A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish
Download 0.81 Mb.
|
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ
Byudjetni qayta ishlash va qabul qilish jarayonida bozor yoki firma ichida ijobiy yoki salbiy o‘zgarishlar sodir bo‘lganda korxona qanday harajat qilishini hisobga olish zarur. Masalan resurslarning qayta taqsimoti, firmaning boshqa ehtiyojlari uchun vositalar realizatsiyasi, ishlab chiqarishni qisqartirish va hokazolar. Reklama kampaniyasini o‘tkazishni baholash, asosiy manbaalardan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishga asoslanadi: Firmaning ichki ko‘rsatkichlari: reklama kampaniyasidan oldin va undan keyin soish hajmi va strukturasining o‘zgarishi; reklama kampaniyasidan oldin va undan keyin tovr oborot hajmi va tezligining o‘zgarishi; reklama kampaniyasini o‘tkazish natijasida firma daromad darajasi va strukturasining o‘zgarishi; Firmaning tashqi muhit ko‘rsatkichlari: reklama kampaniyasidan oldin va undan keyin talab hajmi va strukturasining o‘zgarishi; jamoatchilik fikri, firma imidji va maxsulotlarning o‘zgarishi. Baholash, firma faoliyatidagi daromadlilik va samaradorliklarni taqqoslash tahlili yo‘li bilan reklama kampaniyasini o‘tkazishdan oldin, o‘tkazish paytida va undan keyin o‘tkaziladi. Bunda nafaqat butun bir reklama kampaniyasi ishlab chiqargan samaradorlik tahlil qilinadi, balki alohida reklama tadbirlari va aksiyalari natijalari tahlil qilinadi. Bu narsa kelajakda reklama kampaniyasini o‘tkazish jarayonida xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun qilinadi. Reklama kampaniyasini o‘tkazish jarayonini baholashda reklama kampaniyasi ishtirokchilarining faoliyatlarining tahlili ham muhimdir: reklama kampaniyasini o‘tkazishda bevosita javobgar bo‘lgan ijrochilar; o‘z xodimlari va menejerlari; mutaxassislar, xodimlar, firma rahbarlari qaysikim reklama kampaniyasini o‘tkazishda ishtirok etgan bo‘lsa, bu narsa ish faoliyati motivatsiyasini rag‘g‘batlantirish yoki jazolash uchun kerak. Baholash marketing tadqiqotlari va firma ichki ko‘rsatkichlarining taqqoslash tahliliga bog‘liq bo‘ladi. Bu narsa o‘z navbatida reklama kampaniyasining kommunikativ samaradorligi, ularning sotish natijalariga ta’siri, darajasi va strukturasiga bolib bo‘lib hisoblanadi.Samaradorlik bahosi tajribali xarakterga ega. Ya’ni amaliy xarakterga ega, mutaxassislarning hisob-kitoblaricha u reklama kampaniyasini barcha xarajatlarining 0,2 % ini tashkil qiladi. Bu narsa resurslarning sarf qay darajada ekanligini ko‘rsatadi. Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling