A. N. Samadov, O. S. Jumanov
7 .2 . T i ki l g a n v a tr i ko ta j b u y u ml a r n i n g i s te ‘ mo l
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Tovarlar ekspertizasi darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kiyim ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar.
- Trikotaj to‗qilish turlari.
- Kiyimlarni loyihalash.
- Trikotaj kiyimlarni modellashtirishning xususiyatlari.
- Trikotaj kiyimlarni bichishning o‗ziga xosligi.
- Kiyimlarni ommaviy ishlab chiqarish.
- Bichish jarayonining asosiy operatsiyalari.
- Kiyimlarni tayyorlash.
- Kiyimlarga namli-issiq ishlov berish.
- Yakunlovchi pardozlash operatsiyalari.
- Kiyimlarga qo‗shimcha pardoz berish.
- Trikotaj buyumlari tayyorlashning o‗ziga xos xususiyatlari.
- Trikotaj buyumlar assortimentining tasnifi.
1 7 .2 . T i ki l g a n v a tr i ko ta j b u y u ml a r n i n g i s te ‘ mo l x u s u s i y a t l a r i h a m d a s i f a t i n i s h a k l l a n t i r u v c h i o m i l l a r Kiyimlarning iste‟mol xususiyatlari ularni loyihalash, tayyorlash va qo„shimcha pardozlash jarayonlarida shakllanadi. Kiyimlarning iste‟mol xususiyatlari va sifati quyidagi omillarga bog„liq: ishlatiladigan materiallarning xususiyatlari, loyihalash hamda tayyorlash sifatlari (bichish, tikish va pardozlash). Kiyim ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallar. Kiyim ishlab chiqarishda har xil materiallardan foydalaniladi. Ularning assortimenti xomashyosi, ishlab chiqarish usuli, ishtatilishi bo„yicha xilma-xil bo„lib, asosiy, qo„shimcha (astar, qotirma, tugma, piston va sh.k.), issiq tutadigan (sovuq o„tkazmaydigan), qismlarni birlashtiradigan materiallarga bog„liq bo„ladi. Asosiy materiallarga har xil tola tarkibli gazlama, trikotaj, mato, noto„qima material, tabiiy va sun‟iy charm, mo„yna, plyonka, rezina va plyonka qoplangan gazlamalar kiradi. Qo„shimcha materiallarga bortli va tukli gazlamalar- doka; qotirish uchun noto„qima material, kolenkor; issiq tutadigan materiallarga- vatin, paxta, porolon, tabiiy va sun‟iy mo„ynalar; qismlarni birlash-tiruvchilarga- tikish ipi, yelimli hamda termoplastik materiallar; kiyim-kechak ashyolariga – tugma, ilgak, halqa, knopka va boshqalar kiradi. Bu materiallarga ishlatilishiga qarab har xil talablar (gigiyenik, mustahkamlik, estetik va boshq.) qo„yiladi. Asosiy materiallar kiyimlarning yuza qismi va astari; qo„shimcha materiallar - karkas tuzish, qattiq shakl berish hamda qismlarni yanada mahkamlash; issiq tutadigan materiallar sovuq o„tkazmaslik; kiyim-kechak ashyolari va pardozlovchi materiallar qo„shimcha pardozlar uchun ishlatiladi. Trikotaj matosi. Halqalash yo„li bilan olingan to„qimachilik matosi yoki buyumidir. Shuning uchun har qanday trikotaj materiali ko„ndalang va uzunasiga birlashgan halqalar tizimidan iborat bo„ladi. Trikotaj tuzilishining birlamchi elementi halqa hisoblanadi. Halqalar ochiq va yopiq bo„lishi mumkin. Ochiq halqalar matoga yaxshi cho„ziluvchanlik, elastiklik, yopiq halqalar yuqori shakl saqlashlik xususiyatini beradi. 249 Halqalar gorizontal bo„yicha bir-biri bilan bog„lanib ular qatorini, vertikal bo„yicha halqalar ustunini hosil qiladi. Halqa hosil qilish jarayoni halqa hosil qiluvchi mashinalaryordamida amalga oshiriladi. Trikotaj matosi olishda har xil qarmoqli va tilchali ignalardan foydalaniladi. fgnadonga mahkamlanadi. Ular qancha zich joykshsa, matolar shuncha zich bo„ladi. Ignalar ignadon uzunligidagi ignalar soni bo„yicha halqalovchi mashinaning sinfi aniqlanadi. Ignalar ninadonlar yassi va aylana bo„lishi mumkin. Trikotaj to‗qilish turlari. Matolarda halqalarning ma‟lum bir tartibda joylashishi va o„zaro bog„lanishidir. Trikotaj to„qilishlarining turlari juda xilma-xil bo„lib, ikki sinfgabo„linadi: ko„ndalang vao„rib (bo„ylama) to„qilish. Har bir to„qilish sinfi o„z navbatida uch guruhga bo„linadi: 1. Bosh to„qilishlar. 2. Hosila to„qilishlar. 3. Gulli to„qilishlar. Bosh to‗qilishlar deb, halqalari bir shakl va o„lcham bir xil xom- ashyodan bo„lgan to„qilishga aytiladi. Bular tuzilishi bo„yicha oddiy, hosila va gulli to„qilishlarni hosil qilishda asos bo„lib hisoblanadi. Ikki yoki bir necha bosh to„qilishlardan hosila to‗qilishlar paydo bo„ladi. Gulli to‗qishlarda halqachalarning o„lchamlari, ranglari va shakllari bir-biridan farq qiladi. Natijada, trikotaj matosining yuza sathida naqshlar paydo bo„ladi. Ko„ndalang to„qilishning bosh guruhiga glad, lastik to„qilishlari kiradi. Hozirgi vaqtda trikotaj buyumlarining aksariyat qismi gulli to„qilishlar bilan ishlab chiqarilmoqda. Bosh to„qilishlar mustaqil ravishda ko„p ishlatilmasa ham hosila va gulli to„qilishlarni olishda asos bo„lib hisoblanadi. Zanjir to„qilish oddiy bo„lib, gulli to„qilishlarning tarkibiy qismidir. U mustaqil ravishda ro„mol va sharflarning hoshiyasini hosil qilishda qoilaniladi. Triko to„qilish bir fanturli vertelka va rashel mashinalarda balarilib, bir o„lchamli hamda bir tomonga yo„nalgan halqalardan iborat bo„ladi. Triko gulsiz va guldor (ko„ndalang yo„li) bo„lishi mumkin. Triko to„qilishi mustaqil ravishda kam ishlatilib, boshqa murakkab to„qilishlarni olishda asos bo„lib xizmat qiladi. 250 Atlas to„qilish bilan mato tayyorlashda birinclli ip halqa hosil qilgandan so„ng ikkinchi halqa ikkincllj qatordagi ignada halqalanadi. Shu tartibda davom etib, ignada halqalar hosil bo„ladi, ya‟ni iplar navbatma- navbat bir necha ustunchada halqa hosil qiladi hamda h tartibda orqaga qaytadi. Bir ipdan bir yo„nalishda halqa hosil qilishda qainashgan ignalar soniga ko„ra atlas to l qilishi uch, to„rt, olti, sakkiz va ko„p qaiorli bolishi, yo„1-yo„l ehiziqlarining mavjudligi hamda eniga qarab cho„ziluvchanligi bilan tavsiflanadi. Atlas to„qilishi, asosan, ichki va ustki trikotaj buyumlari uchun mo„ljallangan matolar hosll qilishda qo„llaniladi hamda maxsus yassi mashinalarda to„qiladi. Ikki fanturli mashinalarda o„rib to„qish usuli bilan olingan bosh to„qilishlarga interlokli triko va atlas kiradi. Bu matolar rashel mashinalarida to„qilib. ustki trikotaj buyumlari (kostyumlar, ko„ylaklar, jaket va djemferlar) ishlab chiqarishda qo„llaniladi. Kiyimlarni loyihalash. Kiyimlarni loyihalashning ikki bosqichi mavjud - kiyim modelini tayyorlash va konstruksiyasini ishlash. Loyihalash natijasida kiyimning original nusxalari tayyorlanadi. Kiyimlarni loyihalash bilan modelyer-rassomlar, yirik tajriba-texnik laboratoriyalari, fabrikalarning tajriba sexlari va modellar uyida konstruktorlar shug„ullanadilar. Kiyimlarni modellashtirish - birlamchi namunasi yoki modelini yaratish jarayoni bo„lib, shu asosda tikuvchilik korxonalarida buyumlar ishlab chiqariladi. Model modelyer-rassomning mehnati orqali materialda mujassamlanadi, aniq qomat-maneken uchun buyum yaratadi. Kiyimlarni modellashtirish yoshga va to„lalik guruhiga bog„liq bo„lgan o„ziga xos xususiyatlarni e‟tiborga olgan holda amalga oshiriladi. Buyumning etalon namunasi (modeli)ni yaratish bilan birgalikda modelga texnik yozuv tuziladi. Bunda modelning chizmasi, tashqi ko„rinishi (siluet. bichim, shakli, yuza qismi materialining rangi, astari, kiyim-kechak ashyolari va boshq.)ga tavsif, modelga texnik talablar, materialning o„ziga xos xususiyati, detallarning nomi, ishlov berish murakkabligi, tavsiya etiladigan o„lchamlar, bo„y va to„lalik guruhlari. buyumning tayyor ko„rinishida o„lchash jadvali va boshqalar beriladi. 251 Siluet- buyumning o„z soyasiga o„xshash bo„lgan tekis va bir xil tusli ifodasidir. Kiyimlar silueti bo„yicha kishi tanasiga yopishib va yarim yopishib turadigan, to„g„ri va keng (trapetsiyaga o„xshash) bo„ladi. Kiyimlarda, asosan, klassik yoki sipo (strogiy), sport va fantaziyali shakllar qo„llaniladi. Kiyim shaklining plastikligi, kompozitsiyasining o„ziga xosligi, fakturasining xilma-xilligi va rangining turli tovlanishi ustki qismi uchun ishlatiladigan materialga bog„liq bo„ladi. Masalan, yirik fakturali material sirtqi o„lchamini kichraytiradi, maydasi- kattalashtiradi. Patli va og„ir materiallar issiq hamda ochiq ranglar kiyim massasini oshiradi. Shuning uchun model yaratish paytida bunday materiallar boshqalari bilan birgalikda quramalashtirilishi kerak. Trikotaj kiyimlarni modellashtirishning xususiyatlari. Modellashtirishning o„ziga xos tomonlari trikotaj matolari xususiyatlari va ishlab chiqarishning o„ziga xosligi bilan bog„liq. Shaklni yaxshi saqlovchi, kam cho„ziluvchan va boshqa materiallar bilan lakrorlangan matolar tikuvchilik fabrikalarida gazlama kabi qayta ishlanadi. Ularning ko„pchilik qismi esa trikotaj fabrikalarida tayyor- lanadi. Buyumlarni modellashtirishning o„ziga xos xususiyatlaridan biri model va matoning trikotaj ishlab chiqarish paytida hosil bo„lishidir, chunki buyumning ishlatilishiga qarab lining xomashyosi, to„qilish rasmi (guli), matoning tashqi ko„rinishi hamda qalinligi. zichligi va buyumning shakl tuzilishini belgilovchi boshqa o„lchamlari (parametrlari) oldindan loyihalanadi. Kiyimlarni konstruksiyalash - model namunasi bo„yicha buyum detallarining chizmasini ishlash va andoza tayyorlash jarayonidir. Andoza deb, materiallar bichiladigan kiyim detallarining qolipi (shabloni)ga aytiladi. Qoliplar qog„oz, karton, plastmassa va metalldan tayyorlanishi mumkin. Konstruksiyalashning asosiy vazifasi buyumning hajmli shaklini tekislikka yoyishdan iborat. Ommaviy ishlab chiqarish uchun kiyimlarni konstruksiyalashda iste‟molchilar guruhining to„laligi asos sifatida yoshga qarab belgilanadigan turli qomatlarning o„rtacha o„lchami va to„laligi olinadi. Trikotaj kiyimlarni bichishning o‗ziga xosligi. Bichilgan trikotaj 252 buyumlarining (bular trikotaj buyumlari assortimentining 60% dan ko„prog„ini tashkil qiladi) hajmli shakli konstruktiv yo„l bilan, ya‟ni choklar va zaxira choklar hisobiga olinadi. Trikotaj buyumlarining konstruksiyasi birgina qaddi-qomat o„lchovlarini e‟tiborga olib qolmasdan, balki buyumlarni ishlatish va tayyorlash paytida paydo bo„ladigan trikotajning o„ziga xos xususiyatlariga qarab yaratiladi. Trikotajning bunday xususiyatlariga ularning cho„ziluvchanligi, elastikligi, kirishishi (usadka), qalinligi, chekkasining o„ralib qolishi, tarqalib va teshilib ketishi kiradi. Trikotaj polotnolari uzunasiga mustahkam va kamroq cho„ziluvchan bo„ladi. Shuning uchun konstruksiyalashda barcha detallari halqa qatorlariga qarab uzunasi bo„yicha to„shaladi. Trikotaj buyumlarini tikish va bichish paytida namli-issiq, mexanik ta‟sirlar natijasida ularning ayrim detallarida trikotajning qisqarishi paydo bo„lishi mumkin. Shuning uchun konstruksiyalangan andoza o„lchamlariga qisqarish mumkinligini e‟tiborga olgan holda aniqliklar kiritiladi. Kiyimlarni ommaviy ishlab chiqarish. Kiyimlar ommaviy, turkumli yoki individual holda tikilishi mumkin. Ommaviy ishlab chiqarishda bir turdagi buyumlar ko„p miqdorda, turkumli ishlab chiqarishda uncha katta bo„lmagan partiyalar va yakka tartibda kiyimlar atelyelarida tikiladi. Kiyim ishlab chiqarish standartlar va texnik shartlarning talablari, namuna (etalon) va o„rnatilgan tartibda tasdiqlangan model bo„yicha texnik yozuvlar asosida amalga oshiriladi. Kiyim tayyorlash jarayoni materiallarni bichish hamda tikish operatsiyalarini o„z ichiga oladi. Materiallarni bichish. Bu operatsiyaning maqsadi bichimlarni tayyorlash, ya‟ni buyumning tuzilishi bo„yicha gazlamalarni alohida bo„laklarga (detallarga) kesishdan iborat. Buyumning shakli va o„lchami bo„yicha qomatga mos kelishi bichimning aniqligiga bog„liq bo„ladi. Bichish tayyorlov va asosiy operatsiyalarga bo„linadi. Kiyim modelini tanlash - barcha materiallarni texnik yozuvlar va savdo tashkilotlarining buyurtmalari asosida hamda artikuli, rangi, gazlamaning gullari bo„yicha har bir modelga (usti, astari, issiq 253 saqlovchanligi, pardozi, furnituralari va boshqalar uchun) ajratib olishdir. To‗shash uchun materiallarni navlarga ajratishda rangi, guli, eni, tola tarkibi va fizik-mexanik xususiyatlari bir xil bo„lgan gazlamalar birlashtiriladi. Gazlama bo‗lagini hisoblashda uzunligidan qoldiq qolmasligi uchun oldindan o„lchanadi. Buning uchun har bir bo„lak gazlama alohida-alohida hisoblanadi. Taxlashga ketadigan gazlama bo„laklarini hisoblashda har xil turdagi, o„lchamdagi, uzunlik va to„lalikdagi buyumlarga sarf bo„ladigan gazlamalar me‟yorini bilish kerak. Bo‗rlash (obmelovka)da to„shab taxlangan gazlamalar ustidagi andozalarning chekkasi chizib chiqiladi. Gazlamalarning sarfi ko„p bo„lmasligi uchun andozalar zich qo„yiladi. Bo„rlash modeli tez-tez o„zgarib turadigan buyumlar tayyorlashda qo„llaniladi. Fasonlari uzoq muddat o„zgarmaydigan buyumlar tayyorlashda (maktab formasi, ichki kiyimlar va boshq.) gazlamalarni bichishda trafaretlardan foydalaniladi. Trafaret - andozalarining chekkasi teshilgan kleyonka yoki zich- qalin qog„ozdir. Bichish jarayonining asosiy operatsiyalari. Bichishning asosiy operatsiyalariga gazlamalarni taxlash, ularni kesish, bichimlar sifatini tekshirish va bichilgan qismlarini to„plash kiradi. Taxlangan (to„shalgan) gazlamalar harakatlanuvchi va statsionar mashinalarda kcsiladi. Stabil tuzilishdagi buyumlarning qismlari presslarda kesiladi. So„ngra bu qismlar sifati bo„yicha tekshiriladi hamda to„planadi. Kiyimlarni tayyorlash. Kiyimlarni tayyorlash jarayoni bichilgan qismlarga oldindan ishlov berish, ulardan buyumlar yig„ish, hajmli shakl va tovarli ko„rinish hosil qilishdan iborat. Bu jarayonda kiyimlarning tashqi ko„rinishi, qaddi-qomatga o„tirishi hamda uzoqqa chidamliligini belgilovchi muhim xususiyatlar shakllanadi. Kiyimlarni tayyorlash (tikish) jarayoni qismlarni birlashtirish, namli- issiq, ishlov berish va yakunlovchi pardozlash operatsiyalaridan iborat. Kiyimlarning qismlarini birlashtirish ipli, yelimlash va payvandlash usullarida amalga oshiriladi. Buyumlar qismlarining biriktirilgan joyi chok deb ataladi. 254 Kiyim detallarini ipli biriktirish choklar, baxyalar va qaviq (stejok)lar vordamida amalga oshiriladi. Qaviq- ignaning ikki marta sanchib teshilgan teshigining orasidagi iplarning materialdagi to„qilishidir. Baxya - takror qaytariladigan qaviqlar qatori. Ipli qaviqlar, baxyalar va choklar tikish mashinalari qo„lda bajarilishi mumkin. Qo„lda balarligan baxyalar. qaviqlar va choklar detallarni vaqtincha biriktirish, issiq ishlov berish oldidan buyum chekkalarini to„g„rilash uchun ishlatiladj. Baxyalar chiziqli, shaklli va ko„klab tagidan yoki ichidan tikiladigan (obmyotochno-podshivochniy) bo„lishi mumkin. Chiziqli baxyalar detallarni tikish va buyumlarni pardozlash uchun ishlatiladi. Birlashliruvchi choklar baxyali, shu asosda yopishtirilgan, ustma-ust baxyali, ikki qavat va uchma-uch bo„ladi. Chetki choklar odaida buyum va qismlarning chekkasidan o„tkaziladi. Pardozlovchi choklar har xil buklamlar, burmalar va boshqa shunga o„xshash ishlarni balarishda qo„ltaniladi. Bularga hoshiyali, bo„rtma naqshli choklar kiradi. Kiyim qismlarini yelimli birlashlirish uncha sezilmaydigan yon tomonlari ichki astarlarini, qism chekkalarini, etaklari va boshqalarni birlashtirishda qo„llaniladi. Kiyimlarni tayyorlashda yelimlar plyonka, poroshok, ip yoki dona-dona ko„rinishda ishlatiladi. Ular ichki astarbop gazlamalar (byaz, mitkal, bortovka va boshq.)ga surtiladi. Qismlar ma‟lum bir tartibda presslarda yoki dazmollar yordamida yelimlanadi. Qismlarning yelimli birlashmalari yuqori darajada shaklni saqlashlik xususiyatini beradi. Kiyim qismlarini payvandlash materiallari plyonkali va u bilan qoplangan hamda sintetik termoplastik tolali gazlamalardan bo„lgan buyumlar olishda qo„llaniladi. Uch usulda payvandlash mumkin: termokontaktli, yuqori chastotali tok va ultratovush bilan. Payvandlash choklarining tashqi ko„rinishi chiroyli, qalinligi uncha katta bo„lmagan hamda germetik bo„ladi. Kiyimlarga namli-issiq ishlov berish. Kiyimlarga namli-issiq ishlov berish ulardan foydalanishda muhim rol o„ynaydi. Bu usulda ishlov berish qismlar yelimli birlashtirilganda, oxirgi pardoz va buyumga tovar ko„rinish berishda o„tkaziladi. Buning mohiyati shundan iboratki, nam, 255 issiq, dazmol va presslar bosimi ostida materiallar yuqori elastik holatga o„tadi, natijada ularni cho„zish, qisqartirish, yupqalashtirish hamda kerakli shakl berish mumkin. Bu jarayonda buyumlar kerakli hajmli shaklga ega bo„ladi, g„ijimlar, buklamlar va yaltiroq dog„lar (laslar), notekisliklar to„g„rilanadi. Yakunlovchi pardozlash operatsiyalari. Buyumlarai to„la bezatish va ularga tovar ko„rinishi berish uchun amalga oshiriladi. Bu operatsiyalarga quyidagilar kiradi: halqa va qistirgichlar tayyorlash, oxirgi namli-issiq ishlov berish va buyumlarni bug„lash. Kiyimdagi ilmalar xilma-xil ko„rinishda bo„lishi mumkin: baxyalangan, yo„rmalangan, qadama, shnurli va ipli. Qistirgichlar izmalar oxirini cho„ntakning kesilgan joylari va qaytarma yoqalarning burchaklarini mahkamlash uchun qo„llaniladi. Tugmalar, ilgaklar va knopkalar qo„lda yoki yarim avtomat-mashinalarda tikiladi. Buyumlar maxsus mexanizatsiyalangan cho„tkalarda tozalanadi. Oxirgi namli-issiq ishlov berish presslar va gaz-havoli manekenlarda balariladi. Kiyimlarga qo‗shimcha pardoz berish. Bu kiyimning estetik xususiyatini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi. U o„ziga xos xususiyatlariga qarab, ikki guruhga bo„linadi: konstruktiv-texnologik va bezakli. Bezakli pardozlash buyumlarning tuzilishi bilan bog„liq bo„lmasdan, balki kiyimlarni bezash maqsadida balariladi, xolos. Konstruktiv-texnologik pardozlashda quyidagilar qo„llaniladi: buklamlar, qat-qatlar (gafrerovka), plisseravka (dazmol urib qat-qat qilingan), burmalar, to„lqinlar, jabolar (burma hoshiyalar), mag„izlar, beykalar, yoqacha va manjetlar (olib qo„yiladigan) va boshqalar. Bezak pardozlar (bezash)ga kashtalar, applikatsiyalar, popuklar, to„rlar va boshqalar kiradi. Trikotaj buyumlari tayyorlashning o‗ziga xos xususiyatlari. Bunda matoning tuzilishi va o„ziga xos xususiyatlari (cho„ziluvchanligi, elastikligi, kesilgan joylari bo„yicha tarqalib ketishi) e‟tiborga olinadi. Oxirgi xususiyatlari bichilgan va yarim muntazamli trikotaj buyumlari tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. 256 Buyumlar tayyorlashda ularning qismlari iplar yordamida birlashtiriladi. Yelimlash usullari esa applikatsiyalarda va ustki kiyimlarning chekkalarini qaytarishda qo„llaniladi. 1 7 . 3 . K i y i m l a r a s s o r t i m e n t i Tikilgan buyumlar assortimentining tasnifi. Tikilgan buyumlarni alohida guruhlarga birlashtirishda ishlatilishi, foydalanish sharoiti, qo„llaniladigan materiallari kabi sifat belgilari muhim ahamiyatga ega. Ularning hozirgi zamonaviy assortimenti juda xilma-xil, murakkab va yuzlab kiyim turlari, bosh kiyimlar va kiyimlar guruhiga kirmaydigan tikilgan (ko„rpa-to„shak va sochiq-dasturxonlar, sport ashyolari, sochiqlar va boshq.) buyumlarni o„z ichiga oladi. Tikilgan buyumlar assortimenti doimo o„zgarib boradi. Yangi xom- ashyolar ishlatilishi, yengil sanoat tarmoqlarida texnik yangiliklarning joriy etilishi, modaning o„zgarishi, aholi talabining o„sishi va boshqa sabablar natijasida yiliga 60%gacha kiyim modellari yangilanib turiladi, Iste‟molchilar talabiga javob bermaydigan kiyimlarning ishlab chiqarilishi to„xtatiladi va ko„proq zamonaviy buyumlar joriy etiladi. Hozirgi kunda ularning ikki mingdan ko„prog„i mavjud. Shuning uchun ularni birgina belgisi bo„yicha tasniflab bo„lmaydi. Chunki tikilgan buyumlarni tasniflash paytida ularning ishlatilishi, materialining turi, texnologik ishlov berilishining o„ziga xos xususiyatlari, tikuv fabrikasidagi uskunalarning tavsifi va boshqa belgilari e‟tiborga olinadi. Ular quyidagi belgilari bo„yicha tasniflanadi: Tikilgan buyumlarning turlari nomlari, fasoni va uning murakkabligi bo„yicha xillarga ajratiladi. Kiyimning shakli klassik, sport usuli; buyumlarga ishlov berish - qattiq, yumshoq va yarim yumshoq bo„ladi. Tikilgan buyumlar fasonining murakkabligi bo„yicha o„n guruhga bo„linadi. Bunday bo„linishning asosini buyumlar tuzilishi murakkabligi va ularga ishlov berishdagi mehnatning hajmi tashkil qiladi. Trikotaj buyumlar assortimentining tasnifi. Hozirgi kunda trikotaj buyumlarining yagona tasnifi yo„q. Trikotaj buyumlari ishlatilishi, 257 xomashyo turi, to„qilishining tuzilishi, tayyorlanish usullari, mato va buyumlarning pardozi bo„yicha tasniflanadi. Ishlatilishi bo„yicha trikotaj buyumlari ustki, ichki trikotaj, paypoq buyumlari, qo„lqoplar. ro„mol- sharflar va bosh kiyimlariga bo„linadi. Hаr bir guruh yana turlarga ajratiladi. Xomashyosi bir xil va turli kalava, ip yoki ularning aralashmasidan tayyorlangan trikotaj buyumlaridan iborat. Trikotaj to‗qilishining tuzilishi bo„yicha buyumlar ko„ndalang, o„rib to„qilgan bo„ladi. Tayyorlanish usullariga trikotaj buyumlari halqalangan (muntazam va yarim muntazam, bichilgan va qurama) bo„lishligi kiradi. Pardozlash usuli va matoga ishlov berilishi bo„yicha esa buyumlar xom qaynatilgan, oqartirilgan, bo„yalgan, gul bosilgan. patli, zamshga o„xshash, bosib naqsh solingan hamda maxsus ishlov berilgan bo„lishi mumkin. Trikotaj buyumlari yuqoridagilardan tashqari, fasoni, tuzilishi, yenglari va yoqasini birlashtirish xususiyati, matosining tashqi ko„rinishi, guli kabi belgilari bilan ham bo„linadi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling