A. N. Samadov, O. S. Jumanov
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
Tovarlar ekspertizasi darslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- Charm poyabzallar sifatini baholash.
- Charm poyabzallarini tamg‗alash, joylash, tashish va saqlash.
- Rezina poyabzallarining assortimenti.
- Rezina poyabzallarining sifatini baholash va navlash.
- N a z o r a t v a m u h o k a m a u c h u n s a v o l l a r
- IZOHLI LUG‗ATLAR Aliflar.
- Avtol
- Bankali baliq konservalari
- Bezak (zargarlik) attorlik buyumlari.
- Bo‗yoqlar.
- Charm attorlik buyumlari
bilan tavsiflanadi. Murakkablilik darajasi bo„yicha ommabop poyabzallar uch toifaga bo„linadi: silliq, pardozli va shaklli bichilgan. Modabop erkaklar poyabzallari birinchi va ikkinchi, ayollar modabop poyabzallari birinchi, ikkinchi va uchinchi murakkablilik toifalarga bo„linadi. Bolalarning bezatilgan poyabzallari faqat shaklli bichimda tayyorlanadi. Etiklar bichilgan va kamroq tortilgan (ustki qismi bir bo„lak charmdan tayyorlangan) holda ishlab chiqariladi. Etikchalar, yarim etikchalar etiklardan qo„njisining balandligi, modelining xilma-xilligi, bezaklari va berkililadigan ilmog„i (zastyojka) bilan farq qiladi. Ular har xil balandlikdagi poshnalarda ishlab chiqariladi. Botinkalar oyoqni pastki boldir qismigacha, yarim botinkalar to„piqqacha yopib turadi. Bichilishi va konstruksiyasining o„ziga xos xususiyatlari bo„yicha turli-tuman bo„lishi mumkin. Ilmog„i esa xilma-xil (shnur, rezinka. pryajka, «molniya» ilmoqli va boshq.). Tufli yarim botinkaga nisbatan ko„proq tanavorining (taxminan uzunligining 2/3 qismi, yarim botinkada uzunligining yarmigacha) ochiqligi bilan farq qiladi. Tuflilar uchun ko„proq murakkab bichimlar, bezakli pardozlar va chiroyli siluetlar xosdir. Tuflilar tanavorining an‟anaviy bichimiga qayiqcha (lodochka) bichimi, yozgi ochiq tumshuqli hamda ochiq o„kchali, pantolet turidagi (qayishsiz ochiq o„kchali), qayishlardan bichilgan va boshqalar kiradi. Sandallar sandal usulida mahkamlangan, astar va pataksiz, mayda, katta-katta teshikli, bir yoki ikki berkitiladigan qayishli hamda poshnasiz poyabzal. Sandaletlar har xil bichimli yozgi yarim botinka, odatda, katta-katta teshikli, rantli, yonbosh va qurama uslublarda mahkamlangan bo„ladi. 290 Sandaletlar erkaklar, ayollar, o„g„il bolalar va maktab yoshidagi bolalar uchun ustki qismi tabiiy charm hamda sun‟iy materiallardan tayyorlanadi. Charm poyabzallar sifatini baholash. Poyabzallar tashqi ko„rinishining ko„rsatkichlari bo„yicha o„rnatilgan tartibda va tasdiqlangan namuna-etalonlarga mos kelishi kerak. Tayyor poyabzallar juft-juft, toza, buklanmagan, tirishmagan, dog„siz, detallari bir xil bo„lishi kerak; juftida zichligi, qalinligi, shakli, o„lchami, rangi va guli bir xil bo„lishi lozim. Poyabzal ashyolari va iplari uning ustki qismi yoki pardozi bilan mos kelishi zarur. Poyabzallar juft-juft holda qabul qilinadi. Sifatini nazorat qilish tikilishining texnik talablar asosida bajarilishi va tashqi ko„rinish nuqsonlarining qismlar o„lchamidan chekkaga chiqishini aniqlash va baholashdan iborat bo„ladi. Poyabzallarning navi eng yomon yarim jufti bo„yicha ko„proq bilinib turadigan nuqsoniga qarab belgilanadi. Ommabop hamda modabop poyabzallar navlarga ajratiladi, yengil va bulg„or poyabzallar esa navlarga ajratilmaydi. Charm poyabzallarini tamg‗alash, joylash, tashish va saqlash. Tamg‗alash. Poyabzalning har bir jufti tamg„alanadi va ularda quyidagi belgilari bo„lishi kerak: ishlab chiqarish korxonasining tovar belgisi, artikuli, o„lchami, to„laligi, ishlab chiqarilgan vaqti, ST (standartli) harfli tamg„a yoki navi, standart raqami yoki texnik shartlar va boshqalar. Poyabzallarning tagcharmi yuzasida to„laligi va narxi, ichki tomonida yuvilmaydigan rangda artikuli, o„lchami, to„laligi, fason va modeli, navi, TNB qabul raqami, chiqarilgan vaqti va standart raqami ko„rsatiladi. Modelli poyabzallarda tovar belgisi oltin va kumush ranglarda belgilanadi. 1-navli poyabzallar diametri 10 mm bo„lgan aylana, 2-navli poyabzallar romb shaklida va standartli poyabzallar «ST» belgisi bilan tamg„alanadi. Joylash. Charm poyabzallari iste‟mol va transport taralariga joylanadi. Iste‟mol taralariga karton qutilar, karton pachkalar, qog„oz va polimerli paketlar; transport taralariga yog„och qutilar, buziladigan ko„p aylanmali va buklamlangan karton qutilar hamda yumshoq taralar kiradi. Poyabzal joylashtirilgan har bir qutining yon tomoniga tovar belgisi, artikuli, fasoni, modeli, o„lchami, to„laligi, rangi, navi va boshqa belgilari 291 qo„yiladi. Tashish va saqlash. Charm poyabzallari shaharlararo transport konteynerlarida yoki konteynersiz tashiladi. Shahar ichida esa yopiq avtomashina furgonlarda karton qutilarda tashiladi. Poyabzallar quruq, yopiq, toza va shamollatiladigan xonalarda saqlanadi. Ularni saqlashda havoning nisbiy namligi 50-70% va harorat 8-10°C bo„lishi eng qulay sharoit hisoblanadi. Charm poyabzallari stellajlarda va qutilarda saqlanishi kerak. Ularni saqlash davrida yuqorida ko„rsatilgan talablarga rioya qilinmasa, sifati pasayishiga sabab bo„ladi. 1 8 . 3 . R e z i n a p o y a b z a l l a r i Rezina poyabzallariga yaxlit rezina hamda rezinali yoki rezinasiz to„qimachilik materiallari va plastmassadan tayyorlangan poyabzallar kiradi. Ularning tag qismi doimo rezinadan tayyorlanadi. Rezina poyabzallari odatda ko„proq noqulay (namlik, ifloslik) sharoitlarda ishlatiladi, shu bilan birga oyoqdan tashqari, boshqa poyabzallarning ustidan ham kiyiladi. Rezina poyabzallari ishlab chiqarishda asosiy materiallar qora, rangli, pigment yoki organik bo„yoqlar bilan bo„yalgan rezinalar oraliq qismlari tayyorlashda ishlatish uchun qo„llaniladigan rezinali latta aralashmasi hamda qoplama rezinali aralashmalar hisoblanadi. Keng ko„lamda to„qimachilik materiallari (ikki qatlamli kirza, velvet, yarim duxoba, sukno, gabardin va boshq.), sun‟iy mo„ynalar, plastmassa va loklar ham ishlatiladi. Rezina poyabzallari ishlab chiqarish quyidagi usullarda amalga oshiriladi: yelimlash, qoliplash (shtamplash), shakl berish (formalash), bosim ostida quyish, suyuq va plastizolda shakllash. Yelimlash usuli ko„p mehnat talab qilishiga qaramasdan, rezina poyabzallarining barcha assortimentini tayyorlashda qo„llaniladi. Ular konveyerga mahkamlangan alumin qoliplarda oldin ichki, so„ngra oraliq va tashqi detallarini bir-biriga ketma-ket yelimlab yopishtirish yo„li bilan tayyorlanadi. Qismlar birlashgan joylari qo„l yoki mashina yordamida 292 yaxshiroq birlashtirish uchun siqiladi. So„ng poyabzallar loklanadi va vulkanizatsiya qilinib, qolipdan chiqariladi. Juft-juft qilinib komplektlanadi, navlarga ajratiladi va tamg„alanadi. Yelimlangan poyabzallar yengil, egiluvchan, qismlari relyef shaklida chiqib turuvchi sirtqi ko„rinishi bilan tavsiflanadi. Poyabzal devori nisbatan yupqa, lekin tagcharmi yelimlangan chiziqlari bo„yicha siqilgan joylari ko„rinib turadi. Qoliplash (shtamplash) usuli erkaklar va o„g„il bolalar kalishlarini tayyorlashda qo„llaniladi. O„zagi poyabzal uchun qolip sifatida xizmat qiladigan maxsus Taxtakach-shakl ishlatiladi; ichki qismlardan tayyorlangan karkas (astar, dastak, pataklar) yelimlanib o„zakka kiygaziladi. Taxtakach-shakl matritsasi va qolip- o„zagi orasida ma‟lum oraliq bo„ladi hamda shu oraliqqa qizdirilgan rezina aralashmasi oqib tushadi va to„ladi. So„ngra poyabzal qolipdan chiqarilib, ortiqcha rezina qoldiqlaridan tozalanadi, loklanadi va vulkanizatsiya qilinadi. Qoliplangan poyabzallar yelimlangan poyabzallarga nisbatan devori qalin, qayishqoq va taxtakach-shakldan qolgan izi bo„ladi. Rezina poyabzallarining assortimenti. Rezina poyabzallari quyidagi belgilari bo„yicha bo„linadi: ishlatilishi (maishiy, maxsus va sport poyabzallari), yosh va jins belgisi (erkaklar, ayollar, o„g„il bolalar, qizlar, bolalar), ishlatilish tarzi (boshqa poyabzallar ustidan kiyiladigan va faqat oyoqqa kiyiladigan), ustki qismining materiali (yaxlit rezinali, rezina- to„qimali), rangi (qora, oq), ishlab chiqarish usuli (yelimlash, qoliplash, shakl berish. bosim ostida quyish va polivinilxlorid (PVX) plastizolidan quyish), pardozi (loklangan, xira, jiyakli, qaytarilgan, yarim duxobadan qilingan mag„izli), turlari (kalishlar, etiklar, etikchalar, yarim etikchalar, botinkalar, yarim botinkalar, tuflilar), fasoni, o„lchami hamda poshnasining balandligi (past - 25 mm. gacha, o„rta - 26-40 mm va baland - 45 mm. dan ortiq). Kalishlar balandligi bo„yicha past, yarim baland (yarim botlar) va baland (botlar) bo„ladi. Past poyabzallar charm poyabzallarining ustidan kiyiladi. Tuzilishi bo„yicha ular tilchali va tilchasiz, karkasi bo„yicha oddiy (patli astar, karkasi me‟yor qalinlikda) va yengillashtirilgan (patsiz, karkasi yengillashtirilgan) bo„ladi. 293 Etiklar yelimlash va qoliplash usullarida yaxlit rezinadan, loklanmagan, qora rangda, past poshnada erkak va ayollar uchun ishlab chiqariladi. Astari rezina shimdirilgan gazlama, lastikli paypoq va patli gazlamadan tayyorlanadi. Etikchalar va yarim etikchalar odatda, yaxlit rezinali, loklangan, asosan, yelimlash hamda kamroq qoliplash uslublarida xom rezina aralashmasi va polivinilxlorid plastikalaridan tayyorlanadi. Botiklar barcha yosh va jinsdagi guruhlar uchun ishlab chiqariladi. Erkaklar, o„g„il bolalarning botiklari ko„proq ustki qismi jun gazla- malaridan, jiyakli, jiyaksiz, odatda, «molniya» ilmoqli yoki metall to„qali qilib ishlab chiqariladi. Botinkalar shakllangan qoplama poshnali bo„ladi. Erkaklar va bolalar botinkalarining ustki qismi to„qimachilik materiallaridan, ayollarniki to„qimachilik materiallari hamda yaxlit rezinadan tayyorlanadi. Botinkalarning fasonlari xilma-xil (shnurli, «molniya» ilmoqli, to„qali, belbandli) bo„ladi. Yarim botinka va tuflilar ko„proq ayollar poyabzallarining assortimentiga kiradi. Yaxlit rezinali yarim botinka va tuflilar chegaralangan miqdorda ishlab chiqariladi. Ular kalishlardan kiyilish usuli (to„g„ridan-to„g„ri oyoqqa kiyiladi) va qoplama poshnasining mavjudligi bilan farq qiladi. Rezina poyabzallarining o‗lchamlari ikki tizimda belgilanadi: shtixmassali (1 shtix = 6,67 mm) va shartli. Shtixmassali tizim oyoqqa to„g„ridan-to„g„ri kiyiladigan poyabzallar uchun qo„llaniladi. Bu tizim bo„yicha poyabzal raqamlari (nomer) quyidagicha bo„ladi: erkaklar - 39- 47, ayollar 34-41, qizlar 31-33, bolalar 20 dan 30 gacha. Shartli raqamlash tizimi charm va jundan tayyorlangan poyabzallar ustidan kiyiladigan rezina poyabzallarini belgilashda qo„llaniladi (0,1,2,3,4..., 17). Rezina poyabzallarining sifatini baholash va navlash. Rezina poyabzallarining sifati ularning iste‟mol xususiyatlari yig„indisi bilan aniqlanadi va xomashyosi, tuzilishi, texnologik operatsiyalarning aniq bajarilishi, tamg„alash, tashish va saqlash qoidalariga bog„liq. Poyabzallar tashqi ko„rinishining ko„rsatkichlari bo„yicha tasdiqlangan namuna- 294 etalonga mos kelishi kerak. Ular rangi, pardozi, shakli, qalinligi va yarim juftidagi bir xil qismlarining joylashishi hamda suv o„tkazmasligi bo„yicha o„xshash bo„lishi zarur. Lok plyonkasi quruq, yopishmaydigan, bir xil, yaltiroq, poyabzalning usti rezina qoldig„isiz va oltingugurt izlaridan toza bo„lishi lozim. Q i s q a x u l o s a l a r Charm-poyabzal ishlab chiqarish respublikamiz yengil sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda u yirik mexanizatsiyalashgan tarmoq bo„lib, ilg„or texnologiya asosida faoliyat ko„rsatmoqda. Poyabzal ishlab chiqarish yildan-yilga ko„paymoqda, sifati esa yanada yaxshilanmoqda. Poyabzal iste‟molchining ma‟lum bir ehtiyojini qondirish, ya‟ni kishi oyog„ini har xil ta‟sirlardan saqlash uchun xizmat qiladi va kiyim-kechak ansambliga kiradi. Shuning uchun poyabzallarga ko„plab talablar qo„yiladi, ularning ichida funksional, pishiq-puxtalik, estetik va texnik-iqtisodiy talablar asosiy o„rinni egallaydi. Poyabzallar asosiy, birlamchi, xomashyolari bo„yicha charm, rezina va jundan bosib tayyorlangan poyabzallarga bolinadi. Charm poyabzallarga yuza qismi tabiiy va sun‟iy charmdan hamda to„qimachilik materiallari (gazlama, trikotaj, noto„qima materiallar)dan tayyorlangan poyabzallar kiradi. Charm poyabzallari ishlab chiqarish jarayoni ularning assortimenti va sifatini belgilashda muhim omil bo„lib hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi operatsiyalardan iborat: modellarini loyihalash, materiallarni bichish, tikish va poyabzalni so„nggi pardozlash. Poyabzallar assortimentini ishlab chiqish va yangilash loyihalash davrida, sifatini shakllantirish esa ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Rezina poyabzallariga yaxlit rezina hamda rezinali yoki rezinasiz to„qimachilik materiallari va plastmassadan tayyorlangan poyabzallar kiradi. Ularning tag qismi doimo rezinadan tayyorlanadi. Rezina poyabzallari odatda ko„proq noqulay (namlik, ifloslik) sharoitlarda ishlatiladi, shu bilan birga oyoqdan tashqari, boshqa poyabzallarning ustidan ham kiyiladi. 295 N a z o r a t v a m u h o k a m a u c h u n s a v o l l a r 1.Charm-poyabzal ishlab chiqarish asoslarini tushuntiring. 2.Poyabzallarga qo„yiladigan talablarni sanang va tushuntiring. 3.Funksional talablar nima? 4.Estetik va texnik-iqtisodiy talablarni izohlang. 5.Poyabzallar asosiy xomashyolarini ayting. 6.Charmlar turlarini aytib bering. 7.Charm poyabzallari ishlab chiqarish jarayonini izohlang. 8.Modellarini loyihalash tartibi qanday? 9.Poyabzallar assortimentini nimalardan iborat? 10.Rezina poyabzallariga nimalar kiradi? 11.Rezina poyabzallar qanday sharoitlarda ishlatiladi? 296 IZOHLI LUG‗ATLAR Aliflar. Alif yog„och buyumlarining yuzasiga yopishqoqligini oshirish maqsadida bo„yashdan oldin surtiladi va yog„li bo„yoqlarni eritishda foydalaniladi. Alkogolli ichimliklar deb tarkibida etil spirti bo„lgan ichimliklarga aytiladi. Aroq, likyor-aroq mahsulotlari, uzum va meva rezavorlardan tayyorlangan vinolar, konyak alkogolli ichimliklardir. Asal engil hazm bo„luvchi shakarlardan, ya‟ni glyukoza bilan fruktozadan iborat bo„lib, ularning miqdori asalda 65 dan 80% gacha bo„ladi. Bundan tashqari asal tarkibida 15 - 25% suv, organiq kislotalar (olma kislotasi, vino kislotasi, limon, sut, shovul kislotasi), oz miqdorda oqsil, vitaminlar, xushbo„y va bo„yoq moddalari bor. Asal yuqori kaloriyali oziq-ovqat bo„lib, u organizmda to„la hazm bo„ladi. Uning shifobaxsh xususiyati ham bor, ya‟ni ichaklarning ishini yaxshilaydi, asablarni mustahkamlaydi, yurak muskullarining faoliyatini oshiradi. Assortiment- bu iste‟mol, savdo yoki ishlab chiqarishdagi aniq bir belgilariga mos holda birlashtirilgan har xil ko„rinishdagi, turdagi tovarlarning majmuasidir. Assortiment tovarni tavsiflovchi muhim ko„rsatkichlardan biri hisoblanadi. Sanoat va savdo assortimentlari farqlanadi. Assortiment tarkibi- bu tovar aylanuvidagi tovar guruhlari, kichik guruhlari, turlari, xilma xilliklari o„rtasidagi sonli mutanosiblikdir. Masalan, poyafzalda qaysi o„lchamdagi tovar qanchadan ekanligini ko„rsatuvchi ko„rsatkich assortiment tarkibini tashkil etadi. 297 Attorlik tovarlari assortimenti xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Shuning uchun ham ularga nisbatan kompleks talablar qo„yiladi, chunki ular chiroyli, ishlatishda qulay va gigiyenik bo„lishi kerak. Masalan, pardabop matolar tuzilishi, rangi hamda rasmi bo„yicha zamonaviy interyerga mos kelishi zarur. Undan tashqari, pishiq- puxtalik va ishlatilish jarayonidagi qulayligi kabi xususiyatlari (kam ifloslanishi, oson tozalanishi, dazmollash va yuvish uchun kam vaqi sarflanishi va boshq.) ham muhim ahamiyatga ega. Avtol (yunon. o„zi+lot. moy). Bu moy motor moylaridan hisoblanib, karbyuratorli dvigatellar uchun ishlatiladi. Avtomatlashtirish va qo‗ng‗iroq chalish asboblari. Uy ishlarini avtomatlashtirish uchun turli dasturli moslamalar, taymer va chiroqlar marjonini o„chirib-yoqib turuvchi moslamalar mavjud. Baliq go‗shti tarkibida oqsil, yog„, mineral moddalar, A, D vitaminlari va boshqa moddalar bor. Oqsil ayniqsa muhimdir. Oqsil baliq go„shtidagi moddalarning 21% ini tashkil etadi, ahamiyatsizroq oqsil moddalari juda ham kam, ular faqat biriktiruvchi to„qimalardagina mavjud. Baliq turlari- O„zbekiston suv havzalarida turli xil oilalarga mansub baliqlar yashaydi, ularning 250 ga yaqin turi ovlanadigan baliqlardir. Ular ichida boshqa mamlakatlarning suv havzalarida kamdan-kam uchraydigan g„oyat qimmatli turlar ham mavjuddir. Baliqlarning oilalari bir-birlaridan turli xil tashqi belgilariga, tana tuzilishi va yashash yo„siniga qarab farq qiladi. Tashqi belgilaridan eng muhimlari tana va bosh shakli, suzgich qanotlarining soni va ularning joylanishi, tangachalarining turi, katta-kichikligi va rangidan iborat. Baliqlar tirik holda sovutilib, muzlatilib, tuzlab, ziravorlar solib, sirkalab, dudlab, koklab, ikra baliq mahsulotlari, konserva qilib savdoga chiqariladi. 298 Bankali baliq konservalari issiqlik ishlovi berilishiga qarab, sterilizatsiya qilingan va sterilizatsiya qilinmagan konservalarga bo„linadi. Konservalar baliqqa qanday usulda ishlov berilganligiga va qo„llaniladigan sardagiga qarab, o„z sokida tayyorlangan konservalar, tomat sousida tayyorlangan konservalar va moy solib tayyorlangan konservalar, tayyor ovqatlik darajasiga qarab esa gazakbop va tabiiy konservalarga bo„linadi. Gazakbop konservalar ovqat o„rnida iste‟mol qilishga tayyor mahsulot bo„lib, ularga qo„shimcha ishlov berilmaydi. Tomat sousli konservalar, moyli konservalar, baliq pashtetlari ana shunday baliq konservalaridir. Bezak (zargarlik) attorlik buyumlari. Bezak buyumlari zargarlik tovarlaridan qimmatbaho bo„lmagan metall va ularning qotishmalaridan ishlab chiqarilishi bilan farq qiladi. Buyumlarning sirti oltin yoki kumush bilan qoplanadi yoki ularga o„xshatib ishlov beriladi. Веnzin. Bu yengil uglevodorodlar aralashmasidan iborat, uchqundan alangalanadigan yonilg„idir. Benzin O„zbekistonda Oltiariq, Farg„ona va Qorovulbozor (Buxoro viloyati, Kogon tumani) neftni qayta ishlash zavodlarida ishlab chiqariladi. Bo‗yoqlar. Parda hosil qiluvchi moddalar va bo„yoq kukuni (pigmentlar) aralashmasini erituvchi moddalarda eritib olinadi. Bosh kiyimlar va ro‗mol-bo‗yinbog‗ buyumlarilariga ham ustki kiyimlarniki kabi talablar qo„yiladi. Ularning assortimenti juda xilma-xil va bularga quyidagilar kiradi: telpaklar, shlyapalar, shlemlar, shapkalar, kepkalar (koziryokli yumshoq bosh kiyimi), do„ppilar, beretlar, quloqchinli qalpoq (kapor)lar, feskalar (hoji do„ppi-po„pakli) va boshqalar. Ular erkaklar, ayollar, bolalar uchun, qishki, yozgi, mavsumiy, qattiq, yarim qattiq va yumshoq, turli material bo„lishi mumkin. Har kuni kiyish, bezakli, ko„chalik, turizm yoki dam olish uchun ishlatiladi. 299 Charm attorlik buyumlari guruhidagi attorlik buyumlariga materiali, fasoni, turlari, ishlatilishi, pardozi va boshqa belgilari bo„yicha bir-biridan farq qiluvchi xilma-xil assortimentdagi buyumlar kiradi. Charm attorlik buyumlari tayyorlash uchun ishlatiladigan materiallar asosiy va yordamchi turlarga bo„linadi. Asosiy materiallarga tabiiy, sun‟iy hamda sintetik charmlar, gazlamalar, polimerli plyonkalar, kartonlar va boshqalar kiradi. Charm poyabzallari ishlab chiqarish jarayoni ularning assortimenti va sifatini belgilashda muhim omil bo„lib hisoblanadi. Bu jarayon quyidagi operatsiyalardan iborat: modellarini loyihalash, materiallarni bichish, tikish va poyabzalni so„nggi pardozlash. Poyabzallar assortimentini ishlab chiqish va yangilash loyihalash davrida, sifatini shakllantirish esa ishlab chiqarish jarayonining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Charm-poyabzal ishlab chiqarish respublikamiz yengil sanoatining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda u yirik mexanizatsiyalashgan tarmoq bo„lib, ilg„or texnologiya asosida faoliyat ko„rsatmoqda. Poyabzal ishlab chiqarish yildan-yilga ko„paymoqda, sifati esa yanada yaxshilanmoqda. Poyabzal iste‟molchining ma‟lum bir ehtiyojini qondirish, ya‟ni kishi oyog„ini har xil ta‟sirlardan saqlash uchun xizmat qiladi va kiyim-kechak ansambliga kiradi. Shuning uchun poyabzallarga ko„plab talablar qo„yiladi, ularning ichida funksional, pishiq-puxtalik, estetik va texnik-iqtisodiy talablar asosiy o„rinni egallaydi. Chekish anjomlari. Chekish anjomlariga sigaret qutilari, kuldonlar va boshqalar kiradi. Ular alumin va uning qotishmalari, po„lat, latun hamda melxiordan tayyorlanadi. Cho‗tka buyumlariga kiyim, poyabzal, bosh, tualet, sanitariya- gigiyenik, kosmetik va tish cho„tkalari hamda soqol olish uchun kichik cho„tkalar tegishlidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling