A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet123/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Tovarlar o‘rovidagi reklama ham alohida rol o‘ynaydi. Amerikalik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, mamlakatdagi har bir kishi bir yilda o‘rtacha 2 mingta xaridni amalga oshiradi. Shundan 80% tovarlar o‘rab-qadoqlangan holda sotiladi. Shu boisdan tovar o‘rovining reklama funksiyalariga noto‘g‘ri baho berish qiyin. Sanoat korxonalari o‘z mahsulotini, o‘z imidjini reklama qilish uchun tovar o‘rovidan faollik bilan foydalanishi lozim. Chiqarilayotgan tovarlar assortimentining kengayishi bilan sanoat korxonalari reklamaga ko‘proq e’tibor qaratishlari lozim. Shu bilan birga, yuqori sifatli tovarlar ommaviyligining o‘sishiga xizmat qilar ekan, reklama bu tovarlarni ishlab chiqaruvchi korxonalar nufuzini ham oshiradi. Shu sababli xaridorga mahsulot taklif qilishda ishlab chiqaruvchi korxonaning firma belgisini faol targ‘ib qilish lozim. O‘z tovarlariga ulgurji xaridorlarni jalb qilish, ular bilan uzoq muddatli tijorat aloqalari o‘rnatish maqsadida sanoat korxonalari shartnomaga muvofiq, o‘z mahsulotida o‘z xaridori – yirik savdo firmasining firma belgisini ham qayd qilishi mumkin. Yirik sanoat korxonalarida mustaqil reklama xizmatlari tashkil etilishi mumkin. Ularning o‘zi reklama vositalari (plakatlar, varaqalar, prospektlar) chiqarishni tashkillashtiradi. Shuningdek, ular ko‘pincha reklama agentliklarining yordamiga murojaat qiladi. Korxonalar reklama faoliyatini, reklama tadbirlar tayyorlash va o‘tkazishni rejalashtirishi lozim.



    1. Sanoat korxonalarida tovarlar reklamasini
      tashkil etish


Sanoat korxonalari chakana savdo bilan bevosita aloqaga ega bo‘lganligi tufayli Tovar yetkazib berish bo‘yicha tuziladigan shartnomada savdoni do‘kondan ishlatilishi shart bo‘lgan reklama materiallari bilan ta’minlashni ham ko‘zda tutishlari mumkin. Sanoat korxonalari tomonidan o‘tkaziladigan reklama ulgurji va chakana savdo tashkilotlariga ta’sir ko‘rsatishdan tashqari keng iste’mol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalarning iste’molchilar bilan aloqa o‘rnatishlariga xizmat qiladi.
Sanoat korxonalari tomonidan o‘tkaziladigan reklamaning aloxida shakli - tanlov, namoishlarda ko‘rgazma va x.k larda ishtirok eshitdir.
Sanoat korxonalari o‘z reklamalarini, odatda bo‘lajak xaridorlarning keng davrasida mo‘ljallaydi, shuning uchun ularning reklama materillari mamalakatning yirik mintaqalarida yoki butun mamlakat bo‘ylab joylashtirilishi mumkin. Sanoat korxonalari, asosan mo‘ljallanganlarga tasirining ommaviy xususiyatiga eta bo‘lgan reklama vositalaridan foydalanadilar.Reklama vositalari tovarni sotishning
Marketing konsepsiyasiga muvofiq aniqlanadi.SHu sababli ular o‘z maxsulotlari reklamasiga mablag‘ni ayamasliklari va bu xarajatlarni ulgurji va chakana savdo zimmasiga yuklamasliklari kerak.Ulgurji va chakana savdo tashkilotlari esa tovarni bevosita ularning o‘zlaridan xarid qilinishini ko‘zlab reklama qiladilar.
Sanoat korxonalari ulgurji xaridorlarga o‘z tovarlarini reklama qilish uchun bosma reklamaning katta adabda chop etilgan albom, plakat prospekt kabi vositalardan foydalanishlari mumkin.
Sanoat reklamasining muxim jihati-uning imkon qadar axborotga boy bo‘lishidir. Masalan, yuqori texnologiyali texnika ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, jurnallarda axborot- reklama bloklarni joylashtirayotganda, kompaniya tomonidan qo‘llanilayotgan texnologiyalar, yangi materiallar ,ishlanmalar haqida ma’lumot beruvchi maqolalar ham e’lon qilish o‘rinli. Bu oddiy reklamaga qaraganda ancha samaralidir. Sanoat reklamasining yana bir boshqa jihati- maqsadi davraga yo‘naltirilganligidir, demak uni tarmoq nashrlarida chop etish ancha samaraliroqdir.
Tovar o‘ramidagi reklama aloxida rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarga ko‘ra, mamlakatning xar bir fuqarosi yiliga 2 mingtaga yaqin xarid qilar ekan. Bunda tovarlarning 80% i qadoqlangan holda sotiladi. SHu sababli o‘ramdagi reklamaning vazifasi beqiyosdir.
Tovarning xili qancha ko‘p bo‘lsa, reklamaga shuncha ko‘p e’tibor berish kerak. Tovarning sifati va mashxurligi korxona nufuzi uchun ishlay boshlaydi, shu sababli urg‘uni faqat tovarga emas, ishlab chiqarishga ham berish muxim(reklamada korxonaning firma belgisidan foydalanish).
Yirik sanoat korxonalarida reklama bo‘limlari mavjud bo‘lib,ularning vazifasi reklama tadbirlarini rejalashtirish xamda reklama materiallarini tayyorlashdan iborat:
Sanoat mahsulotlari reklamasini tarqatishning asosiy asosiy vositalari.Sanoat reklamasi vositalarini tanlash, asosan ikki omilga: reklama yo‘naltirilgan maqsadli davraning ko‘lami hamda qaror qabul qiladigan shaxslar va ularning bu jarayondagi roliga bog‘liqdir.
Maqsadli davra kichik bo‘lsa, reklama yirik umumaxborot ommaviy vositalari orqali berishining xojati yo‘q.Tovarlarni o‘z savdo tarmog‘i orqali sotish samaraliroq bo‘ladi.
O‘rtacha maqsadli davraga (100 nafardan 1000 nafar kishigacha) mo‘ljallangan reklama vositasining eng maqbuli savdo nashrlari va pochta jo‘natmalari xisoblanadi.
Korxonalar raxbarlari uchun amaliy jurnallardan foydalanish tavsiya etiladi.Maqsadli davra ko‘lami pochta jo‘natmalariga ko‘ra reklamaning "ommaviyroq" vositalardan foydalanishni oqlaydi.Extimol, bu kabi jurnallardagi reklamaning nufuzi mazkur reklamaning bevosita pochta jo‘natmalariga nisbatan samara beradi.
Internet saytlari reklamaning etarlicha samarali vositasi xisoblanadi.Ular xaridorning tovar va uning chiqaruvchisi xaqida batafsil ma’lumot olishiga imkon beradi.
Reklama sotuv xajmini oshirishga kamdan-kam xollarda bevosita yordam ko‘rsatishi sababli sanoat marketinggi uzoq muddatli iste’mol tovarlari marketingiga o‘xshab ketadi.Sotuvchidan, odatda,qo‘shimcha ma’lumot hamda bilim tafsilotlarini rasmiylashtirish talab etiladi.Bu xolda reklama muxandis- xaridorning qiziqishini qaytarib beriladigan qo‘shimcha ma’lumot haqidagi so‘rov yordamida tez qondirish imkoniyatini beradi.
Bu so‘rovlar,odatda melemarketing yordamida samarali qiymatga talabni aniqlash uchun javob qo‘ng‘irog‘i orqali tasniflanadi. Ko‘pincha telemarketing chaqiruvi sotuvga turtki beradi.Sotuvchi olingan chaqiriqlarni tasniflab, xaridorlarga qo‘ng‘iroq qiladi va istiqboldan xabardor bo‘ladi , ularning ularning ehtiyojlarini muhokama etadi hamda sotuvni yakunlashga intiladi
Shunday qilib, sanoat reklamasining maqsadi- shu kabi talablarni tug‘dirishdir.
Bugungi kunda reklama shu qadar ko‘pki xaridor ko‘pincha undan o‘zini chetga olishga intiladi, unda taqdim etilayotgan tovar xizmatga ishonchsizlik bilan qaraydi.Tobora ko‘proq kompaniyalar bu kabi xaridorlarda ishonch uyg‘otish va ularga axborotni nozikroq tarzda yetkazish uchun, o‘z byujetlarining ma’lum qismini jamoatchilik bilan aloqani tashkil qilishga ajratmoqdadir
Jamoatchilik bilan aloqa - jamoatchilik bilan aloqa qilish bo‘yicha mutaxassislarning aloxida shaxslar korporatsiyalar,davlat muassasalari,xayriya jamg‘armalari hamda savdo birlashmalarining tashkilot, uning vakillari, aniq bir shaxs,maxsulot yoki g‘oyaning jamoatchilik va ijtimoiy guruhlar ,aksiyadorlar moliya doiralari kompaniya hamda muassasalarning xizmatchilari, hozirgi va bo‘lajak mijozlar va xokazolar o‘rtasida maqbul nufuzni shakllantirishga qaratilgan faoliyati xisoblanadi.
Bu kabi marketing amalga oshirishning turli usullari ko‘p.Mazkur usullarning ko‘pchiligi umumiy bir jixatga-belgi xaqidagi ma’lumotning tarqatilishi ochiqdan-ochiq pulli reklama orqali emas, balki extimolda tutilgan axborot manbaini oshkor yoki pinxon tutuvchi uchinchi tomon, masalan, gazeta yoki jurnaldagi bosh maqola,sport va madaniy yoki xayriya tadbiri orqali amalga oshiriladi.Jamoatchilik bilan aloqalarga, odatda buni hukumat timsolidagi jamoatchilik aksiyadorlar, xizmatchilar va x.k.lar korporatsiya haqidagi tasavvur xosil qilib ulgurgunlariga qadar korporatsiyaning o‘zi tomonidan korporatsiya qiyofasini yaratish sari yo‘l xamda extimolda tutilgan salbiy salbiy tashviqotga qarshi vosita deb qaraladi. Jamoatchilik bilan aloqa inqirozli vaziyatlarda firma va kommunikatsiyalarning umumiy obro‘si uchun o‘ta muxim xisoblanadi,shu bois ular tobora ko‘proq jamoatchilik bilan marketing aloqalari shaklida ishlatilmoqda.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling