A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


-jadval Reklama vositalarining afzalliklari va kamchiliklari


Download 0.81 Mb.
bet39/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

5.2-jadval
Reklama vositalarining afzalliklari va kamchiliklari



Reklama vositalari

Afzalliklari

Kamchiliklari

Gazeta

Moslashuvchanligi, o‘z vaqtidaligi, mahalliy bozorni imkon qadar kengroq qamrab olishi, ishonchliligining yuqoriligi

Qisqa muddatliligi, ta’sir etish sifatining pastligi, qayta o‘quvchilar auditoriyasining sezilarsiz ekanligi

Teleko‘rsatuv

Tasvir, ovoz va harakatlarning birgalikda uzatilishi e’tiborni tez jalb qiladi

Narxning yuqoriligi, kam sonli auditoriyani jalb qilishligi, reklama bilan ortiqcha yuklanganligi, reklama aloqasining qisqa vaqt davom etishligi

Radio

Auditoriyani tanlash imkoniyati, ommaviy, geografik va demografik jihatlarni e’tiborga olish mumkinligi, ommaviy qo‘llash imkoniyati

Faqat tovushdan iborat ekanligi, teleko‘rsatuvga nisbatan kamroq samara berishi, reklama aloqasining qisqa vaqt davom etish

Jurnal

Geografik va demografik jihatlarni e’tiborga olish imkoniyatining mavjudligi, yuqori sifatliligi, ikkilamchi o‘quvchilarning mavjudligi

Reklama davri va xarid jarayoni o‘rtasida uzoq muddat o‘tib ketishi, ortiqcha tirajlarning mavjudligi va muayyan joylarda reklama qilishga mo‘jallanganligi

Tashqi reklama

Moslashuvchan, qulay narx va raqobatchilarning kamligi

Auditoriyani tanlash imkoniyatining yo‘qligi, ijodiy faoliyatning cheklanganligi

Reklama murojaatini ishlab chiqishda eng asosiysi auditoriyani qamrab olish miqyosi, reklama murojaatining almashinish chastotasi va ta’sir kuchini e’tiborga olishdir.


Qamrab olish miqyosi maqsadli auditoriya doirasida reklama murojaati tegishli bo‘lgan shaxslar nazarda tutilib, umumiy auditoriya soniga nisbatan foizlarda xisoblanadi.
Reklama murojaatining chastotasi tanlangan segmentda reklama murojaatining paydo bo‘lishi va almashinishi nazarda tutiladi.
Reklamaning ta’sir kuchi potensial xaridorlarga ta’sir qilish bilan izohlanadi. Masalan, teleko‘rsatuv auditoriyaga radioga nisbatan tez ta’sir ko‘rsatadi.
Ushbu jarayonda bozordagi vaziyatni chuqur tahlil qila olish, insonlarning axborotni qabul qilish nazariyasini ham puxta o‘zlashtirish muhim xisoblanadi.
Reklama murojaatining muvaffaqiyati uning kaerda va qachon nashr qilinishiga ham bog‘liqdir. Biror bir reklama vositasini tanlashdan oldin reklama tadbirlarining maqsadini aniqlash zarur. Reklama tadbirlarining asosiy maqsadlari quyidagilar bo‘lishi mumkin:

  1. Iste’molchilarning aniq tovar yoki xizmat haqida zarur bilim darajasini shakllantirish;

  2. Firmaning ijobiy imijini va unga nisbatan xayrixohlik ruhini shakllantirish maqsadida ijobiy tajriba va an’analarni yaratish;

  3. Tovar va xizmatlarni xarid qilish;

  4. Tovar va xizmatlarni aniq bir ishlab chiqaruvchi firmalardan xarid qilish zarurligiga ishontirish va undash;

  5. Tovar va xizmatlarga talabni shakllantirish va sotishni rag‘batlantirish;

  6. Tovar aylanmasini oshirish va aylanishini tezlashtirish;

  7. Mavjud iste’molchilarni tovar va xizmatlarning doimiy xaridoriga aylantirish;

  8. Raqib firmalar orasida ishonchli hamkor qiyofasini shakllantirish;

  9. Firma nufuzini zarur darajada saqlab turish.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, reklama tadbirlari chog‘ida yuqorida sanab o‘tilgan maqsadlar o‘zaro kesishishi mumkin ekan. SHu munosabat bilan ushbu maqsadlarni quyidagi uchta guruhga umumlashtirish mumkin:

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling