A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/31
Sana25.05.2020
Hajmi1.9 Mb.
#109779
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik


Uy  tozalash  asboblari.  Bularga  changyutkich,  pol  ishqalagich, 
qurum  hamda  axlat  tozalagichlar  kiradi.  Changyutkichlar  kollektor 
dvigateli,  tortuvchi  nasos  hamda  changto„plagichdan  tashkil  topgan. 
Havoning  yo„nalishi  bo„yicha  uyurma  (vixr)  va  to„g„ri  oqimli  turlari 
bo„ladi.  Uyurtma  changyutkichlarda  havo  to„g„ri  chiqib  ketmasdan 
yo„nalishini  o„zgartiradi,  shu  sababli  chang  yaxshiroq  tozalanadi. 
Ishlatishdagi holatiga qarab yerda turadigan, qo„l bilan yurgiziladigan yoki 
cho„tka  shaklidagi  turlarga  bo„linadi.  Pol  ishqalagichlar  parket  pollarni 
silliqlash  uchun  ishlatiladi.  Qurum  tozalash  uskunalari  changyutkich-
polishqalagich va polishqalagich, polyuvgich shakllarida bo„lishi mumkin. 
Axlat tozalagichlar axiatni maydalab kanalizatsiyaga jo„natishi, kuydirishi 
yoki prcsslab berishi mumkin. 
Uyda  me‘yoriy  iqlim  yaratuvchi  asboblar.  Me‟yoriy  iqlim 
yaratuvchi asboblardan uyda ko„proq ventilator, klimatizyor, konditsioner, 
plita  ustiga  o„rnatiladigan  filtr,  ionizator  va  isitish  asboblaridan 
foydalaniladi. 
Ventilatorlar  parragining  tuzilishiga  ko„ra,  havoni  haydovchi  va 
tortuvchi  bo„ladi.  Havo  haydovchi  ventilatorlarning  ba‟zilari  havo 
yo„nalishini  o„zgartirib  turadi.  Ventilatorlar  yelpig„ichga  o„xshab  havoni 
harakatga keltirib, namlik bug„lanishini tezlashtiradi. 
Konditsioner  kompression  elektr  sovitkich,  filtr,  havo  tortuvchi  va 
haydovchi  ventilatorlardan  iborat  bo„lib,  me‟yoriy  iqlim  yaratib  berish 
uchun xizmat qiladi. Ba‟zilari uy haroratini 18-28°C atrofida saqlab turadi. 
Klimatizyorlarda elektr sovitkich o„rniga yomg„ir pardasini hosil qiluvchi 
favvora moslamasi o„rnatilgan. Havo yomg„ir pardasidan o„tib namlanadi 
va uyda bug„lanib issiqlikni yutadi. 
Shaxsiy gigiyena va sanitariya asboblari. Bu guruhga elektr ustara, 
uqalash  (massaj)  asbobi,  kichik  hammom  (sauna),  ingalyator  (lot.  nafas 
olmoq),  reflektor  (lot.  aks  ettirmoq),  grelka  (rus.  isituvchi)  va  bigudilar 
kiradi. 
Elektr ustaralar pichog„ining tuzilishiga qarab uch turga bo„linadi: 1. 
Aylanma  harakatlanuvchi.  Kollektorli  dvigatel  va  1-3  pichoqdan  iborat 
bo„ladi.  Uch  pichoqlisi  soqolni  tezroq  qiradi.  2.  Qaytuvchan-ilgarilanma 

228 
 
harakatlanuvchi  taroqsimon.  Tebranuvchi  dvigatel  ikki  pichoqdan  iborat. 
3. 
Qaytuvchan-ilgarilanma 
harakatlanuvchi 
parabola 
shaklidagi 
to‗rsimon.  Pichoqning  qalinligi  0,06  mm  bo„lganligi  sababli  soqolni 
tozaroq qiradi. Ammo bunday pichoqlar juda nozik va tez sinuvchandir. 
Uqalash  asbobi  tebranuvchi  dvigatel  o„zagiga  o„rnatilgan  turli 
shakldagi uchliklardan iborat. Uqalash natijasida qon yurishi tezlashadi va 
teri tarang bo„ladi. 
Kichik  hammom  (fin.  sauna)  rezina  xalta  shaklida  bo„lib,  ichida 
o„tiradigan  kursisi  mavjud  va  uning  tagiga  isitkich  asbobi  joylashtiriladi. 
Xalta ichida 60-90°C issiqlik hosil bo„ladi.  
Ingalator  nafas  yo„llarini  bug„lash  uchun  ishlatiladi.  Tumovni 
davolaydi.  Reflektor  badanni  ultrabinafsha  nurlari  bilan  davolashda 
foydalaniladi.  Grelka  badanni  isitish  uchun  qo„llanadi.  Kamar,  gilamcha, 
piyma  (oyoq  isitkich)  va  boshqa  shakllarda  ishlab  chiqariladi.  Isitkich 
qismi  ko„mir  simidan  tayyorlanib,  usti  kremniy-organik  rezina  bilan 
izolatsiyalangan. Bigudi sochni jingalak qilish uchun qo„llaniladi. 
Tikuv va to‗quv mashinalari. Dastlabki tikuv mashinasi 1755- yili 
Buyuk  Britaniyada  yaratilgan.  Tikuv  mashinasining  ish  tarzi  ikki  ipning 
o„zaro  to„qilishiga  asoslangan.  Nina  yuqori  ipni  gazlama  orqali 
o„tkazganda unda hosil bo„lgan halqa orqali  moki ipi o„tadi. Nina tepaga 
qayta  yetib,  moki  ipini  gazlama  yuzasiga  chiqaradi.  Gazlama  bir  qadam 
oldinga siljigach, jarayon qayta boshlanadi. 
Mashinada tikayotganda gazlamaning qalinligiga qarab turli nina va 
ip  ishlatiladi.  Masalan,  paxta  gazlamalarni  tikishda  70  yoki  80  raqamli 
nina va 80 raqamli (7,5 teks) ip, tukli paxta gazlamasi, yupqa jun va qalin 
ipak  gazlama  uchun  90  raqamli  nina  va  50  raqamli  ip  (13  teks), 
kostyumbop jun gazlamasi uchun 100 raqamli nina va 40 raqamli ip (16,5 
teks),  sukno  va  palto  gazlamalari  uchun  110  raqamli  nina  va  30  raqamli 
(21  teks)  ip  ishlatiladi.  Ninaning  raqami  uning  0,01  mm  hisobida 
diametrini ko„rsatadi. 
Tikuv  mashinalarining  ba‟zilari  gazlamalarni  chok  bilan 
biriktirishdan  tashqari,  bezakli  baxya  va  kashta  tikadi  hamda  izmalarni 
yo„rmalay  oladi.  Tikuv  mashinalari  yordamida  uzluksiz  iplardan  o„zaro 

229 
 
o„rib, halqa hosil qilinadi va tayyor buyum ishlab chiqariladi. 
Hunarmandchilik  asboblari.  Ishlatilishi  bo„yicha  yog„ochga, 
metallga hamda polimerga ishlov berish turlari mavjud. Yog„ochga ishlov 
berish  uchun  parmadasta  (drel),  randa,  qilarra  (lobzik)  va  yog„ochni 
kuydirib naqsh solish asboblari ishlab chiqariladi. Metallga ishlov berishda 
kavsharlagich,  payvandlash  asbobi,  temirchilik  va  charxlash  dastgohlari 
ishlatiladi.  Polimerlarga  ishlov  berish  uchun  kauchukni  oltingugurt  va 
qurum ishtirokida rezinaga aylantirib yamoq soluvchi vulkanizatorlar (lot. 
olov xudosi) va polietilenni ulaydigan asboblardan foydalaniladi. 
Qishloq xo‗jaligi kichik asboblari. Shaxsiy yordamchi xo„jaliklarda 
ishlarni  yengillashtirish  maqsadida  kichik  traktorlar,  nasos,  buta-qirqqich, 
maysa  o„rish  moslamasi,  zaharli  moddalar  purkagichi,  yem  tayyorlash 
uskunasi  va  inkubatorlar  (lot.  jo‗ja  ochish)  ishlab  chiqariladi.  Nasoslarda 
parrak aylanganda markazdan qochma kuchlar hosil bo„lishi natijasida suv 
so„riladi. Ishlatilishi bo„yicha suv manbafga botirib qo„yiladigan va undan 
tashqarida turadigan turlarga bo„linadi. Keyingisi ishlashi uchun ichiga suv 
quyiladi. 
 
Q i s q a   x u l o s a l a r  
Elektr  o‗tkazgich  materiallar.  Elektr  o„tkazgich  sifatida  qarshilig 
kam bo„lgan mis va alumindan qilingan simlar ishlatiladi. Simlar tuzilishi 
bo„yicha  ikki  xil  bo„ladi:  yakka  alumin  sim  va  mis  simchalaridan  iborat 
ko„p tomirli sim. 
Elektr  o‗rnatish  buyumlari.  Bu  guruhga  РRD  simini  ushlab
 
turadigan  rolik,  ko„chadan  uy  ichiga  elektr  tarmog„i  o„tkazishda 
ishlatiladigan  voronka,  bir  uydan  ikkinchi  uyga  elektr  tarmog„i  o„tkazish 
uchun  ishlatiladigan  vtulka,  lampochkani  elektr  tarmoqqa  ulaydigan 
patron,  asboblarni  elektr  tarmog„iga  ulaydigan  vilka,  rozetka  va  uzgich 
(viklyuchatel)  hamda  elektr  simlarni  qizib  ketishdan  saqlaydigan 
muhofazalagichlar  (predoxranitellar)  kiradi.  Muhofazalagichlar  eruvchan 
va avtomat turlariga bo„linadi. 
Ixcham tok manbalari. Ixcham tok manbalari ishlash tarziga qarab 
ikki turga bo„linadi: kimyoviy va mexanik manbalar. 

230 
 
Elektr  tokini  sezish,  o‗lchash  va  o‗zgartirish  asboblari.  Bu 
guruhga  transformator,  turg„unlovchi  (stabilizator),  to„g„rilagich, 
toksezgich (indikator) va elektr hisoblagichlar (schyotchiklar) kiradi. 
Elektr  dvigatellar.  Elektr  dvigatellar  tuzilishi  bo„yicha  kollektorli, 
asinxron va vibratsion turlarga bo„linadi. Kollektorli dvigatelning startyor 
hamda  rotor  cho„lg„amlari  ketma-ket  ulanib,  orasidan  50  gers  chastotali 
tok o„tganda qutblarida bir minutda 3000 marta o„zgaradigan magnit oqimi 
hosil bo„lishi tufayli shu tezlikda rotor aylanadi. 
Avtomatlashtirish  va  qo‗ng‗iroq  chalish  asboblari.  Uy  ishlarini 
avtomatlashtirish  uchun  turli  dasturli  moslamalar,  taymer  va  chiroqlar 
marjonini o„chirib-yoqib turuvchi moslamalar mavjud. 
Yoritish  elektr  asboblari.  Uning  asosiy  qismi  yoritish  manbaidir. 
Ish  tarziga  qarab  cho„g„lanuvchi  va  lyuminessent  lampalar  turlariga 
bo„linadi. 
Elektr  sovitkichlar  ilk  bor  Marsel  Odifren  (AQSH)  tomonidan 
1910-yili  kashf  qilingan.  Bular  ish  tarzi  bo„yicha  uch  guruhga  bo„linadi: 
kompression, absorbsion-diffuzion va termoelektrik sovitkichlar. 
 
N a z o r a t   v a   m u h o k a m a   u c h u n   s a v o l l a r  
1.Elektr  jihozlar  deganda  nima  tushuniladi  va  ularning  afzallik 
hamda kamchiliklari nimalardan iborat? 
2.Elektr o„tkazuvchilarni ta‟riflang. 
3.Ixcham tok manbalari nima? 
4.Elektr tokini sezish va o„lchash asboblarini tushuntiring. 
5.Elektr tokini o„zgartirish asboblarini tushuntirib bering. 
6.Asinxron elektr dvigatellarni tushuntirib bering? 
7.Kollektorli elektr dvigatellarni ta‟riflang. 
8.Vibratsion elektr dvigatellarning foydalanish sohalarini ayting. 
9. Avtomatlashtirish  va  qo„ng„iroq  chalish  asboblarini  tushuntirib 
bering. 
10. Yoritish  elektr  asboblari,  lampochkalarining  asosiy  turlarini 
sanab, izohlab bering. 
11. Elektr sovitkichlar va ularning asosiy turlarini tushuntirib bering. 

231 
 
XVI-BOB. TO‗QIMACHILIK TOVARLARI  
EKSPERTIZASI
 
 
1 6 . 1 .   T o ‗ q i m a c h i l i k   t o l a l a r i   h a q i d a   u m u m i y   t u s h u n c h a  
 
To„qimachilik  tolalari  deb,  chegaralangan  uzunlikdagi,  ingichka 
to„qimachilik buyumlari ishlab chiqarish uchun yaroqli bo„lgan egiluvchan 
jismga  aytiladi.  To„qimachilik  buyumlarining  birlamchi  elementi 
to„qimachilik  tolasi  hisoblanadi.  Tolalar  ko„pincha  kalavalarga 
aylantiriladi  va  ulardan  to„qimachilik  buyumlari  tayyorlanadi.  Mayda 
bo„lakchalarga bo„linmaydigan yakka tolalar (paxta, zig„ir) elementar yoki 
(poliamidli, poliefirli va boshq.) monoiplar deyiladi. Elementar lolalardan 
tuzilgan  ayrim  tolalar  texnik  (zig„ir,  jut)  va  kompleksli  tolalar  (bir  necha 
filament iplardan tuzilgan kimyoviy iplar) deb ataladi. 
Tolalar birlamchi to„qimachilik materiallariga kiradi va to„qimachilik 
tovarlarning  iste‟mol  xususiyatlarini  shakllantiruvchi  asosiy  omillardan 
biri  hisoblanadi.  Shuning  uchun  ularining  asosiy  xususiyatlari  qalinligi, 
ingichkaligi  va  uzunligi,  egiluvchan-buki-luvchanligi,  cho„ziluvchanligi, 
yopishqoqligi, gigroskopikligini bilish muhim ahamiyatga ega. Kalavaning 
qalinligi  tolaning  qalinligiga,  buyumning  qalinligi  esa  kalavaning 
qalinligiga  bog„liq  bo„ladi  hamda  buyumlarning  iste‟mol  xususiyatlariga 
har xil ta‟sir etadi. 
To„qimachilik  buyumlarining  mustahkamligi  tolalarning  mustah-
kamligiga  bog„liq.  Ularning  cho„ziluvchanligi  tashqi  mexanik  ta‟sirlarga 
qarshilik  ko„rsatishini  oshiradi,  ishlatish  paytida  esa  qulayliklaryaratadi. 
Undan  tashqari,  cho„zilgandan  so„ng  yana  joyiga  qaytish  xususiyati 
buyumlarning  xizmat  muddatini  oshiradi.  Buyumlarning  momiqligiga 
tolalarning  egik-bukikligi  va  yopishqoqligi  sabab  bo„ladi.  Ularning 
uzunligi  hamda  ingichkaligi  bir  xil  bo„lsa,  sifatli  tayyor  buyumlar 
tayyorlanadi. 
To„qimachilik  tolalari  yuqorida  ko„rsatilgan  xususiyatlaridan 
tashqari,  yana  boshqa  xususiyatlari  (fizik-mexanik,  kimyoviy-biologik  va 
boshq.)  bilan  ham  ajraladi.  To„qimachilik  buyumlari  ishlab  chiqarishda 

232 
 
tuzilishi,  tarkibi  va  xususiyatlari  bo„yicha  har  xil  bo„lgan  tabiiy  hamda 
kimyoviy tolalar ishlatiladi. 
 
1 6 .2 . T o ‗q i ma c h i l i k to l a l a r i n i n g  ta s n i fi    
v a   a s s o r t i m e n t i  
 
Kelib  chiqishi  bo„yicha  tolalar  ikki  sinfga  bo„linadi:  tabiiy  va 
kimyoviy. Ular o„z navbatida bir necha sifat ko„rsatkichlari bo„yicha kichik 
sinf va guruhlardan iborat. 
Tabiiy tolalar kimyoviy tarkibi bo„yicha ikki kichik sinfga ajratiladi: 
organik va noorganik. 
Noorganik tolalarga asbest tolasi kiradi. 
Organik  tolalar  o„simlik  va  hayvonlardan  olinadi.  O„simlik 
tolalarining  asosiy  moddasi  sellulozadan,  hayvon  tolalarniki  esa  oqsil 
moddalar  (keratin  yoki  febroin)dan  iborat.  O„simlik  tolalari  ularning  turli 
qismlari (urug„i, po„stlog„i, tomiri, tanasi, mevasi)dan, hayvon tolalari esa 
ularning junlari va tolalari (ipak qurti)dan olinadi. 
O„simlikdan  olinadigan  tolalarga  paxta,  zig„ir,  kanop,  kanoptola, 
kendr, jut kabi tolalar kiradi. 
Paxta xom ashyosi - bu chigitni paxtasi bilan birgalikdagi ko„rinishi; 
paxta  tolasi  -  bu  birinchi  ishlov  berish  jarayonida  chigitdan  ajratilganidir. 
Paxta  tolasining  tarkibi  sellulozadan  iborat,  ishqor  eritmalari  ta‟siriga 
chidamli  va  kislotalar  ta‟siriga  chidamsiz.  Oksidlovchi  moddalar 
sellulozaga  yemiruvchi  sifatida  ta‟sir  etadi.  Tolaning  tarkibi  sellulozadan 
tashqari,  pektin,  yog„  mumi,  azot,  mineral  va  boshqa  moddalardan 
tuzilgan.  Hozirgi  kunda  tolasining  texnologik  xususiyatlari  bo„yicha  bir-
biridan  farq  qiladigan  50  ga  yaqin  paxta  navlari  mavjud.  Paxta  tolasining 
uzunligi 1 dan 55 mm. gacha bo„lishi mumkin. Shulardan uzunligi 20 mm. 
dan  kam  bo„lgan  tolalar  yigirish  uchun  yaroqsiz  hisoblanadi.  Shuning 
uchun paxta tolasi uzunligi bo„yicha kalta (20-27  mm), o„rta  (28-34  mm) 
va  uzuntolali  (35-55  mm)  guruhlarga  bo„linadi.  Tolalar  qancha  uzun 
bo„lsa,  ular  shuncha  ingichkadir.  Ingichka  tolali  paxta  eng  kichik 
qalinlikka  ega  (20  mkm),  o„rta  (23mkm),  qalinroq  va  kalta  tolali  paxta 

233 
 
(23mkm. dan ortiq) eng qalin bo„ladi. Paxta tolasining nisbiy uzilish yuki 
17-37  sN/teks,  uzilishdagi  cho„zilishi  6-9%  va  gigroskopligi  8-12%  ga 
teng. 
Paxta  tolasi  quyidagi  xususiyatlari  bilan  tavsiflanadi:  uzilishdagi 
mustahkamligi,  uzilish  kuchlanishi,  cho„ziluvchanligi.  gigroskopikligi, 
yuqori haroratga chidamliligi, kimyoviy va biologik barqarorligi. Bu sifat 
ko„rsatkichlari 
paxtadan 
tayyorlangan 
buyumlarning 
iste‟mol 
xususiyatlariga har xil ta‟sir etadi. 
Zig‗ir  tabiiy  tolalar  ichida  paxtadan  so„ng  ikkinchi  o„rinda  turadi. 
Tolasi  texnik  (kompleks)  tola  bo„lib,  pektin  moddasi  bilan  yelimlangan 
elementar tolalar bog„lamidan tuzilgan. Ularning uzunligi 4-70 mm. gacha 
yetadi,  qalinligi  15-17  mkm.  ga  teng.  Kompleks  (texnik)  tolalar  uzunligi 
zig„ir  tanasining  uzunligi  blian  teng  (170-250  mm)  bo„lishi  mumkin. 
Tolalarning uzilish yuki paxta tolasinikiga nisbatan yuqori 33-40 sN/teks, 
uzilishdagi cho„zilishi 2-3%, gigroskopligi 12%ga teng. Zig„ir tolalarining 
gigroskopligi  yuqori  bo„lganligi  sababli  (maksimal  30-35%),  ulardan 
tayyorlangan buyumlar yuqori gigiyenik uisusiyatlarga ega. Zig„ir tolalari 
ko„proq  ichki  kiyimlar  uchun,  yozgi  kostyumbop  va  ko„ylakbop 
gazlamalar olishda foydalaniladi. 
Kanoptola  (penka),  kanop  va  jut  ko„proq  arqon,  qop  va  tara 
gazlamalari, ip va shunga o„xshash buyumlar ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Jun  har  xil  hayvonlar  jun  qoplamidan  olingan  toladir.  Uning  asosiy 
qismi  (97-98%)  qo„ylardan,  kamrog„i  (2%gacha)  echkilardan  olinadi. 
Kimyoviy tarkibi bo„yicha oqsilli tolalarga kiradi. Shuning uchun asosini 
keratin  oqsili  (90%)  tashkli  etadi.  Keratinning  mikromolekulalarida 
ko„ndalang  bog„lamlarning  mavjudligi  jun  tolalarini  yuqori  darajada 
elastikligi  bilan  tavsiflanadi.  Peptid  bog„lamlarining  mavjudligi  esa 
kislotalar  ta‟siriga  yuqori  darajada  barqaror  va  ishqorlar  ta‟siriga 
chidamsizligini belgilab beradi. 
Jun tolaning shakli silindrik bo„lib, qipiqli, pardali (qobiqli), o„zakli 
(kapsli)  qatlamlardan  tuzilgan.  Tolaning  bunday  tuzilishi  jun  qoplami 
(tivit, qiltiq va o„lik junlar) ga har xil ta‟sir etadi. Junlar bir xil (asosan, bir 
xil tolali), aralash (har xil tolali- tivit, qiltiq va o„lik junli) bo„ladi. Tolalar 

234 
 
ingichka,  yarim  ingichka,  yarim  dag„al  turlarga  bo„linadi.  Junlar  esa  - 
mayin, yarim mayin, yarim dag„al hamda dag„al guruhlarga ajratiladi. 
Mayin  junlar  tivitning  bir  xil,  yarim  mayin  junlar  biroz  yo„g„onroq 
tivit va oraliq jun tolalaridan, yarim dag‗al junlar esa qo„y zotlariga qarab 
bir xil va aralash bo„lib, turli uzunlikdagi qiltiqli va oraliq jun tolalaridan 
hamda  dag‗al  junlar  har  xil  jun  tolalari  (qiltiq,  oraliq  va  olik  junlar)dan 
tuzilgan. 
Jun tolalarining cho„zilishi 25-50%, gigroskopikligi 17-15%, uzilish 
yuki  11  -19  sN/teksga  teng.  Uning  tolalari  quyidagi  xususiyatlari  bilan 
tavsiflanadi:  uzunligi  va  ingichkaligi,  mustahkamligi,  cho„ziluvchanligi, 
kigizlanishi,  gigroskopikligi,  issiqqa,  yorug„lik  va  atmosferaga 
chidamliligi, kimyoviy barqarorligi hamda mikroblar ta‟siriga chidamliligi. 
Jun  tolalari  boshqa  tolalarga  nisbatan  egik-bukikligi  va  kigizlanish 
xususiyatlari  bilan  ajralib  turadi,  har  xil  gazlamalar  hamda  boshqa 
buyumlar olishda ishlatiladi. 
Tabiiy  ipak.  Ipak  qurtlarining  pillasidan  olinadi.  Pillani  chuvitib 
olinadigan iplarning bir nechasi birgalikda qo„shilib ipak xom ashyosining 
ipini tashkil etadi. Ularning uzunligi 600 dan 1500 m.gacha yetadi. 
Pilla  iplarining  tarkibi  fibroin  (70-80%)  va  seretsin  (20-30%) 
oqsillaridan  tuzilgan.  Undan  tashqari,  tarkibida  kam  miqdorda  mineral  va 
(1-1,7%),  yog„  mumli  moddalar  (0,5-3,2%)  hamda  pigmentlar  ham 
mavjud. 
Kimyoviy  tolalar.  Birlamchi  materiallari  bo„yicha  ikki  kichik  sinfga 
bo„linadi: sun‟iy va sintetik. 
Sun‘iy  tolalar  ikki:  organik  hamda  noorganik  guruhga  bo„linadi. 
Organik  (sun‟iy)  tolalar  selluloza  va  uning  hosilalari  asosida  (viskoza, 
mis-ammiakli,  atsetatli)  olinadigan  tolalardir.  Noorganik  tolalarga  shisha, 
melalli tolalar hamda metallashtirilgan iplar kiradi. 
Sintetik  tolalar-  smolalarning  tabiatiga  qarab,  poliamidli  (kapron, 
anidli), poliefirli (lavsan), poliakril-nitrilli (nitro), polivinilxloridli (xlorin, 
PVX),  polivinil  spirtli  (vinol)  va  poliolefinli  (polietilen,  polipropilen) 
tolalarga bo„linadi. 
Kimyoviy  tolalar  (iplar)  yuqori  molekulali  tabiiy  va  sintetik 

235 
 
moddalar hamda qisman shisha va metallardan olinadi. Ulardan kalava va 
(mono-, kompleksli, tarkibi o„zgartirilgan) iplar olinadi. 
Viskoza  tolasi  eng  ko„p  (60%  dan  ortiqroq)  tarqalgan  kimyoviy 
tolalardan  biri  hisoblanadi.  Uning  asosiy  xomashyosi  yog„och 
sellulozasidir.  Tola  fileradan  ingichka  tolachalar  sifatida  bosim  ostida 
olinadi.  Demak,  viskoza  tolasi  ko„plab  elementar  iplardan  tuziladi. 
Viskoza tolasi ko„p cho„ziluvchan va kam mustahkam, ko„plab yuvilishga 
chidamli.  Issiqlikka  chidamliligi  juda  yuqori,  ho„l  paytida  uzilishdagi 
mustahkamligi  50-60%  ga  kamayadi,  ko„p  g„ijimlanadi.  Tolasi  har  xil 
gazlamalar va trikotaj ishlab chiqarishda ishlatiladi, kalta tolalari shtapelli 
tolalar deyiladi. 
Polinozli tolalar viskoza tolasiga nisbatan bir xil, zich tuzilishiga ega 
bo„lib, mustahkam va namlanganda kam o„zgaradi. 
Hozirgi  kunda  quyidagi  modifikatsiyalangan  viskoza  tolalari  ishlab 
chiqarilmoqda:  siblonli,  bakterisidli,  kimyoviy  barqaror  va  yog„  ta‟siriga 
chidamli. 
Mis-ammiakli 
tolalar 
olishda 
tozaroq 
paxta 
sellulozasidan 
foydalaniladi  va  mis-ammiakli  eritmada  eritiladi,  tolalari  uzun  ip  hamda 
kalta tola sifatida ishlab chiqariladi. 
Atsetatli tolalar viskoza tolasidan so„ng eng ko„p ishlatiladi. Asetatli 
tolalar  past  gigroskopiklik,  yuvilishlarga  chidamsiz,  elektrlanish,  kam 
mustahkamlik  xususiyatlarga  ega.  Ular  bir  xil,  aralash  tarkibda  har  xil 
gazlamalar,  ustki  trikotajlar  va  boshqa  buyumlar  olishda  ishlatiladi. 
Tolalarining  boshqa  xillaridan  ikki  va  uch  atsetatli  tolalar  ham  ko„p 
miqdorda ishlab chiqarilmoqda. 
Sintetik  tolalar  oddiy  moddalarni  sintez  qilish  yo„li  bilan  (etilen, 
benzol,  fenol,  propilen)  olingan  polimer  materiallardan  ajratiladi.  Ular 
tabiiy va sun‟iy tolalarga nisbatan suvni kam shimishligi, namlikda fizik-
mexanik 
xususiyatlarining 
o„zgarmasligi 
va 
yuqori 
darajada 
mustahkamliligi  bilan  tavsiflanadi.  Tolalari  kimyoviy  barqaror,  bakteriya 
va  mikroorganizmlar  ta‟siriga  chidamli,  bo„yoqni  yaxshi  qabul  qilmaydi, 
tez  elektrlanadi  va  past  gigiyenik  xususiyatlarga  ega.  Shuning  uchun  ular 
tabiiy 
hamda 
sun‟iy 
tolalar 
bilan 
birgalikda 
ishlatiladi, 

236 
 
mikromolekulalarining tuzilishi bo„yicha karbo va geterozanjirli bo„ladi. 
Nitronli  tolalar  poliakrilnitrildan  olinadi.  Ular  tashqi  ko„rinishi 
bo„yicha  junga  o„xshash.  Kam  gigroskopik,  mustahkamligi  poliamidli 
tolalarga nisbatan (yuvilgan paytda) 5-10 barobar kam. Nitronli tolalardan 
har  xil  gazlamalar,  cho„milish  kostyumlari,  pardalar  va  boshqa  buyumlar 
olishda foydalaniladi. 
Xlorinli  tolalar  qo„shimcha  xlorlangan  polixlorvinlidan  olinadi, 
Mustahkamligi quruq va nam holda o„zgarmaydi, past gigroskopik hamda 
termik  barqaror  (70°C  gacha),  yorug„lik  hamda  atmosfera  ta‟siriga 
chidamsiz,  kimyo  sanoatida  (filtrlar  va  maxsus  kiyimlar  olishda) 
foydalaniladi. 
Polipropilenli tolalardan tayyorlangan buyumlar suvda cho„kmaydi, 
kislota,  ishqor  va  mikroorganizm  ta‟siriga  chidamli  bo„ladi. 
Gigroskopikligi  nolga  teng,  past  haroratda  sinuvchan  bo„lib  qoladi. 
Ulardan  suvda  cho„kmaydigan  dengiz  kanatlari,  bog„lash  uchun  har  xil 
iplar, baliq tutish to„rlari, elektrizolatsiyali gazlamalar va boshqa buyumlar 
tayyorlanadi. 
Polietilen  tolasi  yengil  va  chirimaydi,  yuqori  fizik-mexanik 
xususiyatlarga  ega.  Polietilen  tolasi,  asosan,  texnik  maqsadlar  va  kamroq 
qismi  xalq  iste‟mol  tovarlari  ishlab  chiqarish  (gilamlar,  plashbob 
gazlamalar va boshq.) uchun ishlatiladi. 
Vinol  polivinol  spirtidan  olinadi  va  ko„p  marta  yuvitishga,  kislota, 
ishqor,  organik  eritmalar,  mikroorganizm  va  yorug„lik  ta‟siriga  chidamli. 
Yuqori  gigroskopik  (5%)  xususiyatga  ega.  Vinol  tolasidan  brezentlar, 
arqon,  baliq  ushlash  to„rlari.  transport  tasmalari  ishlab  chiqarishda  va 
tibbiyotda qo„llaniladi. 
Poliamidli  tolalar  hozirgi  kunda  sintetik  tolalar  ichida  eng  ko„p 
ishlab  chiqariladi.  Ular  toshko„mir  smolalari,  neft  va  gazlarni  qayta 
haydash  yo„li  bilan  olingan  mahsulotlardan  ishlab  chiqariladi.  Poliamidli 
tolalarga kapron va anidlar kiradi. 
Kapron  tolasining  ikki  xili  mavjud:  fiksatsiya  qilingan  (kam 
qisqaradigan) va yuqori darajada qisqaradigan. 
Anid  tolasi  ham  kapron  kabi  poliamiddan  tayyorlanadi.  Anid 

237 
 
tolasidan kalta va uzun (kapron) tolalar olinadi. 
Monotolalar  qalin  yoki  ingichka  bo„lib,  qalin  tolalilar  baliq  ovlash 
iplari  (leska),  texnik  gazlamalar;  ingichka  tolalar,  yupqa  va  yengil 
gazlamalar  hamda  paypoqlar  tayyorlashda  ishlatiladi.  Poliamidli  tolalar 
yuqori  darajada  ishqalanishga  chidamli,  uzilish  mustahkamligi  juda 
yuqori,  elastik  va  ko„plab  qaytariladigan  deformatsiyalarga  chidamli. 
Gigroskopligi uncha yuqori emas (3,5-4%), gigiyenik xususiyatlari past va 
yorug„lik nurlari ta‟siriga chidamsiz, elektr zaryadlari to„planadi. Tolalari 
ko„proq  parda  buyumlari  va  brezentlar  tayyorlashda  ishlatiladi.  Tolaning 
kamchiliklari fizik va kimyoviy modifikatsiyalash yo„li bilan tuzatiladi. 
Lavsan  tolasi  tashqi  ko„rinishi  bo„yicha  junni  eslatadi.  Mus-
tahkamlikda  poliamidli  tolalardan  qolishmaydi.  Undan  tayyorlangan 
buyumlar  g„ijimlanmaydi  va  shaklini  yaxshi  saqlaydi.  Yuqori  harorat 
ta‟siriga  chidamli.  Shuning  uchun  lavsanli  buyumlar  130-  160°C  dan 
yuqori  haroratda  dazmollanadi,  ishqalanishga  bardoshli.  Kalta  lavsan 
tolalari  boshqa  tolalar  bilan  (50%  gacha)  aralashtirilgan  holda  ishlatiladi. 
Lavsan  tolasining  kamchiliklaridan  biri  pilling  (shariklanishi),  tez  kir 
bo„lishi, elektrlanishi va yaxshi bo„yalmasligidir. 
Metall  va  metallashgan  tolalar  alumin  folgasi,  mis  va  uning 
qotishmalari,  kumush,  oltin  va  boshqa  metallardan  olinadi.  Metalli 
tolalarga alunit, mishura va lyurekslar kiradi. 
Alunit  -  alumin  folgasidan  olingan metalli  ip  bo„lib,  ikki  tomonidan 
saqlovchi polimerli plyonkalar bilan qoplangan. 
Mishura  -  mis  va  uning  qotishmalaridan  olingan  ip,  oltin  va 
kumushning juda yupqa qatlami bilan qoplangan bo„lishi mumkin. 
Lyureks esa alunitga o„xshash bo„ladi. 
Metallashgan  tolalar  lavsan  plyonkalariga  metall  kukunchalarini 
purkash  yo„li  bilan  uzun  ip  ko„rinishda  olinadi.  Ularga  metanit  va 
plastilekslar  kiradi.  Melallashgan  iplarning  mustahkamligini  oshirish 
maqsadida  bir  yoki  ikki  kapron  iplar  bilan  o„raladi.  Ular  har  xil  rangli 
bo„lishi mumkin. 
Metalli iplar (tolalar) nisbatan og„irroq va kam elastik. 
Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling