A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Telereklama, radioreklama va audiovizual reklama


Download 0.81 Mb.
bet49/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

5.4. Telereklama, radioreklama va audiovizual reklama.
Audiovizual reklama o‘z ichiga kino va video film hamda slayd filmlarni oladi.
Kino va video filmli reklamadan tijorat maqsadida va notijorat maqsadida foydalaniladi. Tijorat maqsadida badiiy filmlar taqdimotida seanslar vaqtida kinoteatrlarda yoki televideniyada taklif etiladi, notijorat yo‘nalishda prezentatsiyalar, seminarlar, press-konferensiyalar, yarmarkalarda taqdim etiladi. Kino va videofilmlar ikki turda bo‘ladi: reklamali roliklar va filmli reklamalar.
Reklama roliki – qisqa film (15 soniyadan bir necha daqiqagacha davom etuvchi) aholining keng qatlamiga mo‘ljallangan. Mehmonxona va uning xizmatlari aks ettirilgan film.
Filmli reklama – (5 daqiqadan to 20 daqiqagacha davom etuvchi) ilmiy-ommabop janrda yaratiladi. Filmli reklamada multiplikatsiya, kompyuter grafikasi va o‘yinli kinolardan foydalaniladi. Bunday filmlar asosan yarmarka va ko‘rgazmalarda, prezentatsiya, press-konferensiyalar, ish yuzasidan uchrashuvlarda foydalaniladi.
Kino va telereklama. Reklamani bunday turida «tarqatilinish» (rasprostrenenie) va «qamrab olish» tushunchalarini qat’iyan chegaralab olish lozim.
«Qamrab olish» da eshittirish stansiyasini potensial auditoriyasi, «tarqatilish» da esa ayni vaqt davrida teletomoshabinlarni xaqiqatdan o‘rtacha soni tushuniladi.
Televidenieda reklamani ko‘p usullari mavjud, lekin eng asosiylari bo‘lib, eshittirish dasturlarini moliyalashtirish yo‘li bilan reklama, qat’iy belgilangan vaqt davrida ko‘rsatiladigan firmani reklama roliklari, ayrim reklama e’lonlari hisoblanadi.
Eshittirish dasturlarini moliyalashtirish yo‘li bilan reklama reklamaberuvchiga qator afzalliklarni beradi. Avvalambor u va uni tovari reklama auditoriyasini ko‘zida ahamiyatli nufuzga ega bo‘ladi.
Hamma yaxshi tushinadi, agar firma eshittirishlarni moliyalashtirishni bajarsa, unda uning ishi yaxshi ketadi.
Lekin, dasturlarni ssenariysi shunday ishlab chiqarilgan bo‘lishi kerakki, u reklama beruvchiga to‘g‘ri kelishi, uning tovari xarakteriga mos kelishi va reklama qilinayoigan tovarni (turistik mahsulotni) prespektiv iste’molchilari bo‘lmish shaxslarni didlarga javob beradigan.
Eshittirish dasturlarini moliyalashtirish reklama beruvchiga bozorni yangi segmentlarini jalb qilishga imkoniyat beradi, shu bilan birga uni tovarga bo‘lgan taklifni kengaytiradi.
Bu reklama beruvchiga yana bitta afzallik beradi, ya’ni uni yordamida vositachilar orqali turistik mahsulotni o‘tkazishni rag‘batlantiradi.
Reklamani ushbu turida muhim detal- bu dasturni tanlash.
Eng avvalo, dastur o‘zining mazmuni bo‘yicha reklama qilinadigan tovarni potensial iste’molchilarning didlariga javob berishi kerak.
Tabiiy, reklama beruvchi reklama qilinuvchi xizmat bilan qiziqib qolishi mumkin bo‘lgan shaxslardan iborat auditoriyaga murojaat qilishni istaydi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling