A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Nazorat va muxokama uchun savollar


Download 0.81 Mb.
bet57/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Nazorat va muxokama uchun savollar



  1. Reklama vositalari to‘g‘risida tushuncha bering.

  2. Reklama vositalari qanday begilari bo‘yicha tasniflanadi?

  3. Bosma reklama, uning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida tushuncha bering.

  4. Tashqi reklama va uning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat?

  5. Matbuot reklamasi, uning afzalliklari va kamchiliklari to‘g‘risida gapirib bering.

  6. Bosma reklama, uning afzalliklari va kamchiliklari to‘g‘risida gapirib bering.

  7. Telereklama reklama, uning afzalliklari va kamchiliklari to‘g‘risida gapirib bering.

  8. Radio reklama va audiovizual reklamasi to‘g‘risida tushuncha bering.

  9. Ko‘rgazma va yarmarkalar, ularning mohiyati va axamiyati to‘g‘risida ma’lumot bering.

  10. Xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalarning reklmadagi o‘rni to‘g‘risida gapirib bering.


6- BOB. REKLAMA DIZAYNI VA REKLAMANING TASVIRIY
TARKIBIY QISMLARI


6.1. Reklamada dizaynning o‘rni. Reklama dizayini jarayoni. Reklama dizayiniga qo‘yiladigan talablar
Dizayn so‘zi inglizcha “design” so‘zidan olingan bo‘lib – “loyiha”, “chizma”, “rasm” degan ma’nolarni anglatib, narsalar muhitini estetik va funksional sifatlarini shakllantirishga qaratilgan loyihalash faoliyati turlaridan biridir. Dizayn faoliyati tarkibiga keng iste’mol buyumlari, mashina, dastgoh, kiyim, ishlab chiqarish, jamoat va turarjoy binolarini jihozlash, mebel, shu jumladan reklama ham kiradi.
Dizayn XX asrning boshlarida yuzaga kelib, 30-yillarda maxsus faoliyat turi sifatida AQSH va G‘arbiy Evropada shakllandi. XX asrning 80-yillarini ikkinchi yarmidan dizayn faoliyatining doirasi ancha kengaydi.
Reklama dizayni jarayoni iste’molchining e’tiborini tortadigan va uni reklamaga qiziqtira oladigan yangi vositalarni muttasil izlashdan iborat. Dizayn – ijodiy jarayon, uning uslubi qarashlar yaxlitligi va ijodiy masalalar echimiga erkin yondashuvni ifoda etadi. Dizayn uslubi haqida gapirilganda, u did, me’yor va yaxlitlik bilan ajralib turishini qayd etish lozim. YAxshi uslub reklama qilinayotgan tovar va mijozning kimligidan qat’i nazar, bir xil kayfiyat va bir mavzuni saqlab turadi.
Reklamaning maqsadi – iste’molchini tovarni sotib olishga ishontirish. Reklama g‘oyasini shakllantirishda buni doimo yodda tutish kerak. SHuning uchun dizayner ma’lum bir manfaatni ko‘zlab emas, birinchi navbatda, o‘z mijozining muammolarini hal qilish haqida o‘ylashi lozim. Mijozning manfaatini unutish va sof tasviriy muammolarga mukkasidan berilish dizaynerni maqsaddan chetlashtiradi.
Dizayner reklama dizayni ustida ish boshlayotganda bir qator masalalarni hal qilishiga to‘g‘ri keladi. Avvalo, u reklama nimani: mahsulot, xizmat turi yoki g‘oyani taklif qilishi lozimligini aniqlaydi.
Dizayner quyidagi savollarga aniq javob berishi kerak:
- reklama beruvchi xaridorlarni saqlab qolishni xohlaydimi yoki uzoqqa mo‘ljallangan maqsadnimi?
- u yaqin maqsadni ko‘zlayaptimi yoki uzoqqa mo‘ljallangan maqsadnimi?
- reklama yagonami yoki turkum reklamalarning bir qismimi?
- uning mavzusi nima?
- reklama qanday iste’molchi segmentlariga mo‘ljallangan?
- maqsadli bozor iste’molchilariga qanday yondashgan ma’qul?
- qaysi reklama vositalari (bosma, matbuot: gazeta va jurnal, tashqi, internet)dan foydalangan ma’qul?
- tanlangan reklama vositalarining ijobiy va salbiy tomonlari nimalardan iborat?
- chop etishning qaysi usulini tanlagan ma’qul?
- badiiy bezak va shriftning xususiyatlari nimadan iborat?
- reklamaning byudjeti qanchani tashkil etadi?
- reklama kampaniyasi yilning qaysi vaqtida o‘tkaziladi?
Ba’zan reklama mahsulotning mavjudligi va uning bahosi haqida xabar berish bilan cheklanadi. Ammo, odatda dizaynerning oldiga murakkabroq vazifalar qo‘yiladi. Undan tovar haqida tarqalgan yolg‘on mish-mishlarni bartaraf etish yoki tovarni raqobatchilar tovaridan farqlash, o‘zgacha bir ko‘rinish berish yoxud iste’molchini tovarning qo‘shimcha funksiyalaridan xabardor qilish yoki iste’molchilar doirasini kengaytirishni so‘rashlari mumkin.
Dizayner shakl va mazmunga oid qarorlar qabul qiladi. Bunda dizaynerga, odatda, u bilan hamkorlikda ishlaydigan matnchi yordam beradi. SHakl tanlashda dizayner mutlaqo mustaqildir. U reklama uchun surat kerakmi yoki yo‘q, bu surat chiziladimi yoki foto shaklida bo‘ladimi, matn kerakmi yoki sarlavhaning o‘zi bilan kifoyalanish mumkinmi – bularning barchasini o‘zi hal qiladi.
Buyurtmachi bilan ish olib borishni bilish dizayner uchun katta ahamiyatga ega. Buyurtmachi, masalan, dizaynerni reklamaga xunuk tovar belgisini kiritishga majbur qilishi mumkin. Buyurtmachi reklamaning juda jo‘n shaklda bo‘lishini, mazkur mijozning avvalgi reklamalariga nisbatan didsiz bezalishini talab qilishi mumkin va h.k. Bunday holatlar amaliyotda ko‘p uchraydi va dizayner yuzaga chiqayotgan nizoni yumshatishga va reklama buyurtmachilarga reklamaning ta’sirchanligini susaytiradigan ortiqcha holatlarga hojat yo‘qligiga ishontirishi lozim bo‘ladi.
Reklama va dizaynda ijod bir qarashda biron umumiyligi bo‘lmagan narsalar orasida bog‘liqlik topish salohiyati bilan belgilanadi. Reklamachilar ijod jarayonini “aqliy hujum”dan boshlash ma’qul, deb hisoblaydilar. Bu usulga ko‘ra, ijodiy xodimlar guruhi yig‘ilib, tasavvur etish qiyin bo‘lgan g‘oyalarni o‘rtaga tashlab, bir-birlarining tasavvurini “o‘t oldiradilar”. Bir g‘oya boshqasining paydo bo‘lishiga turtki bo‘ladi, mutlaqo kutilmagan tasavvurlarga erk beriladi. Bunday “aqliy hujum” ishtirokchilarining yagona maqsadi – eng qiziqarli echimni topishdan iborat.
Dizayner boshqa reklama firmalarining modellari, qayta ishlanmalari va dizaynini o‘rgatishi, ulardan o‘z reklamasi uchun ba’zi qiziqarli jihatlarni o‘zlashtirib olishi mumkin – buning e’tirozga loyiq jihati yo‘q. Har bir rassom, boshqa rassomlarning reklamalaridan o‘z fikrlari va tasavvurlariga mos keladigan topilmalarni yig‘adi. U o‘zgalarning ishlarini tahlil etish, qiziqarli namunalarni tanlash va yig‘ish ijodiga ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz. Bir marta yaxshi samara bergan badiiy echimlar boshqa rassmolarning ishlarida takrorlanadi va buni hech kim o‘g‘irlik hisoblamaydi.
Reklama dizayni ustida ishlayotgan rassom o‘z ijodi qaysi darajaga taalluqligidan qat’i nazar, nazariy jihatdan to‘rtta bosqichdan o‘tadi:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling