A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Download 0.81 Mb.
bet44/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Reklama varaqalari. Bir varaqda chop etiladi, bir rangli va ko‘p rangli, illyustratsiyalar bilan yoki faqat matn materiallari bilan bo‘lishlari mumkin. Ko‘pincha ko‘rgazma, yarmarkalarda qatnashchilarga tarqatish uchun qo‘llaniladi. Korxonalar halqaro yoki mintaqaviy yarmarkalarda ishtirok etganda ishtirokchilarga tarqatadi.
Kataloglar. Qisqa tushuntirish va narxlari bilan mahsulot va xizmatlarni katta ro‘yxatini reklama qiluvchi chop etilgan nashrlar.
Korxona faoliyatida - bu, keyingi mavsum uchun taklif qilinadigan dasturlar haqidagi ko‘pchilik savdo agentlarni kataloglari. Oddiy iste’molchilar uchun kataloglar ko‘rgazmalarda tarqatilishi mumkin, lekin odat bo‘yicha (bu aksiyani qimmatligi tufayli) savdo agentlari va ulgurji sotuvchilar orasida tarqatiladi.
Afishalar. Katta illyustratsiyalardan foydalanadigan katta o‘lchamli reklamali ko‘p rangli nashrlar. Afishalar ko‘pincha ko‘chalarda ishlatiladi, shuning uchun suvdan himoya qatlamiga ega.
Preys-list. Korxona tovarlari illyustratsiyasiz va ular narxini ro‘yxati.
Press-reliz. Reklama maqsadida foydalanish uchun o‘tkazilgan u yoki bu aksiya haqida hisobot.
Kalendarlar, aplikatsiyalar, tamg‘alar, ruchkalar va boshqa mayda sotish yoki reklama aksiyalarini o‘tkazish joyida topshirish uchun foydalanadigan mahsulotlar.
5.3. Tashqi reklama va uning asosiy xususiyatlari


Tashki reklama. SHahar va aholi punktlarining ko‘chalari va maydonlaridagi barcha reklama. Tashqi reklamani mohiyati eslatishdan iboratdir. Tashqi reklama reklama kompaniyasini boshlab yuborishi mumkin emas. U kompaniyani davom ettirishi va tugatishi mumkin. Bu hammasi tashqi reklamani xususiyati bilan bog‘liq: ko‘chada keta turib uni ko‘rishadi, bir zumda qabul kilinadi. SHuning uchun unga ayniqsa ravshanlik va kengaytirilgan o‘lchamlar, aniqlik va reklama matnlarini ko‘zga tashlanishiga bo‘lgan talablar.
Tashqi reklama reklamaning eng qadimgi shakli bo‘lib, bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Tashqi reklamaning asosiy funksiyasi OAV tarqatilgan reklamani to‘ldirish va mustahkamlashga yordam berishdir. Tashqi reklama kishilar bilan yuzma-yuz to‘qnash kelganligi bois, millionlab auditoriyaga mo‘ljallangan.
Tashqi reklama – bevosita yoki bilvosita foyda (daromad) olish maksadida yuridik yoki jismoniy shaxslar, mahsulot, shu jumladan tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va texnologiyalar to‘g‘risida har qanday shaklda va har qanday vositalar yordamida qonun hujjatlari bo‘yicha tarqatiladigan maxsus axborotdir. Tashqi reklamaga alohida maxsus konstruksiyalarda, taxtalavhalarda, ekranlarda, binolarda, inshootlarda, yo‘l chekkalarida, ko‘cha yoritgichlarining tayanchlari va hokazolarda joylashtiriladigan reklama kiradi.
Tashqi reklamani joylashtirish tartibi mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida belgilanadi.
Muayyan shaxs egallab turgan binoning tashqi tomonida, binoga kirish joyida shu shaxs to‘g‘risida joylashtirilgan yoki mazkur shaxsning mahsuloti haqida shu bino vitrinasidagi axborot (peshlavha) reklama hisoblanmaydi va buning uchun mahalliy davlat hokimiyati organlarining ruxsatini olish talab etilmaydi. Tashqi reklamani ko‘cha yoritgichlarining tayanchlarida hamda ko‘cha va yo‘llar qatnov qismi uzra joylashtirish xavfsizlik texnikasi talablariga rioya qilgan holda va yo‘l belgilari, svetoforlar, chorrahalar, piyodalarning o‘tish joylari, umum foydalanishdagi transport vositalari bekatlarini to‘sib qo‘ymagan holda, shuningdek bunday reklama yo‘l belgilari va tasvirini takrorlamagan (yoki aynan taqlid qilmagan) taqdirda amalga oshiriladi. Xorijiy mamlakatlarda tashqi reklama boshqa reklama vositalariga nisbatan sezilarli ahamiyatga ega. Tashqi reklama vositalariga ko‘cha reklamasi, transport reklamasi va yorug‘lik reklamasini kiritishimiz mumkin.
Tashqi reklamaning imkoniyatlari birmuncha cheklangan. SHu bois u tovar va xizmatlar, firmalar to‘g‘risida iste’molchilarga eslatib turadi, holos. Bunday reklamaning murakkab jihati kishilar uni bir ko‘rishdayoq g‘oyasini anglashidir. Tashqi reklamalar AQSH, YAponiya, Xitoy, Italiya, Belgiya, Fransiya kabi mamlakatlarda asosiy o‘rinda turadi va shahar me’morchiligi bilan o‘zaro uyg‘unlashib ketgan.
Tashqi reklamani afzalligi shundan iboratki, u potensial haridorni to‘satdan va ayni daqiqada, qachonki u harid qilishga, tijorat qarorini qabul qilishga tayyor bo‘lganda, quvlab etadi. Barcha tashqi reklama beruvchilarni bitta savol qiziqtiradi: Kaerda?
Bu tabiiydir, chunki shaharni har bir uchastkasi nufuz bahoga ega.
Neon. Ko‘chalar va maydonlardagi yoritilgan reklama. Neon va boshqa inert gazlar, lazer texnikasi, turli xil nur o‘tkazgichlar qo‘llaniladigan turli xil texnika vositalarini katta miqdori paydo bo‘ldi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling