A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet133/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

1. Ijodiy bo‘lim, u matnchilar, rassomlar, mutaxassis grafiklar, rejisserlar, muharrilar va boshqalarni birlashtiradi. Ular reklama murojaati g‘oyasini ishlab chiqadi, bu g‘oyalarni amalga oshirishning to‘g‘ri vositalarini topadi. Bunday bo‘limning roli juda katta bo‘lib, bu erda psixologik omil, shuningdek, ma’lum bir san’at yo‘nalishlari ham hisobga olinadi. Mazkur bo‘lim turli reklama vositalari yaratish va ularni buyurtmachilar bilan muvofiqlashtirish bo‘yicha funksiyalarni bajaradi.
2. Buyurtmani ijro etish bo‘limi (buyurtmachilar bilan aloqalar bo‘yicha bo‘lim), uning tarkibiga loyihaning mas’ul ijrochisi deb nomlanadigan ishchi guruh rahbarlari huquqlari bilan xodimlar va rahbar kiradi. Ular o‘z agentligida buyurtmachilar manfaatlarini ifodalaydi va aksincha – agentlik buyurtmachi bilan o‘zaro munosabatlarda loyiha ijrochilari timsolida ifodalanadi.
Ishchi guruh (loyiha) rahbari agentlikda buyurtmani bajarish bo‘yicha barcha ishlarni muvofiqlashtiradi. Ijrochilarni muayyan buyurtmachilar toifasi bo‘yicha biriktirib qo‘yish tavsiya etiladi (ulgurji va chakana savdo korxonalari, sanoat korxonalari, sug‘urta kompaniyalari, banklar va h.k.). Buyurtmachilar bilan aloqalar bo‘yicha bo‘lim xodimlari mehnatiga haq to‘lash ular olgan va to‘g‘ri bajargan buyurtmalar hajmiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘lishi lozim, chunki agentlikning moliyaviy holati ko‘p jihatdan potensial reklama beruvchilar bilan aloqalarning yo‘lga qo‘yilanligi va uddaburonlik bilan belgilanadi.
3. Tadqiqotlar va taraqqiyot bo‘limi mahalliy reklama beruvchilarning ehtiyojlari va resurslarini, kommunikatsiya kanallarini aniqlash va tizimlashtirish, shuningdek, reklama vositalarini qo‘llash samaradorligini aniqlash bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish maqsadida tashkil etiladi. Bundan tashqari, ushbu bo‘lim savdoni tashkil qilish va tovarlar sotish usullari, reklama va sotuvni rag‘batlantirish sohasida joriy siyosat holati bo‘yicha zarur axborotlarni to‘playdi.
Ko‘p hollarda mavjud joriy axborot hajmi va xarakteri samarali qaror qabul qilish uchun etarli bo‘lmaydi. Agar u tezkor, firma miqyosida prinsipial bo‘lmagan xarakterga ega bo‘lsa, ishga bevosita reklama bilan shug‘ullanuvchi xodimlar va boshqaruvchining shaxsiy tajribasi, intuitsiyasi yordam berishi mumkin. Risk darajasi yuqori, sarflanadigan mablag‘lar hajmi esa katta bo‘lgan hollarda samarali qaror qabul qilish uchun intuitsiya etarli bo‘lmaydi. SHu sababli reklama agentliklari marketing tadqiqotlari vositasida qo‘shimcha axborot olish yordamida risk darajasini pasaytirishni afzal ko‘radi. Bu tadqiqotlar reklama sohasida asoslangan qarorlar qabul qilish uchun o‘tkaziladigan maxsus tadqiqotlar natijasida olingan belgilangan doiradagi ma’lumotlarni to‘plash, tizimlashtirish va tahlil qilishga yo‘naltiriladi. Reklama tadqiqotlari marketing tadqiqotlarining bir turi hisoblanadi. Ular reklama strategiyasini shakllantirish va baholash, reklama kampaniyalari ishlab chiqish, ularni amalga oshirish samaradorligini nazorat qilish uchun mo‘ljallanadi. Bozor munosabatlari sharoitlarida agentlik faoliyati shunday tashkil qilinishi kerakki, u reklama beruvchi bilan mahsulot sotish dastlabki rejasini ishlab chiqish bosqichidayoq hamkorlik qilishni boshlasin.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling