A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


-jadval Transport (tranzit) reklamasining afzalliklari va kamchiliklari


Download 0.81 Mb.
bet47/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

3.5-jadval
Transport (tranzit) reklamasining afzalliklari va kamchiliklari



Afzalliklari

Kamchiliklari

Tez ko‘zga tashlanadi va samaradorligi yuqori

Doimiy harakatdaligi bois ayrim hollarda uni tushunish qiyin (masalan yuk mashinalarining bortidagi reklama);

Transport reklamasi kunning aksariyat qismida iste’molchilarning nigohida bo‘ladi(sutkaning 16 -18 soati)

Atmosfera ta’siri(yomg‘ir, qor, shamol, quyosh nuri va shu kabilar)da sifati buzilishi, ayrim hollarda ko‘cha bezorilari tomonidan shikastlantirilishi mumkin

Aholining daromadli qatlamlariga tez tarqaladi;

Har doim ham o‘rinli bo‘lmaydi va ommabop emas

Aholi manzillari bo‘ylab tez-tez almashganligi bois sizning tovaringizni turli iste’molchilar guruhi ko‘rishi mumkin



Sotish joyidagi reklama. Sotish maydonchalaridagi reklama xaridorlarga oldin reklama qilingan tovarlarni izlab topish va xozirgi vaqtda reklama qilinmagan tovarlarni reklama qilish imkonini beradi.
Amalda savdo maydonchalari va do‘konlarning barcha maydoni tovarlarni sotish va namoyish qilishga mo‘ljallanganligini e’tiborga olishimiz zarur.
3.6-jadval
Sotish joyidagi reklamaning afzalliklari va kamchiliklari



Afzalliklari

Kamchiliklari

Bir vaqtning o‘zida reklama va sotishni amalga oshirish mumkin

Sotish joylarida reklama o‘zaro o‘xshash tovarlar joylashtirilganda samarasiz bo‘lishi mumkin

Bozorga yangi mahsulot kiritish uchun juda qulay

Sotish joyida reklama qilish arzonga tushadi.

Vitrinalar sotish joyidagi reklamaning shakli va do‘konning ichki va tashqi qiyofasini shakllantiruvchi mebel hamdir.


Tovarlarni vitrina orqali namoyish qilish OAV nisbatan ayrim quylaylik va ustunliklarini namoyon qiladi:

  • reklama bevosita savdo joyida amalga oshirilganligi bois unga hech kim to‘sqinlik qilmaydi;

  • vitrinlarda tovarlarni o‘z holicha ko‘rish mumkinligi bois uning rangi, shakli, funksiyalari to‘g‘risida tezda ma’lumot olish mumkin;

  • ko‘plab xaridorlarning mavjudligi bois tovarni mukammal o‘rganish mumkin.

Vitrinalarning quyidagi turlari mavjud:
Fasadli vitrinalar – do‘konning oynadan iborat old qismi, tashqi ko‘rinishi bo‘lib, odatda unga tovarlar qo‘yiladi.
Namoyish qiluvchi vitrinalar – xaridorlarni ma’lum bir tovarlar bilan tanishtirish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, hajmi
2,1 x 0,6 o‘lchamli shkafdan iborat. Bunday vitrinalar tovarlarning mavjud modellari, modifikatsiyalari va turli ranglari to‘g‘risida tanishish imkonini beradi. Namoyish qiluvchi vitrinalarning barcha tomonlari shaffof holda tayyorlanadi va tovarlar barcha tomondan xaridorlarga ko‘rinib turadi.
Savdo vitrinalari – o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga asoslangan bo‘lib, butun savdo zali bo‘ylab yoki sotuvchiga eng yaqin bo‘lgan seksiyaga joylashtiriladi. Har ikkala holda ham tovar xaridorlarga yaxshi ko‘rinishi, narx ko‘rsatkich va tovarning tavsifi bo‘lishi kerak.
Tovarlarning qadoqlanishi ham o‘ziga xos reklama xisoblanadi. Tovarlarning chiroyli va bejirim qilib qadoqlanishi takroriy xaridlarni ham rag‘batlaydi
Tovarlarning qadog‘i xaridorlarga quyidagi jihatlari bilan qiziqish uyg‘otadi:

  • tovarlarni zararlanishdan saqlashi;

  • tovarlarning bir marta foydalanish uchun kerakli miqdorini aniqlashga yordam berishi;

  • tovar haqidagi asosiy ma’lumotlarni tarqatishi;

  • tovarlarni tashish vositasi ekanligi;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishni osonlashtirishi;

  • ikkilamchi tovar sifatida foydalanish mumkinligi;

  • foydalanish, pishirish va iste’molda qulaylik yaratib berishi;

  • estetik nuqtai nazardan jozibadorligini oshirishi;

  • boshqa maqsadlarda foydalanish uchun (shunday tovar qadoqlari mavjudki, xaridorlar ularni tovarisiz sotib olish imkoni yo‘q).

Tashqi reklamalarni nafaqat reklama vositasi sifatida, balki shahar me’morchiligini shakllantirish, ko‘chalarni yoritishda ham foydalanish mumkin.
Teleko‘rsatuv kabi tashqi reklamaning ham ko‘p sonli auditoriyasi mavjud.
Tashqi reklama vositalariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

  • tez-tez ko‘zga chalinishi;

  • kishilarni o‘ziga jalb qilishi;

  • qisqa bo‘lishi;

  • tushunarli bo‘lishi;

  • harakatlanish chog‘ida tez o‘qish mumkinligi.

Tashqi reklama vositalari quyidagi belgilariga ko‘ra tasniflanadi:


  1. Download 0.81 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling