A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet127/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

2-bosqichda esa quyidagi savolarga javob topiladi:

  • reklama kompaniyasini qanday olib borish kerak?

  • kim reklama kompaniyasini o‘tqazadi va uning o‘tkazilishiga kim javobgar bo‘ladi?

  • resurslarni qancha miqdorda va qaerda taqsimlash mumkin?.

Mazkur bosqichda qo‘yilgan maqsadlar aniqlashtiriladi va aniq vazifalar qo‘yiladi.
Reklama kompaniyasining bevosita ishtirokchilari o‘z xodimlarining oxirgi tanlovi aniqlanadi hamda o‘z imkoniiyatlaridan kelib chiqib boshqa tashkilotlar (reklama agentliklari) va mutaxassislar jalb qilinadi.
Shu bilan birga boshqa tashkilot va boshqa mutaxassislarning imkoniyattlari va so‘rovnomalaridan foydalaniladi.
2-bosqichda reklama aksiyalarining yakunlovchi tanlovi, ularning bajarilish muddatlari, bajarilish joylari, shakllari hamda moliyaviy material va mehnat sarflariga bo‘lgan ehtiyojlar aniqlanadi.
Bu bosqichda bevosita reklama kompaniyasini o‘tkazish jarayoni boshlanadi: ya’ni, birinchi sinov savdo reklama savdolari, tuxfalar, tovarlar prezentatsiyasi, chegiralar, OAV laridagi reklama va hokazolar. Shu bilan birga bu bosqichda maqsadli bozor va harajatlar aniqlashtiriladi. Shundan so‘ng birinchi natijalar aniqlanadi, hamda reklama kompaniyasining samaradorligi aniqlanadi. SHuni aytish kerakki, bu bosqichda monitoringning ahamiyati juda katta hisoblanadi. Aynan monitoring natijalari asosida maqsad va vazifalar isloh qilinadi.
Monitoring – bu reklama kompaniyasini o‘tkazish paytida sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish va nazorat qilishdir. Reklama kompaniyasi doirasidagi u yoki bu reklama tadbirlari va aksiyalarining harajatlar smetasi isloh qilinadi.
Reklama kompaniyasining asosiy tadbirlaridan biri bu reklama tarqatish vositalarini tanlash hisoblanadi. Maqsadli auditoriyaga reklama axborotining etib borishi reklama vositasiga bog‘liqdir.
Reklama kampaniyasining maqsadi, strategik rejalashtirishdek, firmaning operatsion marketingi hamda tashkilotning barcha reklama faoliyati jarayonlarida qo‘yiladigan maqsad va vazifalari, tashkilotning marketing kompleksi kabi ajralmas qismlaridek bevosita chambarchars bog‘liqdir.
Reklama kampaniyasining umumiy ma’nodagi maqsadi bo‘lib, tashkilotning kelajakdagi holatini ideal prognozlash hisoblanadi.
Reklama kampaniyasining maqsadlari quyidagilarga bog‘liq:

  1. Tashkilotning faoliyat turiga;

  2. Tashkilotning qanchalik katta yoki kichikligiga;

  3. Tashkilotning iqtisodiy-xo‘jalik hamda jamoat tizimlaridagi o‘rni va roliga;

  4. Iste’molchilar manfaatlariga;

  5. Davlat boshgqaruvi va nazorat organlari manfaatlaiga;

  6. Korxona va tashkilotlar boshliqlari va xodimlari manfaatlariga.

Reklama kampaniyasining maqsadlarini aniqlashda aniq bir o‘zaro bog‘liqlik mavjud (1-rasm)



Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling