A. N. Samadov, O. S. Jumanov


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/31
Sana25.05.2020
Hajmi1.9 Mb.
#109779
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31
Bog'liq
Tovarlar ekspertizasi darslik


SFD  plastmassasi.  Bu  plastmassa  poliformaldegid  (CH
2
O)n  va 
dioksolan  bilan  qo„shma  polimerizatsiyasi  natijasida  olinib,  yonmasligi 
hamda 200°C haroratga bardosh bera olganligi uchun zanjirsimon molniya 
yopqichlari va elektr ustara qobig„i ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
 
1 1 . 3 .   P o l i k o n d e n s a t s i o n   q a t r o n l a r   a s o s i d a    
o l i n a d i g a n   p l a s t m a s s a l a r  
 
Polikondensatsiya  deb,  to„yingan  turli  uglevodorodlarni  birikishi 
natijasida  yuqori  molekulali  organik  modda  (polimer)  va  qo„shimcha 
moddalar, 
masalan, 
suv 
hosil 
bo„lish 
reaksiyasiga 
aytiladi. 
Polikondensatsion plastmassalar sakkiz guruhga bo„linadi: 
Fenoplastlar.  Bular  fenol  (C
6
H
5
OH)  va  formaldegidni  (CH
2
O) 
qo„shma  polimerizatsiyasi  natijasida  olinadi.  Fenoplastlar  yonmaydi, 
ammo  issiqlik  ta‟sirida  zaharli  fenol  chiqaradi.  Xalq  xo„jaligida  ikki  xil 
holatda ishlatiladi: 

177 
 
1.Karbolit.  Fenoformaidegid  qatroniga  bo„r  va  tuyilgan  yog„och 
massasi qo„shib olinadi. Bundan akkurnulyatorlar idishi ishlab chiqariladi. 
2.Getinaks. 
Qog„oz  varaqlarini  fenolformaldegid  qatroniga 
shimdirish  yo„li  bilan  olinadi  va  texnik  murakkab  tovarlarning  ba‟zi 
qismlari uchun ishlatiladi. 
Aminoplastlar. Bular melamin (CN-NH
2
)
3
 va formaldegidni qo„shma 
polimerizatsiyasi  natijasida  hosil  qilinadi.  Yonmaydigan  va  bezarar 
plastmassa  bo„lib,  uni  ishlab  chiqarishni  o„tgan  asrning  20-yillarida 
jahonda birinchi bor avstriyalik kimyogar F. Pollak yo„lga qo„ygan. Tovar 
ishlab chiqarishda uch xil shaklda qo„llaniladi. 
1. Melalit. Melaminoformaldegid qatroniga bo„r va tuyilgan yog„och 
massasi  qo„shib  olinadi.  Undan  umumovqatlanish  korxonalari  uchun 
idishlar ishlab chiqariladi. 
2. Yupqa  qatlam  (shpon).  Qog„ozga  melaminoformaldegid  yoki 
mochevinoformaldegid  qatroni  shimdirilib  olinadi.  Yog„och-payraha 
taxtalar  (DSP)  ustini  qoplash  uchun  ishlatilgani  sababli,  qog„oz  qatlamli 
bezash plastikasi nomi bilan yuritiladi. 
3. Mipora.  Melaminoformaldegid  yoki  mochevi  no-formal  degid 
qatronini  ko„pirtirish  natijasida  olinib,  qurilishda  issiqlikni  saqlaydigan 
(termoizolatsion) qatlam sifatida ishlatiladi. 
Poliamidlar. 
HN 
(CH
2
)
5
CO
n

Aminokarbon 
kislotalarini 
polikondensatsiya  qilish  yo„li  bilan  olinib,  boshqa  plastmassalardan 
pishiqligi  va  chirishga  chidamliligi  bilan  farq  qiladi.  Yonadi,  ammo 
alangadan  tashqari  chiqarilsa  o„chadi.  Issiqligida  ip  bo„lib  cho„ziladi. 
Poliamidlar, asosan, «Navoiyazot» birlashmasida ishlab chiqariladi. Tovar 
ishlab chiqarishda uch xil shaklda ishlatiladi. 
1. Kapralon  ipi.  Kiyim  cho„tkalarning  qilini  tayyorlash  uchun 
foydalaniladi. 
2. Karbamid  plyonkasi.  Qaynatib  pishirilgan  qazi  (kolbasa)  va 
dudlangan pishloqlar upakovkasi uchun ishlatiladi. 
3. Kapron  tolasi.  Xotin-qizlar  paypog„i,  avtomashina  pokrishkasi  va 
baliq ovlash turlari ishlab chiqarishda qo„llaniladi, 
Efiroplastlar  (R-O-R
1
)n.  Organik  kislotalar  va  ko„p  atomli  spirtlar 

178 
 
eterifikatsiyasi  (yunon.  efir  hosil  qilish)  natijasida  olinib,  tovar  ishlab 
chiqarishda to„rt xil holatda ishlatiladi. 
1. Lavsan  plyonkasi.  Dimetiltereftalai  va  etilenglikol  qatronlarini 
cierifikatsiyalash  yo„li  bilan  olinib,  pishiq  hamda  tiniqligi  uchun  parda 
shaklida  magnitofon  lentasi  ishlab  chiqarishda  va  go„shtni  o„rashda 
foydalaniladi.  Lavsan  so„zi  sobiq  ittifoq  fanlar  akademiyasining  yuqori 
molekulali birikmalar laboratoriyasi nomidan kelib chiqqan. 
2. Lavsan  tolasi.  Yaxshi  dazmollanishi  va  dazmolni  uzoq  vaqt 
saqlashi uchun junga qo„shib gazlama to„qishda qo„llaniladi. 
3. Shisha  shifer.  Shisha  tolalarini  glitserin  va  malein  kislotasini 
polikondensatsiya  qilish  natijasida  hosil  bo„lgan  qatron  bilan  shimdirib 
olinadi.  U  sarg„ish  rangli  tiniq  shifer  bo„lib,  yozgi  binolarning  tomini 
yopishda ishlatiladi. 
4. SVAM  (shisha  tola  anizotrop  material)  plastmassasi.  Shisha 
tolalarini turli murakkab efirlar bilan shimdirish natijasida olingan bo„lib, 
quyma stullar ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 
Poliuretanlar 
(R-HN-COO-R)n. 
Geksametilendlizotsian 
va 
butilenglikol qatronlarini polikondensatsiya qilib olinadi. Yuqori haroratda 
zaharli  sian  moddasi  chiqishi  sababli  tovar  ishlab  chiqarishda  faqat  ikki 
shaklda qo„llaniladi. 
1. Porolon.  Poliuretan  qatronini  ko„piklashtirib  olinadi.  Yumshoq 
mebellar va jersi paltolarining astari uchun ishlatiladi. 
2. Poliefirouretan.  IK  nomli  sun‟iy  charm  sirtiga  shimdirish  uchun 
foydalaniladi. 
Mikanit.  Slyudani  gliftal  va  pentaftal  qatroniga  botirib  olish 
natijasida  olinib,  texnik  murakkab  tovarlarning  ba‟zi  qismlari  uchun 
ishlaliladi. 
Diflon.  Bisfenolpropan  va  fosgenni  polikondensatsiya  qilib  olinadi. 
Sarg„ish rangli, tiniq, issiqqa chidamli, tutab yonadigan plastmassa. Yengil 
zararsizlantirilish (dezinfeksiya bo„lish) qobiliyatiga ega bo„lganligi uchun 
undan  kasalxonalar  va  havo  yo„Li  transportida  ishlatiladigan  idishlar 
ishlab chiqariladi. 
Polivinilbutiral. Polivinil spirti va yog„ aldegidini polikondensatsiya 

179 
 
qilib olinadi. Tosh tekkanda parchalanmaydigan avtomashina oynalarining 
o„rta qatlami uchun ishlatiladi. 
 
1 1 .4 . T a r ki b i   o ‗zg a r ti r i l g a n  ta b i i y  p o l i me r l a r d a n    
o l i n g a n   p l a s t m a s s a l a r  
 
Bunday plastmassalar tabiiy yuqori molekulali organik moddalardan 
tarkibini  ba‟zi  moddalar  ta‟sirida  o„zgartirib  (modi-fikatsiyalab)  olinadi. 
Ular ikki guruhga bo„linadi. 
Proteinoplastlar.  Bular  oqsil  (protein)  moddalaridan  olinib,  tovar 
ishlab  chiqarishda,  asosan,  galalit  nomli  turi  ishlatiladi.  U  kazeindan  (sut 
mahsulotlarining  qoldiqlaridan)  mochevina  (karbamid)  va  dimetilanilin 
yoki  difenilamin  ta‟sirida  olinadi.  Kazeinda  bo„yoqlar  turli  kattalikdagi 
kolloid  zarrachalari  shaklida  eriganligi  tufayli  har  xil  tovlanadigan 
plastmassalar  tayyorlanadi.  Galalitdan,  asosan,  sadaf,  kahrabo  va  fil 
suyagiga  o„xshash  tugmalar  ishlab  chiqariladi.  Bu  plastmassaning 
kamchiligi issiqlikka chidamsizligidir. 
Efiroselluloza  plastmassalari.  Bular  sellulozaga  (C
6
H
10
O
5
)n  turli 
kimyoviy  moddalar  ta‟sir  ettirish  natijasida  olinadi.  Tovar  ishlab 
chiqarishda ularni olti turi ishlatiladi. 
1. Selluloid.  Sellulozadan  azot  kislotasi  (HNO
3
)  ta‟sirida  olinib, 
puflash usulida bolalar uchun shaqildoqlari ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 
Tez alangalanib yonishi sababli ishlatilishi chegaralangan. 
2. Triatsetat plyonkasi. Sellulozaga sirka kislotasi (CH
3
COOH) ta‟sir 
ettirib  olinadi.  Tiniq  va  pishiqligi  uchun  kinofotoplyonkalar  va 
ultrabinafsha  nurlarini  o„tkazish  qobiliyatiga  egaligi  sababli  issiqxonalar 
ustini yopish uchun plyonka ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
3. Atsetat tolasi. Triatsetat qatronidan olinib trikotaj buyumlar ishlab 
chiqarishda qo„llaniladi. Uning salbiy xususiyati - issiq suvda ilrishishidir. 
4. Sellofan  plyonkasi.  Sellulozadan  natriy  ishqori  (NaOH)  va 
serouglerod  (CS
2
)  ta‟sirida  olinib,  tiniqligi  uchun  gullarni  o„rashda 
ishlatiladi. Ammo u namga chidamsiz va qog„ozday yonadi. 
5. Viskoza tolasi. Bu sellulozani ksantogenatidan ROC(SH)=S olinib, 

180 
 
gazlama  to„qishda  ishlatiladi.  Viskoza  gazlamasi  tabiiy  ipakdan 
yaltiroqligi, qog„ozday yonishi va namga chidamsizligi bilan farq qiladi. 
6. Etrol. Sellulozani triatsetati asosida bo„r, pigment (bo„yoq kukuni) 
va  to„yingan  yog„och  massalari  qo„shib  olinadi.  Yonmaydigan  va  yaxshi 
silliqlanadigan bo„lganligi  sababli,  avtomashinani  nil  chambaragi,  telefon 
apparatining  qobig„i  (ust  qismi)  ko„zoynak  gаrdishi  va  avtoruchkalar 
ishlab  chiqarishda  ishlatiladi.  Etrol  so„zi  keng  ishlatiladigan  sohalar 
(elektro-teleradio) nomlarining bosh harflaridan kelib chiqqan. 
Plastmassa  tovarlarining  assortimenti.  Plastmassadan  turli 
xo„jalik, attorlik va madaniy tovarlar ishlab chiqariladi. 
Xo„jalik  tovarlari  ishlatilishi  bo„yicha  idishlar  (qo„ralar,  ko„zalar, 
non  idishi,  patnislar,  tuzdon,  elektrsovitkich  idishlari,  vannaxona  va 
liojatxona buyumlari (kir savatlari, sochiq ilgagi, elektr hisoblagichlar bog„ 
va  poliz  anjomlari  (gulchelaklar,  asboblar  qutisi)  hamda  uy  jihozlariga 
(gultuvaklar, suyanchiqsiz kursilar, parda dorlari) bo„linadi. 
Plastmassadan attorlik buyumlari taroqlar, tugmalar, turli bezaklar va 
pardoz-andoz  buyumlari,  turli  o„ymchoqlar,  gullar,  devonxona  hamda 
fotografiya  buyumlari  kabi  madaniy  tovarlar  ham  ishlab  chiqariladi. 
Tovarlar  ishlab  chiqarishda  ularni  bezararligi  va  yong„inga  xavfsizligiga 
e‟tibor  beriladi.  Fenoplastlardan  oziq-ovqat  uchun  ishlatiladigan  idishlar 
ishlab  chiqarish  taqiqlanadi.  Ulardan  ajralib  chiqadigan  fenol  va 
formaldegid insonning asab tizimiga salbiy ta‟sir qiladi. Aminoplastlardan 
faqat  sovuq  holatda  iste‟mol  qilinadigan  oziq-ovqat  uchun  ishlatiladigan 
idishlar  ishlab  chiqarishga  ruxsat  berilgan.  Poliamidlardan  issiqlikda 
ajralib  chiqadigan  kaprolaktan  tomir  nevrozi  kasalligiga  yoliqtirishi  va 
jigar  faoliyatiga  salbiy  ta‟sir  „  ko„rsatishi  mumkin.  Polistirol  ham  issiq 
holatda asab tomirlari va jigarga zarar yetkazadigan stirol chiqaradi. Oziq-
ovqat buyumlari uchun ishlatiladigan plastmassalarning sertifikati bo„lishi 
kerak. 
 
Q i s q a   x u l o s a l a r  
Plastmassa  -  plastik  (yunon.  qayishqoq)  va  massa  (lot. 
yumaloqfangan narsa) so„zlarining birikmasidan tashkil topgan. 

181 
 
Polimerizatsiya  deb,  to„yinmagan  past  molekulali  organik 
moddalardan  to„yingan  yuqori  molekulali  organik  moddalar  olish 
jarayoniga  aytiladi.  Polimerizatsion  plastmassalar  tarkibiga  qarab  olti 
guruhga 
bo„linadi: 
poliolifenlar, 
polivinilxlorid, 
polistirol, 
polimetilmetakrilat, teflon va SFD plastmassasi. 
Polietilen  dunyo  bo„yicha  ishlab  chiqarilayotgan  plastmassalarning 
23%ni  tashkil  qiladi.  Rangi  sadafsimon  oq,  ushlab  ko„rganda  oq  mumni 
(parafinni) eslatadi.  
Polivinilxlorid. 
Bu 
dunyoda 
ishlab 
chiqarilayotgan 
plastmassalarning 24%ini tashkil qiladi. Polivinilxlorid yarim tiniq bo„lib, 
tutab yonadi, alangasining pastki qismi yashil rangda. 
Polistirol.  Bu  plastmassa  stirol  va  butadiyenning  qo„shma 
polimerizatsiyasi  natijasida  olinadi.  Dunyoda  ishlab  chiqarilayolgan 
plastmassalar  hajmining  13%ni  tashkil  qiladi.  U  tutab  yonib,  ip  bo„lib 
cho„ziladi. 
Polimetilmetakrilat.  Bu  plastmassa  tiniqligi,  ma‟lum  darajada 
qattiqligi,  chertganda  larangsiz  tovush  chiqarishi  va  tutunsiz  chirsillab 
yonishi  bilan  boshqalardan  farq  qiladi.  Yuqori  tiniqlikka  ega  bo„lganligi 
sababli  xalq  orasida  organik  shisha  deb  ataladi.  Undan  billurga  o„xshash 
qandillar  hamda  non  idishlari,  jadvallar  va  yozuv  stoli  uchun  «oynalar» 
ishlab chiqariladi. 
Teflon.  Bu  plastmassa  yonmasligi,  ishqor  va  kislotalarga  bardosh 
bera  olganligi  uchun  organik  platina  deb  ataladi.  Uni  tovarlarning  ichini 
qoplashda ishlatishadi. 
SFD  plastmassasi.  Bu  plastmassa  poliformaldegid  (CH
2
O)n  va 
dioksolan  bilan  qo„shma  polimerizatsiyasi  natijasida  olinib,  yonmasligi 
hamda 200°C haroratga bardosh bera olganligi uchun zanjirsimon molniya 
yopqichlari va elektr ustara qobig„i ishlab chiqarishda ishlatiladi. 
Poliamidlar.  Aminokarbon  kislotalarini  polikondensatsiya  qilish 
yo„li  bilan  olinib,  boshqa  plastmassalardan  pishiqligi  va  chirishga 
chidamliligi bilan farq qiladi. Yonadi, ammo alangadan tashqari chiqarilsa 
o„chadi. Issiqligida ip bo„lib cho„ziladi. 
 

182 
 
N a z o r a t   v a   m u h o k a m a   u c h u n   s a v o l l a r  
1.  Polimerlash va polikondensatlashning mazmuni nimadan iborat?  
2.  Plastmassalar haqida tushunchalar nimadan iborat?  
3.  Plastmassalarning  metall,  yog„och  va  boshqa  qimmat  resurslarga 
nisbatan afzalliklarini ko„rsating.  
4.  Plastmassalarning asosiy kamchiliklari nimalardan iborat?  
5.  Plastmassalaning tasniflanish tartibi qanday?  
6.  Termoplast  turlari,  ularning  vazifalari,  xossalari,  markalanish 
tartibi qanday?  
7.  To„ldirgichlar, 
plastifikatorlar, 
stabilizatorlar, 
qotirgichlar, 
bo„yoqlar va ularning vazifalarini izohlang.  
8.  Polietilen,  polipropilen,  polivinilxlorid,  polistirol,  ftoroplastlarni, 
ularning asosiy xossalarini ta‟riflang.  
9.  Poliamidlar,  ularning  asosiy  xususiyatlari,  ishlatilish  sohalarini 
tushuntiring.  
10. Polimetilmetakrilat,  Poliformaldegid,  uning  asosiy  xossalarini 
tushuntiring. 
 

183 
 
XII-BOB. MAISHIY KIMYO TOVARLARI  
EKSPERTIZASI
 
 
1 2 .1 . Y o q i l g ‗i ,  y o n i l g ‗i  v a  y or i ti s h   ke r o s i n i  
 
Uy-ro„zg„orda  sakkiz  xil  kimyoviy  tovarlar  ishlatiladi:  yoqilg„i, 
yonilg„i  va  yoritish  kerosini,  yog„lash  moylari,  kir  yuvish  vositalari, 
tozalash,  sayqallash  hamda  dog„ni  ketkazish  vositalari,  lok-bo„yoqlar, 
yelimlar, , madaniy o„g„itlar. 
Ko‗mirlar.  O„zbekistonda ko„mir konlari, asosan Angren, Olmaliq, 
Sariosiyo (Sharg„un shahri) va Boysun tumanlarida joylashgan. Ko„mirlar 
issiqlik  berish  quvvati  bo„yicha  har  bir  kilogrammi  yonganda  11,3-18,8 
MJ (megajoul) issiqlik beradigan qo„ng„ir. 19,7-20,5 MJ issiqlik beradigan 
toshko„mir  va  undan  yuqori  miqdorda  issiqlik  beradigan  antratsitlarga 
bo„linadi.  Yirikligi  bo„yicha  50-200  mm.  li  taxta-yirik,  50-100  mm.  li 
yirik,  25-50  mm.  li  yong„oq  kattaligidagi  va  13-50  mm.  li  mayda  aralash 
turlarga  bo„linadi.  Namligi  bo„yicha  15,25-28  va  32-40%li  turlarga 
bo„linadi. Namlik ko„mirlamina issiqlik berishini pasaytiradi. 
Веnzin.  Bu  yengil  uglevodorodlar  (C
5
H
12
-C
10
H
22
)  aralashmasidan 
iborat,  uchqundan  alangalanadigan  yonilg„idir.  Benzin  O„zbekistonda 
Oltlariq,  Farg„ona  va  Qorovulbozor  (Buxoro  viloyati,  Kogon  tumani) 
neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi. 
Benzin  portlash  kuchi  (detonatsiya  qobiliyati)  bo„yicha  72,76  va  93 
oktan  sonli  turlarga  bo„linadi.  Oktan  soni  uni  portlash qobiliyat  bo„yicha 
izooktan  C
8
H
18
  (portlamaydigan)  va  geptan  C
7
H
16 
(portlanuvchi) 
aralashmasining  portlash  kuchiga  tengligini  ko„rsatadi.  76  va  93  markali 
benzinlami  portlash  kuchini  pasaytirish  uchun  tetraetilqo„rg„oshinning 
Rb(C
2
H
5
)
4
 bromli etildagi C
2
H
5
Br eritmasi ishlatiladi. 
Solyarka.  Bu  havoning  siqilishi  natijasida  harorat  500-600°C  ga 
ko„tarilganda  yonadigan  dizel  yonilg„idir.  Sifati  setan  soni  bilan 
aniqlanadi.  Bu  son  solyarkani  alangalanish  qobiliyatini  ko„rsatib  setan 
CH
3
(CH
2
)
14
CH
3
  va  metilnaftalin  CH
3
C
10
H
8
  aralashmasini  alangalanish 
quvvatiga teng bo„ladi. Traktorlar uchun setan soni 40-45 bo„lgan solyarka 

184 
 
ishlatiladi. 
Yoritish 
kerosini. 
Molekulasi 
o„rta 
uzunlikda 
bo„lgan 
uglevodorodlardan  (C
10
H
22
-C
17
H
36
)  tashkil  topgan  yoritish  suyuqligidir. 
Tutunsiz alangasining balandligi bo„yicha  mm hisobida kerosin K-20, K-
22, K-25 va K-30 markalarga bo„linadi. 
 
1 2 .2 . Y o g ‗l a s h   mo y l a r i  
 
Yog„lash  moylari  neftdan  yonilg„ilar  olingandan  keyin  qolgan 
mazutdan  olinib,  harakatlanuvchi  metall  qismlarning  ishqalanish 
koeffitsiyentini kamaytiradi va ularni yeyilishdan saqlash uchun ishlatiladi. 
Yog„lash moylari ishlatilishi bo„yicha to„rt guruhga bo„linadi. 
Tikuv  mashinasi  moyi.  Bu  moy  sanoat  (industrial)  moylaridan  biri 
bo„lib, mazutni haydashda olinadigan boshlang„ich suyuq moydir. 
Avtol (yunon. o„zi+lot. moy). Bu moy motor moylaridan hisoblanib, 
karbyuratorli  dvigatellar  uchun  ishlatiladi.  Quyuqligi  bo„yicha  yozgi 
(qovushqoqligi  16-20  mm
2
/s)  va  qishki  (qovushqoqligi  10-14  mm
2
/s) 
turlarga bo„linadi (Suvning qovushqoqligi 1 mm
2
/s). 
Nigrol  (lot.  qora).  Bu  moy  transmission  (lot.  о‗tkazish)  moylaridan 
biri, 
mashina 
va 
uskunalardagi 
harakatni 
dvigateldan 
ishchi 
mexanizmlarga o„tkazib beruvchi qismlar g„ijirlamasligi uchun ishlatiladi. 
Quyuq  (konsistent)  moylar.  Bular  o„z  ichida  ishlatilishi  bo„yicha 
olti guruhga bo„linadi: 
1. Vazelin  (nem.  suv  va  yunon.  zaytun  moyi).  Mazutni  haydashda 
keyingi  fraksiyalaridan  (fran.  qismlar)  olingan  moylarga  parafin  (oq 
mum)  va  serezin  qo„shib  tayyorlanadi.    Metall  buyumlarni  tashishda 
zanglashdan saqlash uchun ularning ustiga surtiladi. 
2. Solidol (lot. zich). Mazutning oxirgi fraksiyalariga sovun qo„shib 
olinadi. Velosipedning zanjirli uzatmasi uchun ishlatiladi. Uining yaxshi 
xususiyati  -  velosipedni  haydaganda  erib,  to„xtaganda  oqib  ketmasdan 
qotib qolishida. 
3. Arava moyi. Bu moy mazutning o„ziga sovun qo„shib olinadi. 
4. Yuft  poyabzal  moyi.  Mazutning  oxirgi  fraksiyalariga  parafin, 

185 
 
ko„mir qatroni va yog„ qoldiqlari qo„shib olinadi. Poyabzalga surtganda 
uni suv hamda nam o„tkazmaydigan qiladi. 
5. Gutalin  (etik  moyi).  Neft  va  neft  mahsulotlarini  tozalashda 
olinadigan 
yuqori 
molekulali 
(C
18
H
38
-C
35
H
72

parafin 
hamda 
serezinlarga pigmentlar (bo„yoqlar kukuni) qo„shib olinadi. 
6. Pol  bo„yoq  (mastika).  Gutalinga  kanifol  (ignabargli  daraxtlar 
shirasi) va skipidar qo„shib hosil qilinadi. 
 
1 2 . 3 . Y e l i m l a r  
 
Yelim  buyum  qismlarini  bir-biriga  yopishtirish  uchun  ishlatiladi. 
Uning adgezion (lot.  yopishqoqlik) xususiyati 0,5 nm (nanometr) oraliqda 
joylashgan  molekulalarning dispersion, induksion va elektrostatik kuchlar 
tufayli  o„zaro  tortish  kuchlariga  asoslangan.  Tutinish  yuzasini  oshirish 
uchun  yelimlanadigan  buyumlar  yuzasi  egov  bilan  g„adir-budir  qilinadi. 
Yelim va yopishtirilayotgan yuzadagi molekulalar bir-biriga yaqinlashishi 
uchun  yelimlangan  qismlar  presslanadi.  Yelimlar  xomashyosi  bo„yicha 
to„rt guruhga ajratiladi. 
Sun‘iy yelimlar ishlatilishi bo„yicha uch guruhchaga bo„linadi: 
1.Rezina  yelimi.  Butadiyen,  divinilstirol,  divinilnitril,  xlorpren  va 
boshqa sintetik kauchuklarni benzinda eritish natijasida olinadi. Velosiped 
kameralarini  yelimlash  uchun  ishlatiladi  (avtomashina  kameralari  issiqlik 
ta‟sirida  kauchukka  oltingugurt  qo„shib  vulkanizatsiyalash  usulida 
yelimlanadi). 
Polixloropren  kauchugini  etilasetat  va  benzin  aralashmasida  eritib, 
poyabzal  sanoatida  charm  tanavori  bilan  rezina  tagcharmini  biriktirish 
ishlatiladigan  nairit  yelimi  olinadi.  Izopren  va  izobutilenning  qo„shma 
polimerizatsiyasi  natijasida  olingan  butilkauchukdan  polivinilxlorid] 
asosida  izolatsion  lenta,  sellofan  hamda  lavsan  asosida  yopishqoq  tiniq 
lentalar tayyorlanadi. 
2.Nitroselluloza yelimi. Sellulozaga azot kislotasi ta‟sir qilib olingan 
kolloksilinning egiluvchanligini oshiradigan plastifikatorlarga (kanakunjut 
moyi,  dibutilftalat,  Kamfora)  qo„shib,  keton  va  murakkabi  efirlarda 

186 
 
(aseton,  etilasetat,  amilasetat,  butilasetat)  eritish  natijasida  tayyorlanadi. 
Poyabzal  ishlab  chiqarish  hamda  ta‟mirlashda  charm  va  gazlamalarni 
yelimlash uchun ishlatiladi. 
3.  O‗simlik  yelimlari.  Gulqog„oz  yelimi  kraxmalni  qaynatish 
natijasida  qisman  parchalanib  hosil  bo„lgan  dekstrindan  olinadi.  Oddiy 
gulqog„ozlarni  yelimlashda  va  kitobni  muqovalashda  ishlatiladi. 
Gulqog„oz  yelimi  tez  buzilmasligi  uchun  mis  kuporosi  va  taxtakanaga 
qarshi  DDT  (dixlordifeniltrixlormetilmetan)  qo„shiladi.  Toza  dekstrin 
yelimi marka va konvertlarni yelimlashda qo‟llaniladi. 
Hayvonot  olamidan  olingan  yelimlar.  Xomashyosi  bo„yicha  uch 
guruhga bo„linadi: 
1. Mezdra yelimi. Kushxona va charm zavodlarida hosil bo„ladigan 
teri  chiqindilari  va  ularning  ichki  qatlamini  (mezdrasini)  ohak  bilan 
yumshatib  qaynatish  natijasida  glyutin  va  jelatozlarga  parchalangan 
kollagen oqsilidan olinib, duradgorlik ishlarida ishlatiladi. 
2. Suyak 
yelimi. 
Ossein 
oqsilidan 
tarkib 
topgan 
suyak 
kemirchaklariga  osh  tuzi  kislotasi  ta‟sir  qilib  qaynatish  natijasida 
olinadi.  Kitoblarni  muqovalashda  foydalaniladi,  devorga  gul  bosishda 
ishlatiladigan yelimli bo„yoqlar tayyorlanadi. 
3. Kazein  yelimi.  Yog„sizlantirilgan  sutdan  oltingugurt  kislotasi 
ta‟sirida  olinib,  duradgorlik  ishlari,  faner  va  bo„yoq  ishlab  chiqarishda 
qo„llaniladi. 
Sintetik yelimlar. Xomashyosi bo„yicha besh guruhga ajratiladi. 
1. Universal 
ВF. 
Fenoformaldegid 
va 
polivinilbutiral 
qatronlarining  spirtdagi  eritmasi  bo„lib,  metall,  shisha,  chinni  va 
plastmassa  buyumlarini  yelimlashda  (BF-2,  BF-4)  hamda  gazlama, 
charm buyumlarini (BF-6) yelimlashda ishlatiladi. BF-6 yelimi tarkibiga 
yumshatuvchi kamfora va kanifol qo„shilganligi bilan farq qliadi. 
2. PVA.  Polivinilatsetal  qatronidan  olinib,  qog„oz,  charm,  gazlama 
va plastmassalarni yelimlashda foydalaniladi. 
3. Poliuretan.  Izotsianat  va  oligoefirlar  aralashmasidan  olinib, 
universal yelim sifatida hamma yelimlash ishlarida ishlatilishi mumkin. 
4. Karbamid.  Mochevinoforrnaldegid  qatronidan  olinib,  mebel  va 

187 
 
faner ishlab chiqarishda qo„llaniladi. 
5. Epoksid. Difenilolpropan va epixlorgidrin aralashmasidan olinib, 
universal yelimligi tufayli keng tarqalgan. 
Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling