REJA:
1.O’zbekistonda reklama faoliyatini tartibga soluvshi me'yoriy hujjatlar. 2. Reklamaning maqsadi va vazifalari. 3.Reklamaga qo’yiladigan asosiy talablar. 4 Reklama beruvchi, tayyorlovchi va tarqatuvchining huquq va majburiyatlari. 5.Reklamaning turlari.
- Reklamaning maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
- - yuridik va jismoniy shaxslar yoki mahsulotlar to’g’risida axborot oqimini shakllantirish;
- - tadbirkorlik va iste'mol madaniyatini takomillashtirish;
- - reklamaning davlat va jamoat manfaatlariga, ahloq va ma'naviyatning umum e'tirof etilgan normalariga, yuridik va jismoniy shaxslarning ishshanlik obrusiga, atrof muhit holatiga tajovo’zidan himoyalanish choralarini ta'minlash;
- - mahsulotning harakteri, tayyorlanish usuli va joyi, iste'mol xususiyatlari, sifati va boshqa tavsiflari, uni realizatsiya qilish shartlariga ko’ra iste’molchilarni shalgitadigan yolgon yoki noaniq ma'lumotlar reklama vositasida tarqatilishining oldini olish.
- Reklamaga qo’yiladigan asosiy talablar.
- Qonuniylik, aniqlik, ishonchlilik, reklamadan foydalanuvchiga zarar, shuningdek ma'naviy zarar etkazmaydigan shakllar va vositalardan foydalanish reklamaga doir asosiy talablardir. Reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
- - ishlab chiqarilishi yoki realizatsiya qilinishi qonun hujjatlari bilan taqiqlangan mahsulot to’g’risida axborot tarqatish;
- - jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeiga qarab, boshqa holatlarga ko’ra kamsitish yoki o’zga shaxslarning mahsulotini badnom etish;
- - qonun hujjatlarining buzilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan, fuqarolarning sog’ligi yoki hayotiga va atrof muhitga zarar yetkazuvchi yohud zarar yetkazishi mumkin bo’lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e'tiborsizlik tuyg’usini uyg’otuvshi harakatlarga da'vat qilish;
- - majburiy sertifikatlashtirilishi zarur bo’lgan yoki ishlab chiqarilishi yohud realizatsiya qilinishi uchun maxsus ruhsatnoma (lisenziya) bo’lishi talab etiladigan mahsulotni tegishli sertifikata, lisenziyasi bulmay turib reklama qilish;
- - agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to’g’risidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo’lmasa, boshqa mahsulot reklamasida qo’llaniladigan umumiy echim, matn, tasvir, musiqali yoki ovozli ohanglarni aynan takrorlash, taqlid yoki o’hshatma qilish;
- - jismoniy shaxsning nomi yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;
- - pornografiyani tarqatish mumkin emas.
- reklama hususida shartnoma tuzish to’g’risida oshkora taqlif (ommaviy oferta) kiritish; - reklama tayyorlovchi va tarqatuvchi shartnomani asossiz ravishda bekor qilgan hollarda, etkazilgan zararning o’rnini va ma'naviy zararni qoplash to’g’risida da'vo bilan sudga murojaat qilish. Reklama beruvchi: - reklama tayyorlovchi va (yoki) tarqatuvchining talabiga binoan reklama axborotining ishonchliligini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishi; - agar reklama beruvchining faoliyati lisenziyalanishi zarur bo’lsa, mahsulotni yoki reklama beruvchining o’zini reklama qilayotganda tegishli lisenziyani taqdim etishi shart; - Reklama beruvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega bo’lishiva o’zga majburiyatlarni bajarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |