A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish
-rasm. Reklama kampaniyasini aniqlashdagi o‘zaro bog‘liqlik
Download 0.81 Mb.
|
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ
11.1-rasm. Reklama kampaniyasini aniqlashdagi o‘zaro bog‘liqlik
Reklama kampaniyasi maqsadlarining turli-tumanligi butun bir tashkilotning rivojlanish bosqichidan yoki uning finksional qismidan kelib chiqqan holda quyidaglardan iborat: reklama kampaniyasining tashkilot bozorida paydo bo‘lish bosqichidagi maqsadlar majmui hamda yangi turdagi maxsulotlarni (xizmatlarni) bozorga siljitish, shuningdek yangi bozordan o‘rin egallash; reklama kampaniyasining «qo‘llaydigan» maqsadlari: (bozordagi neytrallashtiruvchi negativ hodisa) firmalarning harakatlari, jamoatchilik fikri, iste’molchilarning eskiligi, realizatsiya bozorlarining saqlanib qolishi va ustuvorligi, realizatsiya darajasi va samaradorligini aniqlash; reklama kampaniyasining mustahkmlovchi maqsadlari, ular korxonanin bozordagi o‘rni zaiflashganda, jiddiy moliyaviy xatar hamda material va boshqa yo‘qotishlarni bararaf etish; Reklama kampaniyasini o‘tkazish paytida ob’ektiv tashqi omillarni hisobga olish va ularni ishlatish kerak: yil fasli; bayramlar; yubiley sanalar va hokazolar. Reklama kampaniyasini o‘tkazishning taktik rejalashtirish bosqichida reklama kampaniyasining bevosita ijrochilar kollektivi yoki guruhi tashkil etiladi, boshliqlar belgilanadi, yoki allaqachon mavjud bo‘lgan boshliqlarga qo‘shimcha majburiyatlar belgilanadi. Umuman bu bosqichda quyidagilarni inobatga oibpersonal maqsad va vazifalar qo‘yiladi: 1. Shaxsiy xarakteristika (temperament, liderlik mahorat, tashqi ko‘rinish). 2. Individual talab va ehtiyojlar (shaxsona g‘urur, martabaga inilmoq va hokazo). 3. Qo‘shimcha ish og‘irligining imkoniyat darajasi. Agar reklama kampaniyasini o‘tkazishda boshqa tashkilotlar jalb qilinsa, quyidagi omilarni e’tiborga olish lozim bo‘ladi: tashkilot imkoniyatlari; tashkilot talablari; tashkilotning o‘z ehtiyojlari va imkoniyatlari; boshqa tashkilot (shaxs)larning tavsiyalari; boshli va xodimlarning o‘zlarini qiziqtiradigan avollardagi xuquqlari; tashkilot imidji, ish usuli, hamkorlik qilish metodlar va hokazolar. Reklama kampaniyasining samaradorligi uchun quyidagi prinsiplarni hisobga olish kerak: reklamaning manzilliligi, ya’ni ma’lum bir iste’molchilar guruhi uchun reklama qilayotgan mahsulotni shunday reklama qilish kerakki, toki iste’molchi aynan shu maxsulotni sotib olib ishlatgandan keyin uning ajoyibligini va foydalanganligini his qilsin; firmaning nomi, uning maxsulot belgisi va maxsulot markasining ma’lumligi ajoyibligi va taniluvchanligi. Buning uchun esda qoladigan simvollar ishlatiladi. SHuni ta’kidash kerakki, har doim yangilik elementi mavjud bo‘lishi kerak, ya’ni reklama iste’molchilarning joniga tegmasligi kerak. Buning uchun ekspert va mutaxassislarning yoki obro‘li shaxslarning umumiy ta’kidlagan fikrlarini ishlatish tavsiya etiladi. Reklama tekstlari uslubining bayon qilinishi qisqa, tushunarli, oddiy va ish bilan birga diqqatni jalb qiladigan bo‘lishi kerak. Namoyon qilinadigan qo‘llanma iste’molchilarga ishonchni uyg‘otish kerak. Buning uchun esa ko‘proq fotografiyani qo‘llash vaishlatish kerak. Reklama tadbiri va aksiyalarini faqatgina butun potensial nobud bo‘lgandagina to‘xtatish lozim. Reklama kampaniyasini o‘tkazish jarayonida «reklama propaganda»sidan foydalanish tavsiya etiladi. Ya’ni reklama ob’ekti bu sub’ektini aniqlashtirilmagan yoki qisman aniqlashtirilgan tarzda iste’molchilar diqqatini umuminsoniy qadriyatlar va ehtiyojlarga qaratishi lozim. SHu bilan birga reklama qilinayotgan maxsulot yoki firmalar ijobiy jamoat fikrlarini yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash darkolrdir, shuni ham aytigsh kerakki, jamoatchilik bilan aloqalar yoki bo‘lmasa RR(Rublik relations) ham xuddi shunday o‘ziga xos reklama hisoblanadi. SHuning uchun prezentatsiyalarda, muhim uchrashuvlarda jurnalistlarni taklif etib, press – konferensiyalarda uyushtirib intervyu beradilar. Firma faoliyati yoki mahsulot haqidagi ma’lumotlarni jurnalistlarga, OAV lariga yoritish judda aniq kuzatish va nazorat qilish talab etiladi. Firmaning ijobiy obrazini esa hamkorlik qilish, xayr ehson, ijtimoiy, ekologik, madaniy va boshqa sohalarga mablag‘ ajjratish bilan yaratish mumkin. Reklama kampaniyasining o‘tkazalishi amaldagi qonunning ham jismoniy, ham xuquqiy normalariga qitttiq rioya qilish asosida bo‘lishi kerak. Reklama faoliyatining har qanday vakili umum qabul qilingan odob-ahloq normalariga rioya qilish talabi qo‘yilgan «Reklama»ni o‘tkazish halqaro qonun-qoidalarga binoan insofli reklama prinsiplariga rioya qilish shart. Reklama sohasidagi faoliyatlar ijtimoiy javobgarlik va sof raqobat prinsiplariga asoslangan bo‘lishi kerak. Reklama o‘z navbatida reklama beruvchining ishonchini qozonish kerak. Reklama harakati sof vijdonli materiallar asosida qurilishi shart. Reklama beruvchi o‘z qura oladigan ishlardan ko‘proq narsalarni berishga hhaqi yo‘q. Reklama tadbirlarini o‘tkazishshda iste’molchilar va jamiyat oldidagi ijtimoiy javobgarlikni anglash lozimdir. Reklama tekstlarida iste’molchilarni chalg‘itish mumkin bo‘lgan hech qanday boshqa narsa bo‘lmasligi kerak. Chunki, reklama ise’molchilar ta’blarining rivojlanishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Reklama kampaniyasining yakunlovchi bosqichida quyidagi savollar qo‘yiladi: nima amalga oshiriladi? qanday amalga oshiriladi? natija qanday? Hamda o‘z navbatida ularga javob beriladi. SHuningdek bajarilgan reklama kampaniyasi doirasida faoliyat tahlili o‘tkaziladi, reklama kampaniyasining saaradorlik darajasi aniqlanadi, reklama kampaniyasini o‘tkazish uchun va uning amaradorligi uchun sarf qilingan tarli hil resurslar aniqlanadi. O‘z navbatida iqtisodiy ko‘rsatkichlar realizatsiya hajmi, tovr oborot, maxsulot oborot tezligi, reklama kampaniyasini o‘tkazishdan oldingi vakeyingi realizatsiya sifati va hajmi o‘zaro taqqoslanadi. SHundan so‘ng olingan ma’lumotlarga asosan boshqaruv qarorlari qabul qilinadi. Ular quyidagilar: Reklama kampaniyasini tugatish yoki davom ettirish haqidagi bosh qarorlari; Reklama kampaniyasini kelajakda qanday usullar va vositalar bilan o‘tkazilishining aqsadga muvofiqligi aniqlanadi. Javobgar shaxslar, ijrochilarni rag‘g‘batlantirish yoki aksina ularga tanbeh berish bo‘yicha qarorlar qabul qilinadi. SHuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, yuqorida aytib o‘tilgan bosqichlar o‘zaro bog‘liqdirlar. Har bir korxona va tashkilot o‘zlarining imkoniyatlari va ehtiyojlaridan kelib chiqan holda hamda bozorning tashqi omillarini hisobga olib o‘zi uchun reklama kampaniyasini o‘tkazishning yo‘llarini, usullarini, vositalarini tanlab oladi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling