A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


-guruh. Firma imijini shakllantirishga qaratilgan maqsadlar


Download 0.81 Mb.
bet40/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

1-guruh. Firma imijini shakllantirishga qaratilgan maqsadlar. Bu maqsadlar reklamaning iste’molchilarni tovar yoki xizmatlar bilan tanishtirish, ularning maqsadliligi, asosiy xususiyatlari to‘g‘risida axborot berishdir. Bunday reklamalar keng qo‘llanilib, odatda strategik maqsadlar uchun qo‘llaniladi. Firmaning imijini shakllantirishga qaratilgan teleko‘rsatuv va radiodagi reklama roliklari, reklama lavhalari, transport reklamasi, taniqli gazeta va jurnallar, xomiylik aksiyalarida ishtirok etish kabilar qo‘llaniladi.
2-guruh. Reklamani rag‘batlantirishga qaratilgan maqsadlar. Asosiy e’tibor sotishni rag‘batlantirishga qaratiladi. Rag‘batlantirishga qaratilgan maqsadlar bir vaqtning o‘zida firma imijini shakllantirishga ham xizmat qilib, jamoatchilikda firma yoki tovarga nisbatan qiziqish uyg‘otadi. Sotishni rag‘batlantirishga qaratilgan reklama vositalari sifatida Gazeta va jurnallarda tez-tez takrorlanadigan murojaatlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri pochta tarqatmalari, radio orqali reklama, ko‘rgazmalarda ishtirok etish, telereklamadan keng foydalaniladi.
3-guruh. Tovar va xizmatlar sotilishini barqarorlash-tirishga qaratilgan maqsadlar (3, 7). Bularga firma va tovar haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi yashirin reklama, ko‘rgazmalarda ishtirok etish, firmaning yillik xisobotlarini nashr qilish, tantanali sanalarni nishonlash ( firmaning tug‘ilgan kuni, 1000 –chi tovar partiyasi, 1000-chi xaridor va boshqalar) kiradi.


5.2. Bosma reklama, uning mohiyati va mazmuni

Bosma nashrlar reklama eng ko‘p qo‘llaniladigan reklama turi va vositasi hisoblanib, butun dunyo bo‘ylab keng tarqalgan. Odatda unga gazeta va jurnallardagi reklamalar kiritiladi.


Gazeta reklamasi. Gazetalar milliy axborot vositasidir. Bugungi kunda gazetalar ko‘plab OAVlar maqsadli aditoriya ulushi uchun raqobatlashmoqdalar. Reklama beruvchilar yoki reklama agentliklari endilikda gazetalar orasidan sotish joyi, vositalarini tanlab olish imkoniyatiga egadirlar. Maqsadli auditoriya ham yangiliklar to‘g‘risida televizor yoki ra­dioda tez xabar topishi mumkin. YAnada aniqroq ma’lumotlarni esa raqamli va kabelli kanallar orqali batafsil oladilar. Buning natijasida kundan-kunga gazeta o‘quvchilar soni kamayib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra bugungi kunda butun dunyo bo‘yicha kundalik gazetalar soni XIX asrga nisbatan to‘rt marta kamaygan.
Dastlab kompterlarning kirib kelishi, ofset usulda chop etish, elektron kutubxonalar va keyingi paytlardagi sun’iy yo‘ldosh orqali xabarlarni tarqatish gazetalarning ixtisoslashuviga olib keldi. Nihoyat gazetani chop etish va tarqatish bilan bog‘liq xarajatlarning ortib borishi gazetalarning ma’lum tarmoqqa aylanishini tezlashtirdi. SHu bois bugungi kunda gazetalar soni qisqarishi bilan nashriyotlar soni ko‘payib bormoqda.
SHunga qaramasdan gazetalar demografik talablar bo‘yicha bugungi kunda eng ulug‘vor va puxta ishlangan reklama vositasidir. OAVdan bugungi kunda daromadi, ma’lumoti, yoshi, jinsi, millati va boshqa xususiyatlariga ko‘ra farqlanuvchi, yirik shaharlar, shahar atrofi, chekka qishloq, kurort va mehmonxonalarda yashaydigan barcha kishilar foydalanadilar.
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra dunyo aholisining 2/3 qismi dam olish kunlari gazeta o‘qish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Oyning oxirgi yakshanbasiga kelib gazeta o‘quvchilar soni 88 foizga oshadi va o‘rtacha xisobda har bir gazeta o‘quvchi dam olish kunlari 62 minut vaqtini gazeta o‘qishga sarflaydi. Erkaklar kundalik dolzarb axborotlarni o‘qishni yoqtiradilar va ko‘proq sport, siyosiy va moliyaviy bo‘limlarga ko‘proq qiziqadilar. 35 yoshdan oshgan ayollar doimiy ravishda yangiliklarni o‘qiydi, 30 yoshgacha bo‘lgan ayollar esa turli komiks, televizion bukletlar, moda va kosmetik bo‘limlarni o‘qiydilar.
Gazetalarni o‘qish aholining ma’lumot darajasiga ham bog‘liq. Er yuzida 18 yoshdan 24 yoshgacha bo‘lgan aholilar umumiy aholining 27 foiz tashkil qiladi va ular gazetalarni kam mutolaa qiladi, 25 yoshda 34 yoshgacha aholi 17 foiz tashkil etgan holda ular tez-tez gazeta o‘qiydi, 35 yoshdan 44 yoshgacha bo‘lgan aholi 17 foiz tashkil etib, haftaning dam olish kunlari gazeta o‘qish bilan mashg‘uldirlar. 45 yoshdan 64 yoshgacha aholi 29 foizni tashkil etadi va muntazam ravishda gazeta o‘qish bilan mashg‘ul.
Gazetalarda quyidagi reklama turlari mavjud bo‘ladi:

  1. Sarlavhali reklama. Deyarli barcha gazetalarda mavjud bo‘lib, gazetalarning ma’lum bir sahifasi ularga bag‘ishlangan bo‘ladi. B sahifa gazeta o‘quvchilarga qiziqarli bo‘lgan barcha turdagi reklama murojaatlarini o‘z ichiga oladi. Masalan, “Sotiladi”, “Ko‘chmas mulk auksionlari”, “Avtomobillar”, sarlavhali reklamalar ularni joylashtirish bilan bog‘liq daromadning 40 foizni tashkil qiladi. Doimiy sarlavha reklamalar odatda asosiy sarlavhada va ma’lum bir sahifada joylashtiriladi yoki qo‘shimcha sahifa sifatida kiritiladi.

  2. Maket reklama. Maket reklama har qanday gazetada har qanday joyda joylashtirilishi mumkin. Maket reklamalar milliy va xalqaro reklamalarni o‘z ichiga olib odatda kichik hajmni egallaydi. Maket reklamaning afzallik jihat uning narxining differensiallashuvi yoki narx diskriminatsiyasining mavjudligidir. AQSHda maket reklama berish boshqa gazeta reklamalariga qaraganda 75 foiz ko‘proq va ularning 95 foiz tiraji 250000 dan ko‘p bo‘lgan gazetalarda chop etiladi.

  3. Ilovalar. Mahalliy rang-barang reklama ko‘rgazmasi bo‘lib, bunday reklamalar gazetaning davriyligiga qarab kelgusi oy, yoki haftada chiqariladigan tovarlarni reklama qiladi.

Har qanday gazeta gazetxonlar xati, teleko‘rsatuv va radioeshittiruvlar dasturi, kundalik munajjimlar bashoratini o‘z ichiga olishi ularni yanada jozibador qilib ko‘rsatadi. Agarda gazeta reklama qilinayotgan tovar yoki firma haqidagi maqolani ham chop etsa, reklama beruvchilar uchun bu yanada foydali bo‘ladi.
Gazetaning reklama vositasi sifatida afzalliklari bilan bir qatorda ayrim kamchiliklari ham mavjud (5.3-jadval)

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling