A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet50/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Radioreklama. Radio tinglovchi bilan yuzma-yuz vaqt o‘tkazishni ta’minlab beruvchi vositadir. Radio – reklama beruvchilar uchun tezkor vosita bo‘lib, bu haqda reklama uzatilgan paytdayoq efir orqali bilish mumkin. SHuningdek, radioreklama tejamkor, kam vaqt talab qiluvchi va qulay reklamadir.
Radioreklama oson va beixtiyor qabul qilinadi. Uni nonushta vaqtida, avtomobil yoki poezdda, tushlik vaqtidagi tanaffus vaqtida ham tinglash mumkin.
Davomiyligi 30 sekunddan 1 daqiqagacha bo‘lgan radioreklamalar tez qabul qilinadi.
Gazeta reklamasidan farqli ravishda radio orqali reklama berish bir marotaba va kunning ma’lum rejalashtirilgan davrda amalga oshiriladi. SHu sababli maqsadli auditoriya ushbu vaqtda radio eshitishini e’tiborga olish kerak. Masalan, ertalab soat 8 ga qadar va kechqurun soat 8 dan keyin –ishchilar, xizmatchilar, talabalar; 9 dan soat 12 ga qadar uy bekalari, nafaqaxo‘rlar ko‘proq radio tinglashadi.
Radioreklama do‘kon reklamasi va do‘kondan tashqi reklamalarga bo‘linadi.
Do‘kondan tashqi reklama radiotranslyasion tarmoq orqali amalga oshirilib, ularga qishloq, shahar, tuman, viloyat, shuningdek, yarmarkalar, bozorlar, ko‘rgazmalardagi radiouzellarga bog‘lanishi mumkin.
Deyarli barcha tovar guruhlarini radio orqali reklama qilish mumkin. Ammo bunda tovarlarni tanlashga katta e’tibor qaratish lozim. Odatda eng ko‘p foydalaniladigan iste’mol va xo‘jalik buyumlari radio orqali reklama qilinganda samara beradi.
Radio vositasida reklama qilishning keng tarqalgan turlari quyidagilar:

  • radio e’lonlar - odatda radio boshlovchi tomonidan o‘qib eshittiriladigan e’lonlardir;

  • radiorolik – maxsus tayyorlangan diolog bo‘lib, musiqa hamohangligida va hazil-mutoyibani o‘z ichiga olgan radio syujetdan iborat bo‘ladi;

  • radio jurnallar – axborot-reklama xususiyatiga ega bo‘lgan tematik eshittirish bo‘lib, ayrim jihatlari tinglovchilar bilan bog‘lanishni ham nazarda tutadi;

  • radio reportajlar – ma’lum bir yarmarkalar, ko‘rgazmalar, tantanalar to‘g‘risida ma’lumot berish, savdo holati haqida reportajlarni o‘z ichiga oladi.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling