A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet53/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

televizion reklama e’lonlari – teleboshlovchi tomonidan o‘qib eshittiriladigan e’lonlar;

  • ko‘rsatuvlar o‘rtasida uzatiladigan reklama lavhalari – boshlovchi nutqi bilan birgalikda uzatiladigan, turli rasm va fotosuratlarni o‘z ichiga olgan qisqa muddatli rolikdir. odatda bu rolik kompyuter grafikasidan iborat bo‘lishi ham mumkin;

  • reklama telereportaj va teleko‘rsatuvlar – shou, viktorina, repor­taji, intervyular orqali amalga oshirilib, tovarlar va xizmatlar reklamasini ham bir vaqtda ta’minlab beradi.

    Televizion reklama murojaatlarining quyidagi turlarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin:

    1. Bevosita sotish. Teleboshlovchi o‘zi tovarni ko‘z-ko‘z qiladi va kichik matnni o‘qish orqali tovarni reklama qiladi. Odatda estrada tok-shoulari, teleo‘yinlar va sport reportajlarida keng foydalaniladi.

    2. Firma nomidan murojaat qilish. Ushbu usul firmaga aloqador bo‘lgan shaxs orqali ommaga murojaat qilishga asoslangan bo‘lib, u to‘g‘ridan-to‘g‘ri iste’molchilarga murojaat qiladi va tovarning afzallik jihatlarini reklama qiladi.

    3. Mutaxassislar va mashhurlar tavsiyasi. Ushbu usul estrada yulduzlari, taniqli aktyorlar, sportchilar va boshqa shaxslar yordamida tovarlar reklama qilinadi.

    4. Xaridordan intervyu olish. Reklamaning bu turi kam qo‘llanili, bunda mashhur kishilar emas, balki kundalik turmushida ushbu tovardan foydalanuvchi oddiy fuqarolar ishtirok etishadi. Intervyu orqali ulardan tovarning afzalliklari va ularning boshqa analoglaridan farqli jihatlari so‘raladi.

    5. Namoyish qilish. namoyish qilishning bir nechta ko‘rinishlari mavjud:

    • “foydalanishning xilma-xilligi”: tomoshabinlarga tovarning yangi xususiyatlari va jihatlari namoyish qilinadi;

    • “tovardan foydalanish”: ushbu tovardan qanday foydalanish mumkinligi, qanday ishlarni bajara olishligi namoyish qilinadi;

    • “oldin va keyin”:tovardan foydalanish natijalari namoyish qilinadi;

    • “zarurat”: tovarning xususiyatlaridan noqulay va ekstremal sharoitlarda foydalanish imkoniyatlari namoyish qilinadi;

    • “saralash musobaqa testi”: qaysi tovar yaxshi.

    1. Tovarlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqqoslanishini namoyish qilish.

    2. Sahnalashtirish, dramalashtirish: 30 yoki 60-sekund davomida namoyish qilinadigan mini-drama namoyishi.

    3. Musiqali reklama. Ma’lum bir musiqa yoki saundtrek tovarning afzalliklarini namoyish qiladi, videolavha esa tez-tez o‘zgarib turadigan qator sahnalardan iborat bo‘ladi.



    Download 0.81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   168




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling