Elektr energetikasi
Download 1.91 Mb.
|
yoritish uzbek tajriba 3 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-rasm. DRL turidagi gazrazryadli chiroqlar
CHo‘g‘lanma chiroqning samaradorligini oshirishga harakat qilish egizak spirallarni qo‘llashga olib keldi (bispiralli chiroqlar). CHiroqdagi gazning normal bosimi 0,1 mPa (600 mm.sim.ust.) dan oshmaydi. Gaz to‘ldirilgan chiroqlarning shartli belgisida G harfi, bispiralli ipi bor chiroqlarda –B harfi, kripton gazi bilan to‘ldirilganlarda esa K harfi bo‘ladi. Quvvati 150 Vtgacha bo‘lgan bir spiralli chiroqlar vakuumli qilib ishlab chiqariladi (shartli belgisida V harfi bor). YUqori bosimli simob chiroqlari («DRL») shishali kolba (2) ning ichiga joylashtirilgan kvarsdan yasalgan razryadli trubachadan tashkil topgan. Razryadli trubachaga ma’lum miqdorda simob va argon gazi kiritiladi, ular razryadli trubachani oxirlariga o‘rnatilgan elektrodning (3) ish sharoitini yaxshilash, hamda chiroqning yoqilishini engillashtirish uchun xizmat qiladi. Kolbaning ichki sirtiga lyuminafor surtilgan, u simob razryadining nurlanishini ko‘rinarli nurlanishga o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Sanoatimiz «DRL» chirog‘ining 6 xilini ishlab chiqaradi: 80, 125, 250, 400, 700 va 1000 Vt. CHo‘g‘lanma chiroqning yorug‘lik xarakteristikalari qizish jismining o‘lchamlari, chiroqning tuzilishi va qizish jismining harorati bilan aniqlanadi. Qizish jismining eng yuqori harorati u yasalgan metallning erish haroratidir. Haqiqiy harorat esa kichikroq olinadi (chiroqning kerakli yonish muddatini ta’minlash uchun). Ko‘pincha qizish jismining harorati: vakuumli chiroqlar uchun – 2400 K; gaz to‘ldirilgan chiroqlar uchun – 2900 K-ni tashkil qiladi. «DRL» chirog‘ining asosiy xarakteristikalari-chiroqning quvvati, yorug‘lik oqimi va o‘rtacha yonish muddati. «DRL» chirog‘ining o‘rtacha yonish muddati 7500 soatdan kam bo‘lmasligi kerak. Topshiriq YUqori bosimli simob chiroqlarining asosiy elementlari va ularning ulanish sxemalari hamda ko‘cha va sexlarning yoritish sxemalari bilan tanishish. CHo‘g‘lanma chiroqning tuzilishi va uning ulanish sxemasi, hamda xona ichini yoritish elektr tarmoqlarining sxemalari bilan tanishish. CHo‘g‘lanma chiroqlar va «DRL» chiroqlarining ulanish sxemasi elementlarining vazifasini aniqlash. CHiroqlarning elektr ulanish sxemasini chizish va yig‘ish. Tok, kuchlanish va quvvatni o‘lchash, hamda cho‘g‘lanma chiroqlar va «DRL» chirog‘i uchun volt-amper xarakterisikaslarini hisoblash va chizish. CHo‘g‘lanma chiroqlar va «DRL» chirog‘ining yorug‘lik oqimini va yorug‘lik unumini aniqlash. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling