Elektr energetikasi
Download 1.91 Mb.
|
yoritish uzbek tajriba 3 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1 - Tajriba ishi Cho’g’lanma lampalarning xususiyatlarini o’rganish.
- Nominal kuchlanish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT KONCHILIK VA TEXNOLOGIYALAR UNIVERSITETI “ELEKTR ENERGETIKASI” KAFEDRASI TAJRIBA MASHG’ULOTLAR Navoiy 2023
Ishdan maqsad: CHo‘g‘lanma chiroqli yoritish uskunalarining asosiy yorug‘lik va elektrik xarakteristikalarini o‘rganish, cho‘g‘lanma chiroqlar yaratadigan yoritilganlikni o‘lchash va cho‘g‘lanma chiroqli yoritish uskunalari uchun yorug‘lik kuchi taqsimlanishining bo‘ylama egri chiziqlarini tuzishdan iborat. Nazariy qismCHo‘g‘lanma chiroqning asosiy elektrik va yorug‘lik xarakteristikalariga quyidagilar kiradi: nominal kuchlanish; elektr quvvati; yorug‘lik oqimi; yorug‘lik unumi; nurlanish rangi; o‘rtacha yonish muddati. Nominal kuchlanish – volt birligidagi tarmoq kuchlanishi bo‘lib, chiroqning normal sharoitda ishlashi uchun mo‘ljallangan kuchlanishdir. Umummaqsad uchun mo‘ljallangan cho‘g‘lanma chiroqlar yoritish tarmoqlarida standart kuchlanishlar sistemasiga asosan 127 va 220 V kuchlanishlarga ishlab chiqariladi. CHiroqlarning bir qismi 127 dan 135 V gacha, ikkinchi qismi esa – 220 dan 235 V gacha bo‘lgan kuchlanishlarga ishlab chiqariladi. CHiroqning elektr quvvati va yorug‘lik oqimi odatda mo‘ljallangan nominal kuchlanish uchun o‘rtacha kattaliklar sifatida ko‘rsatiladi. CHo‘g‘lanma chiroqning yorug‘lik oqimi chiroqning elektr quvvatiga va qizish jismi haroratiga to‘g‘ri bog‘langan bo‘ladi. CHiroqning yonishi jarayonida volfram ipining asta sochilishi bo‘ladi, bu ip diametrining kichrayishiga va uning qarshiligi oshishiga, demak chiroq quvvatining va yorug‘lik oqimining kamayishiga olib keladi. CHiroqning yonish davomidagi yorug‘lik oqimining kamayishi, yana volfram kukunlarining kolba devorlarida turib qolishi sababli, uning xiralashishi natijasida ham bo‘ladi. 1-rasm. CHo‘g‘lanma chiroqlar asosiy xarakteristikalarining kuchlanishga bog‘liqlik grafigi. SHuning uchun yorug‘lik oqimining dastlabki qiymatdan 15-20%-ga kamayishi hamda yorug‘lik oqimi va quvvatining nominal qiymatdan 5-10%-ga oshishi ruxsat etiladi. YOrug‘lik unumi cho‘g‘lanma chiroqning samaradorligini aniqlovchi kattalik bo‘lib, ushbu ifoda bilan aniqlanadi: bu erda, F – yorug‘lik oqimi, lm; R – chiroq quvvati, Vt. YOrug‘lik unumi chiroqning qizish jismi haroratiga to‘g‘ri bog‘langan bo‘ladi. CHiroqning o‘rtacha yonish davri birinchi navbatda yuqori harorat natijasida volframning qizish jismining sochilishi bilan aniqlanadi. Ilovada cho‘g‘lanma chiroq asosiy parametrlarining tarmoq kuchlanishiga bog‘lanishini ko‘rsatuvchi tenglamalar keltirilgan. 1-rasmda esa cho‘g‘lanma chiroq asosiy parametrlarining elektr tarmog‘i kuchlanishiga bog‘lanishi egri chiziqlari keltirilgan. Egri chiziqlardan ma’lumki, kuchlanishning oshishi chiroqning yonish muddatini ancha qisqartiradi, bu volframning sochilishi natijasida ip haroratining oshishi va uning tezda buzilishi bilan tushuntiriladi. 2-rasm.
Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling