A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet131/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar

    1. Reklama kampaniyalarining qanday turlarini bilasiz?

    2. Reklama kampaniyalarining maqsadi nimadan iborat?

    3. Reklama kampaniyalari ta’sir ko‘rsatish xususiyati bo‘yicha qanday turlarga bo‘linadi?

    4. Reklama kampaniyalari faoliyati kanday rejalashtiriladi?

    5. Reklama kampaniyasining bosqichlarini sanab o‘ting.

    6. Hududiy qamrab olish bo‘yicha reklama kompaniyasi qanday tasniflanadi?

    7. Reklama qilinayotgan tovarlar zaxirasi kam bo‘lsa, reklama kompaniyasini o‘tkazishning qaysi usulini qo‘llash maqsadga muvofiq?

    8. Reklama byudjetini hisoblashning qanday usullari mavjud?

    9. Reklamaning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga ta’rif bering.

    10. Reklama samaradorligini o‘lchash muammolarini tavsiflang.

12- BOB. TOVARLAR VA XIZMATLAR BOZORIDA REKLAMA FAOLIYATINI TASHKIL ETISH


12.1. Reklama jarayoni qatnashchilari va ularning funksiyalari

Reklama jarayonida reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi, reklama tarqatuvchi va reklamadan foydalanuvchi qatnashadi. Reklama jarayoni qatnashchilarining har birining o‘z funksiyalari mavjud.


Reklama beruvchi. Reklamani tayyorlash va (yoki) tarqatish uchun unga buyurtmachi bo‘lgan shaxs.
Reklama tayyorlovchi. Reklama tayyorlashni to‘liq yoki qisman amalga oshiruvchi shaxs;
Reklama tarqatuvchi. Reklama vositalari orqali reklama tarqatishni amalga oshiruvchi shaxs;
Reklamadan foydalanuvchi. Reklama yo‘naltirilgan shaxs yoki shaxslar guruhi.
O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni (1998 yil 25 dekabrdagi 723-I-son)da reklama beruvchi, reklama tayyorlovchi va tarqatuvchining huquq va majburiyatlari keltirilgan.
Reklama beruvchi quyidagi huquqlarga ega:
reklama xususida shartnoma tuzish to‘g‘risida oshkora taklif (ommaviy oferta) kiritish;
reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor qilgan hollarda, etkazilgan zararning o‘rnini va ma’naviy zararni qoplash to‘g‘risida da’vo bilan sudga murojaat qilish.
Reklama beruvchi:
reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi;
agar reklama beruvchining faoliyati litsenziyalanishi zarur bo‘lsa, mahsulotni yoki reklama beruvchining o‘zini reklama qilayotganda tegishli litsenziyani taqdim etishi shart.
Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi quyidagi huquqlarga ega:
ommaviy oferta yo‘llangan shaxsdan belgilangan tartibda aksept olganidan so‘ng reklama beruvchi shartnoma tuzishdan bosh tortgan hollarda, bu shaxsni shartnoma tuzishga majburlash to‘g‘risidagi hamda reklama beruvchining shartnoma tuzishni asossiz ravishda rad etganligi tufayli etkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi talab bilan sudga murojaat qilish;
qonun hujjatlarida belgilangan hollarda reklama beruvchidan tegishli litsenziyani talab qilish.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi:
ushbu Qonunda belgilangan reklama faoliyati va homiylik qoidalarini bajarishi;
axborot yoki boshqa materiallarni bergan shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarni uning roziligisiz oshkor qilmasligi;
reklama beruvchi qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan axborot bergan taqdirda reklama beruvchini bu haqda vaqtida xabardor etishi shart.
Reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo‘lishi va o‘zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Reklama eng muhim marketing funksiyalaridan biri sifatida bozor faoliyatining ko‘plab qatnashchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Hozirgi sharoitlarda reklama minglab reklama agentliklari va byurolarini o‘zida mujassam etadigan iqtisodiyot tarmoqlaridan birini ifodalaydi. butun iqtisodiyot faoliyati samaradorligi ko‘p darajada shu tizimning qanchalik samarali ishlashiga bog‘liq bo‘ladi. Reklamaning mustaqil tarmoq sifatida shakllanishi ko‘p jihatdan mamlakat reklama xizmatlari bozorida ishlayotgan reklama agentliklari faoliyatini tashkil qilish darajasiga, reklama agentliklari tanlab oladigan reklama yuritish shakllariga, ularning professional mahoratiga va reklama xizmatlari bahosiga bog‘liq bo‘ladi. Reklama agentliklari rivojlanishi quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling