11.3. Reklama samaradorligi va reklama faoliyati nazoratini rejalashtirish
Reklama kampaniyasining byudjeti to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing va firmaning reklama faolyati byudjetlariga bog‘liqdir
Reklama kampaniyasining byudjei to‘g‘ridan-to‘g‘ri reklamaga mablag‘ ajratishga bog‘liq, ya’ni u reklama faoliyatining umumiy byudjetiga bog‘liq
11.2-rasm. Reklama aksiyasini o‘tkazishning umumiy modeli.
Reklama kampaniyasining byudjetini isloh qilish quyidagi omillarga bog‘liq:
Kampaniya rejalashtirish jarayonida qo‘yiladigan maqsad va vazifalardan
Firmaning ichki imkoniyatlaridan (resurs bilan ta’minlanganligi)
Reklama kampaniyasining prognozlovchi samaradorligidan.
Reklama kampaniyasining byudjeti umumiy holatda resurslar topilishi manbaalari va ularning taraqqiyotini nazarda tutadi.
Byudjetning har ikkala bo‘limi resurslarning sarflanish va taqsimoti hamda ularning mabaalari kelib chiqish moddalaridan iboratdir.
Modda o‘z navbatida byudjetning aniqlangan va konkretlashtirilgan resurslar manbaalari hamda ularning taqsimoti, maqsad va vazifalaridan iborat bo‘lishi mumkin.
Korxonaning ichki va tashqi omillarga bog‘liq bo‘lmagan holda, kampaniya byudjetini qayta ishlash va qabul qilish jarayonida quyidagi savollarga javob berishi kerak:
resurslar manbaalari qanaqa holatda?
ularni qaerga, nimaga taqsimlash kerak?
bu reklama kampaniyasini o‘tkazishdan kutilayotgan samara qanday bo‘ladi?
Bunday savollarga quyidagi ko‘rsakichlarni jiddiy tadqiq qilgandan keyin javob beriladi:
maxsulotooboroti, sotuvning darajasi va strukturasi, maxsulot zahiralari, maxsulot kelishining potensial mablag‘lari;
marketing tadqiqotlari, ya’ni bozorni o‘rganish va tahlil qilish va agar kerak bo‘lsa bozorning segmentlarini, motivatsiyalarini tahlil qilish;
firmaning ichki omillarining tahlili, ya’ni moliyani, xodimlarning sifatli va miqdoriy ko‘rsatkichlarini, tahlil qilish;
talabni prognozlash va savdo darajasi, kommunikativ samaradorlikni prognozzlash va hokazolar.
Reklama kampaniyasi byudjetining umumiy ko‘rinishini balans jadvvali ko‘rinishida tasavvur qilish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |