A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/31
Sana25.05.2020
Hajmi1.9 Mb.
#109779
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik


bilan  tavsiflanadi. Murakkablilik darajasi bo„yicha ommabop poyabzallar 
uch  toifaga  bo„linadi:  silliq,  pardozli  va  shaklli  bichilgan.  Modabop 
erkaklar  poyabzallari  birinchi  va  ikkinchi,  ayollar  modabop  poyabzallari 
birinchi,  ikkinchi  va  uchinchi  murakkablilik  toifalarga  bo„linadi. 
Bolalarning bezatilgan poyabzallari faqat shaklli bichimda tayyorlanadi.  
Etiklar  bichilgan  va  kamroq  tortilgan  (ustki  qismi  bir  bo„lak 
charmdan tayyorlangan) holda ishlab chiqariladi. 
Etikchalar,  yarim  etikchalar  etiklardan  qo„njisining  balandligi, 
modelining  xilma-xilligi,  bezaklari  va  berkililadigan  ilmog„i  (zastyojka) 
bilan farq qiladi. Ular har xil balandlikdagi poshnalarda ishlab chiqariladi. 
Botinkalar oyoqni pastki boldir qismigacha, yarim botinkalar to„piqqacha 
yopib  turadi.  Bichilishi  va  konstruksiyasining  o„ziga  xos  xususiyatlari 
bo„yicha  turli-tuman  bo„lishi  mumkin.  Ilmog„i  esa  xilma-xil  (shnur, 
rezinka. pryajka, «molniya» ilmoqli va boshq.). 
Tufli  yarim  botinkaga  nisbatan  ko„proq  tanavorining  (taxminan 
uzunligining  2/3  qismi,  yarim  botinkada  uzunligining  yarmigacha) 
ochiqligi  bilan  farq  qiladi.  Tuflilar  uchun  ko„proq  murakkab  bichimlar, 
bezakli  pardozlar  va  chiroyli  siluetlar  xosdir.  Tuflilar  tanavorining 
an‟anaviy bichimiga qayiqcha (lodochka) bichimi, yozgi ochiq tumshuqli 
hamda  ochiq  o„kchali,  pantolet  turidagi  (qayishsiz  ochiq  o„kchali), 
qayishlardan bichilgan va boshqalar kiradi. 
Sandallar  sandal  usulida  mahkamlangan,  astar  va  pataksiz,  mayda, 
katta-katta  teshikli,  bir  yoki  ikki  berkitiladigan  qayishli  hamda  poshnasiz 
poyabzal. 
Sandaletlar har xil bichimli yozgi yarim botinka, odatda, katta-katta 
teshikli,  rantli,  yonbosh  va  qurama  uslublarda  mahkamlangan  bo„ladi. 

290 
 
Sandaletlar  erkaklar,  ayollar,  o„g„il  bolalar  va  maktab  yoshidagi  bolalar 
uchun ustki qismi tabiiy charm hamda sun‟iy materiallardan tayyorlanadi. 
Charm  poyabzallar  sifatini  baholash.  Poyabzallar  tashqi 
ko„rinishining ko„rsatkichlari bo„yicha o„rnatilgan tartibda va tasdiqlangan 
namuna-etalonlarga  mos  kelishi  kerak.  Tayyor  poyabzallar  juft-juft,  toza, 
buklanmagan, tirishmagan, dog„siz,  detallari bir xil bo„lishi kerak; juftida 
zichligi,  qalinligi,  shakli,  o„lchami,  rangi  va  guli  bir  xil  bo„lishi  lozim. 
Poyabzal  ashyolari  va  iplari  uning  ustki  qismi  yoki  pardozi  bilan  mos 
kelishi  zarur.  Poyabzallar  juft-juft  holda  qabul  qilinadi.  Sifatini  nazorat 
qilish  tikilishining  texnik  talablar  asosida  bajarilishi  va  tashqi  ko„rinish 
nuqsonlarining  qismlar  o„lchamidan  chekkaga  chiqishini  aniqlash  va 
baholashdan  iborat  bo„ladi.  Poyabzallarning  navi  eng  yomon  yarim  jufti 
bo„yicha ko„proq bilinib turadigan nuqsoniga qarab belgilanadi. Ommabop 
hamda  modabop  poyabzallar  navlarga  ajratiladi,  yengil  va  bulg„or 
poyabzallar esa navlarga ajratilmaydi.  
Charm  poyabzallarini  tamg‗alash,  joylash,  tashish  va  saqlash. 
Tamg‗alash.  Poyabzalning  har  bir  jufti  tamg„alanadi  va  ularda  quyidagi 
belgilari  bo„lishi  kerak:  ishlab  chiqarish  korxonasining  tovar  belgisi, 
artikuli, o„lchami,  to„laligi, ishlab chiqarilgan vaqti, ST (standartli) harfli 
tamg„a yoki navi, standart raqami yoki texnik shartlar va boshqalar. 
Poyabzallarning  tagcharmi  yuzasida  to„laligi  va  narxi,  ichki 
tomonida  yuvilmaydigan  rangda  artikuli,  o„lchami,  to„laligi,  fason  va 
modeli,  navi,  TNB  qabul  raqami,  chiqarilgan  vaqti  va  standart  raqami 
ko„rsatiladi. Modelli poyabzallarda tovar belgisi oltin va kumush ranglarda 
belgilanadi.  1-navli  poyabzallar  diametri  10  mm  bo„lgan  aylana,  2-navli 
poyabzallar  romb  shaklida  va  standartli  poyabzallar  «ST»  belgisi  bilan 
tamg„alanadi. 
Joylash.  Charm  poyabzallari  iste‟mol  va  transport  taralariga 
joylanadi.  Iste‟mol  taralariga  karton  qutilar,  karton  pachkalar,  qog„oz  va 
polimerli  paketlar;  transport  taralariga  yog„och  qutilar,  buziladigan  ko„p 
aylanmali  va  buklamlangan  karton  qutilar  hamda  yumshoq  taralar  kiradi. 
Poyabzal  joylashtirilgan  har  bir  qutining  yon  tomoniga  tovar  belgisi, 
artikuli, fasoni, modeli, o„lchami, to„laligi, rangi, navi va boshqa belgilari 

291 
 
qo„yiladi. 
Tashish  va  saqlash.  Charm  poyabzallari  shaharlararo  transport 
konteynerlarida  yoki  konteynersiz  tashiladi.  Shahar  ichida  esa  yopiq 
avtomashina  furgonlarda  karton  qutilarda  tashiladi.  Poyabzallar  quruq, 
yopiq,  toza  va  shamollatiladigan  xonalarda  saqlanadi.  Ularni  saqlashda 
havoning  nisbiy  namligi  50-70%  va  harorat  8-10°C  bo„lishi  eng  qulay 
sharoit hisoblanadi. Charm poyabzallari stellajlarda va qutilarda saqlanishi 
kerak.  Ularni  saqlash  davrida  yuqorida  ko„rsatilgan  talablarga  rioya 
qilinmasa, sifati pasayishiga sabab bo„ladi. 
 
1 8 . 3 .   R e z i n a   p o y a b z a l l a r i  
 
Rezina  poyabzallariga  yaxlit  rezina  hamda  rezinali  yoki  rezinasiz 
to„qimachilik  materiallari  va  plastmassadan  tayyorlangan  poyabzallar 
kiradi.  Ularning  tag  qismi  doimo  rezinadan  tayyorlanadi.  Rezina 
poyabzallari  odatda  ko„proq  noqulay  (namlik,  ifloslik)  sharoitlarda 
ishlatiladi,  shu  bilan  birga  oyoqdan  tashqari,  boshqa  poyabzallarning 
ustidan ham kiyiladi. 
Rezina  poyabzallari  ishlab  chiqarishda  asosiy  materiallar  qora, 
rangli,  pigment  yoki  organik  bo„yoqlar  bilan  bo„yalgan  rezinalar  oraliq 
qismlari  tayyorlashda  ishlatish  uchun  qo„llaniladigan  rezinali  latta 
aralashmasi  hamda  qoplama  rezinali  aralashmalar  hisoblanadi.  Keng 
ko„lamda  to„qimachilik  materiallari  (ikki  qatlamli  kirza,  velvet,  yarim 
duxoba,  sukno,  gabardin  va  boshq.),  sun‟iy  mo„ynalar,  plastmassa  va 
loklar ham ishlatiladi. 
Rezina  poyabzallari  ishlab  chiqarish  quyidagi  usullarda  amalga 
oshiriladi:  yelimlash,  qoliplash  (shtamplash),  shakl  berish  (formalash), 
bosim ostida quyish, suyuq va plastizolda shakllash. 
Yelimlash  usuli  ko„p  mehnat  talab  qilishiga  qaramasdan,  rezina 
poyabzallarining  barcha  assortimentini  tayyorlashda  qo„llaniladi.  Ular 
konveyerga  mahkamlangan  alumin  qoliplarda  oldin  ichki,  so„ngra  oraliq 
va  tashqi  detallarini  bir-biriga  ketma-ket  yelimlab  yopishtirish  yo„li  bilan 
tayyorlanadi.  Qismlar  birlashgan  joylari  qo„l  yoki  mashina  yordamida 

292 
 
yaxshiroq  birlashtirish  uchun  siqiladi.  So„ng  poyabzallar  loklanadi  va 
vulkanizatsiya 
qilinib, 
qolipdan 
chiqariladi. 
Juft-juft 
qilinib 
komplektlanadi,  navlarga  ajratiladi  va  tamg„alanadi.  Yelimlangan 
poyabzallar  yengil,  egiluvchan,  qismlari  relyef  shaklida  chiqib  turuvchi 
sirtqi  ko„rinishi  bilan  tavsiflanadi.  Poyabzal  devori  nisbatan  yupqa,  lekin 
tagcharmi yelimlangan chiziqlari bo„yicha siqilgan joylari ko„rinib turadi. 
Qoliplash  (shtamplash)  usuli  erkaklar  va  o„g„il  bolalar  kalishlarini 
tayyorlashda  qo„llaniladi.  O„zagi  poyabzal  uchun  qolip  sifatida  xizmat 
qiladigan 
maxsus 
Taxtakach-shakl 
ishlatiladi; 
ichki 
qismlardan 
tayyorlangan  karkas  (astar,  dastak,  pataklar)  yelimlanib  o„zakka 
kiygaziladi.  Taxtakach-shakl  matritsasi  va  qolip-  o„zagi  orasida  ma‟lum 
oraliq  bo„ladi  hamda  shu  oraliqqa  qizdirilgan  rezina  aralashmasi  oqib 
tushadi  va  to„ladi.  So„ngra  poyabzal  qolipdan  chiqarilib,  ortiqcha  rezina 
qoldiqlaridan tozalanadi, loklanadi va vulkanizatsiya qilinadi. Qoliplangan 
poyabzallar  yelimlangan  poyabzallarga  nisbatan  devori  qalin,  qayishqoq 
va taxtakach-shakldan qolgan izi bo„ladi. 
Rezina  poyabzallarining  assortimenti.  Rezina  poyabzallari 
quyidagi belgilari bo„yicha bo„linadi: ishlatilishi (maishiy, maxsus va sport 
poyabzallari), yosh va jins belgisi (erkaklar, ayollar, o„g„il bolalar, qizlar, 
bolalar),  ishlatilish  tarzi  (boshqa  poyabzallar  ustidan  kiyiladigan  va  faqat 
oyoqqa  kiyiladigan),  ustki  qismining  materiali  (yaxlit  rezinali,  rezina-
to„qimali),  rangi  (qora,  oq),  ishlab  chiqarish  usuli  (yelimlash,  qoliplash, 
shakl  berish.  bosim  ostida  quyish  va  polivinilxlorid  (PVX)  plastizolidan 
quyish),  pardozi  (loklangan,  xira,  jiyakli,  qaytarilgan,  yarim  duxobadan 
qilingan  mag„izli),  turlari  (kalishlar,  etiklar,  etikchalar,  yarim  etikchalar, 
botinkalar,  yarim  botinkalar,  tuflilar),  fasoni,  o„lchami  hamda 
poshnasining balandligi (past - 25 mm. gacha, o„rta - 26-40 mm va baland 
- 45 mm. dan ortiq). 
Kalishlar  balandligi  bo„yicha  past,  yarim  baland  (yarim  botlar)  va 
baland  (botlar)  bo„ladi.  Past  poyabzallar  charm  poyabzallarining  ustidan 
kiyiladi.  Tuzilishi  bo„yicha  ular  tilchali  va  tilchasiz,  karkasi  bo„yicha 
oddiy (patli astar, karkasi me‟yor qalinlikda) va yengillashtirilgan (patsiz, 
karkasi yengillashtirilgan) bo„ladi. 

293 
 
Etiklar  yelimlash  va  qoliplash  usullarida  yaxlit  rezinadan, 
loklanmagan,  qora  rangda,  past  poshnada  erkak  va  ayollar  uchun  ishlab 
chiqariladi.  Astari  rezina  shimdirilgan  gazlama,  lastikli  paypoq  va  patli 
gazlamadan tayyorlanadi. 
Etikchalar  va  yarim  etikchalar  odatda,  yaxlit  rezinali,  loklangan, 
asosan,  yelimlash  hamda  kamroq  qoliplash  uslublarida  xom  rezina 
aralashmasi va polivinilxlorid plastikalaridan tayyorlanadi. 
Botiklar  barcha  yosh  va  jinsdagi  guruhlar  uchun  ishlab  chiqariladi. 
Erkaklar,  o„g„il  bolalarning  botiklari  ko„proq  ustki  qismi  jun  gazla-
malaridan,  jiyakli,  jiyaksiz,  odatda,  «molniya»  ilmoqli  yoki  metall  to„qali 
qilib ishlab chiqariladi. 
Botinkalar  shakllangan  qoplama  poshnali  bo„ladi.  Erkaklar  va 
bolalar  botinkalarining  ustki  qismi  to„qimachilik  materiallaridan, 
ayollarniki to„qimachilik materiallari hamda yaxlit rezinadan tayyorlanadi. 
Botinkalarning  fasonlari  xilma-xil  (shnurli,  «molniya»  ilmoqli,  to„qali, 
belbandli) bo„ladi. 
Yarim  botinka  va  tuflilar  ko„proq  ayollar  poyabzallarining 
assortimentiga  kiradi.  Yaxlit  rezinali  yarim  botinka  va  tuflilar 
chegaralangan miqdorda ishlab chiqariladi. Ular kalishlardan kiyilish usuli 
(to„g„ridan-to„g„ri  oyoqqa  kiyiladi)  va  qoplama  poshnasining  mavjudligi 
bilan farq qiladi. 
Rezina  poyabzallarining  o‗lchamlari  ikki  tizimda  belgilanadi: 
shtixmassali  (1  shtix  =  6,67  mm)  va  shartli.  Shtixmassali  tizim  oyoqqa 
to„g„ridan-to„g„ri  kiyiladigan  poyabzallar  uchun  qo„llaniladi.  Bu  tizim 
bo„yicha  poyabzal  raqamlari  (nomer)  quyidagicha  bo„ladi:  erkaklar  -  39-
47, ayollar 34-41, qizlar 31-33, bolalar 20 dan 30 gacha. Shartli raqamlash 
tizimi  charm  va  jundan  tayyorlangan  poyabzallar  ustidan  kiyiladigan 
rezina poyabzallarini belgilashda qo„llaniladi (0,1,2,3,4..., 17). 
Rezina  poyabzallarining  sifatini  baholash  va  navlash.  Rezina 
poyabzallarining  sifati  ularning  iste‟mol  xususiyatlari  yig„indisi  bilan 
aniqlanadi  va  xomashyosi,  tuzilishi,  texnologik  operatsiyalarning  aniq 
bajarilishi, tamg„alash, tashish va saqlash qoidalariga bog„liq. Poyabzallar 
tashqi  ko„rinishining  ko„rsatkichlari  bo„yicha  tasdiqlangan  namuna-

294 
 
etalonga  mos kelishi kerak. Ular rangi, pardozi, shakli, qalinligi va yarim 
juftidagi bir xil qismlarining joylashishi hamda suv o„tkazmasligi bo„yicha 
o„xshash  bo„lishi  zarur.  Lok  plyonkasi  quruq,  yopishmaydigan,  bir  xil, 
yaltiroq, poyabzalning usti rezina qoldig„isiz va oltingugurt izlaridan toza 
bo„lishi lozim. 
 
Q i s q a   x u l o s a l a r  
Charm-poyabzal  ishlab  chiqarish  respublikamiz  yengil  sanoatining 
asosiy  tarmoqlaridan  biri  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  u  yirik 
mexanizatsiyalashgan  tarmoq  bo„lib,  ilg„or  texnologiya  asosida  faoliyat 
ko„rsatmoqda. Poyabzal ishlab chiqarish yildan-yilga ko„paymoqda, sifati 
esa  yanada  yaxshilanmoqda.  Poyabzal  iste‟molchining  ma‟lum  bir 
ehtiyojini qondirish, ya‟ni kishi oyog„ini har xil ta‟sirlardan saqlash uchun 
xizmat  qiladi  va  kiyim-kechak  ansambliga  kiradi.  Shuning  uchun 
poyabzallarga  ko„plab  talablar  qo„yiladi,  ularning  ichida  funksional, 
pishiq-puxtalik, estetik va texnik-iqtisodiy talablar asosiy o„rinni egallaydi. 
Poyabzallar asosiy, birlamchi, xomashyolari bo„yicha charm, rezina 
va 
jundan 
bosib 
tayyorlangan 
poyabzallarga 
bolinadi. 
Charm 
poyabzallarga yuza qismi tabiiy va sun‟iy charmdan hamda to„qimachilik 
materiallari  (gazlama,  trikotaj,  noto„qima  materiallar)dan  tayyorlangan 
poyabzallar kiradi. 
Charm poyabzallari ishlab chiqarish jarayoni ularning assortimenti 
va sifatini belgilashda muhim omil bo„lib hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi 
operatsiyalardan  iborat:  modellarini  loyihalash,  materiallarni  bichish, 
tikish va poyabzalni so„nggi pardozlash. Poyabzallar assortimentini ishlab 
chiqish  va  yangilash  loyihalash  davrida,  sifatini  shakllantirish  esa  ishlab 
chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. 
Rezina  poyabzallariga  yaxlit  rezina  hamda  rezinali  yoki  rezinasiz 
to„qimachilik  materiallari  va  plastmassadan  tayyorlangan  poyabzallar 
kiradi.  Ularning  tag  qismi  doimo  rezinadan  tayyorlanadi.  Rezina 
poyabzallari  odatda  ko„proq  noqulay  (namlik,  ifloslik)  sharoitlarda 
ishlatiladi,  shu  bilan  birga  oyoqdan  tashqari,  boshqa  poyabzallarning 
ustidan ham kiyiladi. 

295 
 
N a z o r a t   v a   m u h o k a m a   u c h u n   s a v o l l a r  
1.Charm-poyabzal ishlab chiqarish asoslarini tushuntiring. 
2.Poyabzallarga qo„yiladigan talablarni sanang va tushuntiring.  
3.Funksional talablar nima? 
4.Estetik va texnik-iqtisodiy talablarni izohlang. 
5.Poyabzallar asosiy xomashyolarini ayting. 
6.Charmlar turlarini aytib bering. 
7.Charm poyabzallari ishlab chiqarish jarayonini izohlang. 
8.Modellarini loyihalash tartibi qanday? 
9.Poyabzallar assortimentini nimalardan iborat? 
10.Rezina poyabzallariga nimalar kiradi? 
11.Rezina poyabzallar qanday sharoitlarda ishlatiladi? 

296 
 
IZOHLI  LUG‗ATLAR 
 
Aliflar.  Alif  yog„och  buyumlarining  yuzasiga  yopishqoqligini 
oshirish  maqsadida  bo„yashdan  oldin  surtiladi  va  yog„li  bo„yoqlarni 
eritishda foydalaniladi. 
Alkogolli  ichimliklar  deb  tarkibida  etil  spirti  bo„lgan 
ichimliklarga aytiladi. Aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum va meva 
rezavorlardan tayyorlangan vinolar, konyak alkogolli ichimliklardir.  
Asal  engil  hazm  bo„luvchi  shakarlardan,  ya‟ni  glyukoza  bilan 
fruktozadan iborat bo„lib, ularning miqdori asalda 65 dan 80% gacha 
bo„ladi.  Bundan  tashqari  asal  tarkibida  15  -  25%  suv,  organiq 
kislotalar (olma kislotasi, vino kislotasi, limon, sut, shovul kislotasi), 
oz  miqdorda  oqsil,  vitaminlar,  xushbo„y  va  bo„yoq  moddalari  bor. 
Asal  yuqori  kaloriyali  oziq-ovqat  bo„lib,  u  organizmda  to„la  hazm 
bo„ladi.  Uning  shifobaxsh  xususiyati  ham  bor,  ya‟ni  ichaklarning 
ishini  yaxshilaydi,  asablarni  mustahkamlaydi,  yurak  muskullarining 
faoliyatini oshiradi. 
Assortiment- bu iste‟mol, savdo yoki ishlab chiqarishdagi aniq 
bir belgilariga mos holda birlashtirilgan har xil ko„rinishdagi, turdagi 
tovarlarning  majmuasidir.  Assortiment  tovarni  tavsiflovchi  muhim 
ko„rsatkichlardan  biri  hisoblanadi.  Sanoat  va  savdo  assortimentlari 
farqlanadi. 
Assortiment  tarkibi-  bu    tovar  aylanuvidagi  tovar  guruhlari, 
kichik  guruhlari,  turlari,  xilma  xilliklari  o„rtasidagi  sonli 
mutanosiblikdir.  Masalan,  poyafzalda  qaysi  o„lchamdagi  tovar 
qanchadan  ekanligini  ko„rsatuvchi  ko„rsatkich  assortiment  tarkibini 
tashkil etadi. 
 

297 
 
Attorlik tovarlari assortimenti xilma-xilligi bilan ajralib turadi. 
Shuning  uchun  ham  ularga  nisbatan  kompleks  talablar  qo„yiladi, 
chunki  ular  chiroyli,  ishlatishda  qulay  va  gigiyenik  bo„lishi  kerak. 
Masalan,  pardabop  matolar  tuzilishi,  rangi  hamda  rasmi  bo„yicha 
zamonaviy  interyerga  mos  kelishi  zarur.  Undan  tashqari,  pishiq-
puxtalik  va  ishlatilish  jarayonidagi  qulayligi  kabi  xususiyatlari  (kam 
ifloslanishi,  oson  tozalanishi,  dazmollash  va  yuvish  uchun  kam  vaqi 
sarflanishi va boshq.) ham muhim ahamiyatga ega. 
Avtol  (yunon.  o„zi+lot.  moy).  Bu  moy  motor  moylaridan 
hisoblanib, karbyuratorli dvigatellar uchun ishlatiladi. 
Avtomatlashtirish  va  qo‗ng‗iroq  chalish  asboblari.  Uy 
ishlarini avtomatlashtirish uchun turli dasturli moslamalar, taymer va 
chiroqlar marjonini o„chirib-yoqib turuvchi moslamalar mavjud. 
Baliq  go‗shti  tarkibida  oqsil,  yog„,  mineral  moddalar,  A,  D 
vitaminlari  va  boshqa  moddalar  bor.  Oqsil  ayniqsa  muhimdir.  Oqsil 
baliq go„shtidagi moddalarning 21% ini tashkil etadi, ahamiyatsizroq 
oqsil 
moddalari  juda  ham  kam,  ular  faqat  biriktiruvchi 
to„qimalardagina mavjud.  
Baliq  turlari-  O„zbekiston  suv  havzalarida  turli  xil  oilalarga 
mansub  baliqlar  yashaydi,  ularning  250  ga  yaqin  turi  ovlanadigan 
baliqlardir.  Ular  ichida  boshqa  mamlakatlarning  suv  havzalarida 
kamdan-kam  uchraydigan  g„oyat  qimmatli  turlar  ham  mavjuddir. 
Baliqlarning  oilalari  bir-birlaridan  turli  xil  tashqi  belgilariga,  tana 
tuzilishi  va  yashash  yo„siniga  qarab  farq  qiladi.  Tashqi  belgilaridan 
eng  muhimlari  tana  va  bosh  shakli,  suzgich  qanotlarining  soni  va 
ularning joylanishi, tangachalarining turi, katta-kichikligi va rangidan 
iborat.  Baliqlar  tirik  holda  sovutilib,  muzlatilib,  tuzlab,  ziravorlar 
solib, sirkalab, dudlab, koklab, ikra baliq mahsulotlari, konserva qilib 
savdoga chiqariladi.  

298 
 
Bankali  baliq  konservalari  issiqlik  ishlovi  berilishiga  qarab, 
sterilizatsiya  qilingan  va  sterilizatsiya  qilinmagan  konservalarga 
bo„linadi. Konservalar baliqqa qanday usulda ishlov berilganligiga va 
qo„llaniladigan sardagiga qarab, o„z sokida tayyorlangan konservalar, 
tomat  sousida  tayyorlangan  konservalar  va  moy  solib  tayyorlangan 
konservalar, tayyor ovqatlik darajasiga qarab esa gazakbop va tabiiy 
konservalarga  bo„linadi.  Gazakbop  konservalar  ovqat  o„rnida 
iste‟mol  qilishga  tayyor  mahsulot  bo„lib,  ularga  qo„shimcha  ishlov 
berilmaydi.  Tomat  sousli  konservalar,  moyli  konservalar,  baliq 
pashtetlari ana shunday baliq konservalaridir.  
Bezak  (zargarlik)  attorlik  buyumlari.  Bezak  buyumlari 
zargarlik  tovarlaridan  qimmatbaho  bo„lmagan  metall  va  ularning 
qotishmalaridan  ishlab  chiqarilishi  bilan  farq  qiladi.  Buyumlarning 
sirti  oltin  yoki  kumush  bilan  qoplanadi  yoki  ularga  o„xshatib  ishlov 
beriladi. 
Веnzin.  Bu  yengil  uglevodorodlar  aralashmasidan  iborat, 
uchqundan  alangalanadigan  yonilg„idir.  Benzin  O„zbekistonda 
Oltiariq, Farg„ona va Qorovulbozor (Buxoro viloyati, Kogon tumani) 
neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi. 
Bo‗yoqlar.  Parda  hosil  qiluvchi  moddalar  va  bo„yoq  kukuni 
(pigmentlar) aralashmasini erituvchi moddalarda eritib olinadi. 
Bosh  kiyimlar  va  ro‗mol-bo‗yinbog‗  buyumlarilariga  ham 
ustki kiyimlarniki kabi talablar qo„yiladi. Ularning assortimenti juda 
xilma-xil  va  bularga  quyidagilar  kiradi:  telpaklar,  shlyapalar, 
shlemlar,  shapkalar,  kepkalar  (koziryokli  yumshoq  bosh  kiyimi), 
do„ppilar,  beretlar,  quloqchinli  qalpoq  (kapor)lar,  feskalar  (hoji 
do„ppi-po„pakli) va boshqalar. Ular  erkaklar, ayollar,  bolalar uchun, 
qishki,  yozgi,  mavsumiy,  qattiq,  yarim  qattiq  va  yumshoq,  turli 
material bo„lishi mumkin. Har kuni kiyish, bezakli, ko„chalik, turizm 
yoki dam olish uchun ishlatiladi. 

299 
 
Charm  attorlik  buyumlari  guruhidagi  attorlik  buyumlariga 
materiali,  fasoni,  turlari,  ishlatilishi,  pardozi  va  boshqa  belgilari 
bo„yicha bir-biridan farq qiluvchi xilma-xil assortimentdagi buyumlar 
kiradi.  Charm  attorlik  buyumlari  tayyorlash  uchun  ishlatiladigan 
materiallar  asosiy  va  yordamchi  turlarga  bo„linadi.  Asosiy 
materiallarga  tabiiy,  sun‟iy  hamda  sintetik  charmlar,  gazlamalar, 
polimerli plyonkalar, kartonlar va boshqalar kiradi. 
Charm  poyabzallari  ishlab  chiqarish  jarayoni  ularning 
assortimenti  va  sifatini  belgilashda  muhim  omil  bo„lib  hisoblanadi. 
Bu  jarayon  quyidagi  operatsiyalardan  iborat:  modellarini  loyihalash, 
materiallarni  bichish,  tikish  va  poyabzalni  so„nggi  pardozlash. 
Poyabzallar  assortimentini  ishlab  chiqish  va  yangilash  loyihalash 
davrida,  sifatini  shakllantirish  esa  ishlab  chiqarish  jarayonining 
barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. 
Charm-poyabzal  ishlab  chiqarish  respublikamiz  yengil 
sanoatining  asosiy  tarmoqlaridan  biri  hisoblanadi.  Hozirgi  kunda  u 
yirik mexanizatsiyalashgan tarmoq bo„lib, ilg„or texnologiya asosida 
faoliyat  ko„rsatmoqda.  Poyabzal  ishlab  chiqarish  yildan-yilga 
ko„paymoqda,  sifati  esa  yanada  yaxshilanmoqda.  Poyabzal 
iste‟molchining ma‟lum bir ehtiyojini qondirish, ya‟ni kishi oyog„ini 
har  xil  ta‟sirlardan  saqlash  uchun  xizmat  qiladi  va  kiyim-kechak 
ansambliga  kiradi.  Shuning  uchun  poyabzallarga  ko„plab  talablar 
qo„yiladi,  ularning  ichida  funksional,  pishiq-puxtalik,  estetik  va 
texnik-iqtisodiy talablar asosiy o„rinni egallaydi. 
Chekish  anjomlari.  Chekish  anjomlariga  sigaret  qutilari, 
kuldonlar  va  boshqalar  kiradi.  Ular  alumin  va  uning  qotishmalari, 
po„lat, latun hamda melxiordan tayyorlanadi. 
Cho‗tka buyumlariga kiyim, poyabzal, bosh, tualet, sanitariya-
gigiyenik,  kosmetik  va  tish  cho„tkalari  hamda  soqol  olish  uchun 
kichik cho„tkalar tegishlidir. 

300 
 
Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling