi. Ulaming vazifasi turistik agentlar, mijozlardan pochta, telefon, telegraf orqali joyni bronlashga tushayotgan buyurtmalarni qo'lda ishlash edi. G’oyat kattaligi va ishlovchi xodimlar sonining ko'pligiga qaramay, o'tgan biroz vaqt ichida rezervlashtirish bo'yicha markazlar ortib borayotgan axborot hajmni uddalay olmay qoldilar. Bu esa KTB ishlanmalarining boshlanishiga turtki berdi.

Axborotlar ishlab chiqish va taqsimlashda uni uzatish va ko'paytirish, ishonchligini ta'minlash (shy jumladan, sayohtlar uchun ma'lumotnomalar, prays - varaqlar, biletlar, rezervlashtirish to'g’risida axborotlar) ancha qimmat turadi. CHunki xato ham juda qimmatga tushadi. AQSHda ayrim kompaniyalar hali o'tgan asrning 1960 yillaridayoq o'z xususiy komp'yuter tizimlarini ishlab chiqqandilar. Keyinchalik ayrim firmalarni ular birlashtirishga o'rinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi (1961 yil - "DEL TAMATIC" "Delta", "PANA - MAC", "Pan Am"firmalari), ikki Amerika kompaniyalari "American Airlenes" va "United Airlines" bir - biridan mustaqil yuqori unumli, raqobatbardosh rezervlashtirish tizimlari yaratdilar. "United Airlines" 1976 yilda "Apollo" tizimi bilan birinchi bo'lib bozorga chiqdi. Oradan biroz vaqt o'tib "American Airlenes" o'z "Sabre" tizimini taklif.

.Fidelio tizimi.Mehmonxonalar va restoranlar uchun boshqaruv tizimlari yaratishga ixtisoslashgan dunyodagi eng yirik Micros-Fidelio korporatsiyasining kompleksi eng ko’p tarqalgan universal mahsulot hisoblanadi. Fidelio tizimi 100 dan ortiq yirik mehmonxona tarmoqlari (Sheraton, Hilton, Marriot, Kempinsky, Hyatt, va h.k)da o’rnatilgan. MDH va Boltiqbo’yi mamlakatlari hududidagi 90 dan ortiq mehmonxonalar ham o’z faoliyatidan mana shu texnologiyalardan foydalanadi.Fidelio tizimi mehmonxona ishining nomerlarni kompyuterda rezervlahtirish, mehmonlarni ro’yxatga olish, joylashtirish va ro’yxatdan chiqarishdan nomerlar fondini boshqarish, buxgalteriya va moliya ishlarini yuritishgacha bo’lgan barcha bosqichlarini qo’llab-quvvotlaydi. Tizim muomilada juda soda bo’lib, biron-bir alohida shaxsiy kompyuterlarni taqazo

etmaydi va har qanday kattalikdagi mehmonxonalarda foydalanish uchun mosdir.


Download 180.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling