A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


Tarqalish ko‘lamiga ko‘ra


Download 0.81 Mb.
bet37/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

Tarqalish ko‘lamiga ko‘ra:

  • global (tarmoqli, butun jahon);

  • multimilliy;

  • umummilliy;

  • mintaqaviy;

  • shahar;

  • mahalliy.

Inson tomonidan his etilishiga ko‘ra:

  • vizual(peshlavhalar, chiroqli, bosma reklama);

  • og‘zaki (radioreklama, telefon bo‘yicha reklama);

  • hid sezishga oid (bo‘y taratuvchi varaqalar;

  • ta’m bilishga oid;

  • seziluvchan va boshq (tele, kino va videoreklama).

Mo‘ljaldagi auditoriya tipiga ko‘ra:
Biznes sohasiga mo‘ljallangan reklama – reklama qilinayotgan tovarlar dan butlovchi mahsulotlar sifatida foydalanayotgan ishlab chiqarish iste’molchilari uchun; sotish vositachilari va vositachilarning boshqa turlari uchun va h.k.;
YAkka tartibdagi iste’molchi uchun reklama.
Xaridorlarga ta’sir etishiga ko‘ra:
Ratsional – potensial xaridorlar va iste’molchilarni ma’lum bir ishonchli dalillar va asoslar keltirish orqali xabar beradi.
Emotsional – bunday reklama kishilarda xotiralarni uyg‘otadi. Bunday reklama kishilarning his-tuyg‘ulariga, hissiyotlariga beixtiyor ta’sir ko‘rsatadigan rasm, rang-tasvir va musiqalarni o‘z ichiga oladi.
Auditoriyaga ta’siri xususiyatiga ko‘ra:
Qo‘pol reklama – xususiyatiga ko‘ra sotishni rag‘batlantirish vositalariga yaqin bo‘lib, ular bilan birga qo‘llaniladi. SHakli bo‘yicha xaridorni reklama qilinayotgan tovarni sotib olishga majbur qilish maqsadida unga tajovuzkor tazyiq o‘tkazish, baland ovozda qichqirish, chorlash kabilar kiradi.
Engil reklama – faqat tovar haqida xabar berib qolmasdan, balki uning atrofida ijobiy muhit shakllantiradi. YUmshoq reklama xaridorlarning xissiyotiga ta’sir ko‘rsatish orqali tovarlarning sotilishini ko‘zda tutadi.
Asosiy maqsad va vazifalariga ko‘ra:
Imij reklama – tovar yoki firmaning qo‘lay imijini yaratish, raqiblar va hamkor firmalar o‘rtasida o‘zini tanitishga qaratilgan reklama. SHuningdek bunday reklama aynan shu tovar yoki firma to‘g‘risida ijobiy fikr uyg‘otishga xizmat qiladi.
Rag‘batlantiruvchi reklama – firma tovarlarini xarid qiluvchilarni rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, unda tovarning analog tovarga nisbatan muhim jihatlari keltiriladi.
Barqarorlashtiruvchi reklama – firma yoki tovarning bozorda yuqori mavqega ega ekanligini targ‘ib qilish va uning barqaror faoliyati to‘g‘risida xabardor etadi. Bunday reklamalar iste’molchilarning doimiy mijozga aylanishlarini maqsad qilgan bo‘ladi.
Ichki reklama– firma xodimlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularni sodiqlikka va firmaga bo‘lgan ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Buning asosiy vositalari firma gazetalari, joriy qilingan ijtimoiy qulayliklardir.
Sotishni kengaytirishga qaratilgan reklama – tovarlar sotilishini jadallashtirish maqsadida qo‘llaniladigan reklama.
Pand-nasihat qiluvchi reklama – iste’molchilarning aynan shu tovarlarni yoki aynan shu firma tovarlarini xarid qilishlari uchun turli ko‘rsatma, nasihat va tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi.
Taqqoslama reklama – odatda analog tovarlarni o‘zaro taqqoslashga qaratilgan bo‘lib, tovarning afzalliklarini ko‘rsatishga harakat qiladi.
Eslatuvchi reklama – xaridorlarga bozorda xuddi shunday yangi yoki sifatli tovar mavjudligi haqida tez-tez eslatib turadigan murojaatlardan iborat buladi.
Axborot beruvchi reklama – tovarlar, ishlab chiqaruvchi firmalar haqida doimiy axborot berib turadi.
Ortiqcha xarajatli reklama – juda katta xarajat talab qiluvchi o‘ziga xos reklama bo‘lib, raqiblarning mavqeini tushirishga qaratilgan bo‘ladi.
Mustahkamlovchi reklama – eslatuvchi reklamaning bir turi bo‘lib, iste’molchilarni va xaridorlarni to‘g‘ri qaror qabul qilganliklari to‘g‘risida eslatib turadi va bu bilan doimiy mijozlarni shakllantirib, munosabatlarni mustahkamlashni ko‘zda tutadi.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling