A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish
-rasm. Porter bo‘yicha asosiy strategiyalar
Download 0.81 Mb.
|
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.2. O‘sish strategiyalari
13.1-rasm. Porter bo‘yicha asosiy strategiyalar
Manba: Porter M.E. (1980) Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi markazida raqobatchiga nisbatan past xarajat bo‘ladi. U doimiy xarajatlarni nazorat qilishni, ishlab chiqarishga investitsiya. Yangi texnologiya konstruksiyalari ustida yaxshilab ishlashni, savdo xarajatlarini kamaytirishni nazarda tutadi. Asosiy strategiya uchinchi - maxsuslashtirish strategiyasi, ya’ni konsepsiya bir segment yoki xaridorlarning raqobatchi guruhlarini bozorni harakatsiz egallab olishdir. Maqsad bu erda tanlangan maqsadli segmentni raqobatchiga nisbatan ehtiyojini qondirishdir. Bu strategiya differensiatsiyada xam, xarajatni iqtisod qilishda ham bo‘ladi, bunda faqat maqsadli segment doirasida bo‘ladi. Xarajatlarni iqtisod qilish hisobiga liderlik strategiyasi. Bu strategiyani markaz e’tiborida - raqobatchiga nisbatan kam xarajatlar asosiy o‘rinda turadi. Xarajat munosabatiga afzalliklar 5 ta raqobatli kuchga qarshi samarali himoyani tashkil etadi: firma o‘zini to‘g‘ri raqobatchisi bilan narx jangida ham qarama-qarshi turishga loyiq va narxda foyda olishga ega; kuchli mijozlar kuchli raqobatchi uchun darajasidan narxni pasayishiga erisha olmaydi; past xarajatlar kuchli ta’minotchilarga qarshi himoyani ta’minlaydi; past xarajatlar yangi raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarini tashkil qiladi va bir vaqtning o‘zida tovar-o‘rinbosarlarga qarshi yaxshi himoya tashkil qiladi. Barcha strategiyalar markaz e’tiborida raqobatchilar bilan solishtirganda past xarajatlar bo‘ladi. 13.2. O‘sish strategiyalari Ko‘pchilik firmalarning strategiyalari o‘sish maqsadlarini: savdo hajmining, bozor ulushining, firma daromadining yoki o‘lchamining o‘sishini ko‘zda tutadi. O‘sish - bu firmaning faoliyatiga ta’sir qiluvchi, tashabbusini rag‘batlantiruvchi hamda firma jamoasi va rahbariyatining motivatsiyasini kuchaytiruvchi omildir. O‘sish maqsadlari uchta turli xil darajada ifodalagan: asosiy bozorga nisbatan o‘sish; biz buni intensiv o‘sish deb ataymiz; ishlab chiqarish zanjiriga nisbatan o‘sish - asosiy faoliyatga nisbatan “olg‘a” yoki “orqaga” integratsiyalanish; bu integrativ o‘sishdir; odatdagi faoliyat hududidan tashqaridagi imkoniyatlarga asoslangan o‘sish: diversifikatsiya orqali o‘sish. Bu o‘sish maqsadlarining har biriga mumkin bo‘lgan strategiyalarning ma’lum bir soni to‘g‘ri keladi. Ularning turlari quyida keltirilgan. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling