Elektr energetikasi
Download 1.91 Mb.
|
yoritish uzbek tajriba 3 kurs
Ishni bajarish tartibiLyuminessent chirog‘i, PRA uskunasi va starterni tekshirish dastgohining ulanish sxemasini chizing (14-rasm). Tajriba ma’lumotlarini yozish uchun jadvallarning kerakli shakllarini tayyorlang. Lyuminessent chirog‘i va uning patronini tekshirishni amalga oshiring. Starterni soz yoki nosozligini tekshirib ko‘ring. Laboratoriya ishida ishlatilgan uskuna va asboblarning nomi va vazifalarini ko‘rsating. Laboratoriya ishi bo‘yicha yakuniy xulosalar qiling. Qisqa uslubiy ko‘rsatmaLyuminessent chiroqni tajriba dastgohiga o‘rnatishdan avval quyidagilarni tekshirish lozim: chiroqlar, chiroqlar uchun patronlar, starterlar, ishga tushirishni rostlovchi uskuna (PRA). Bulardan tashqari yoritish uskunasi sirtiga nisbatan tutashuv yo‘qligi ham tekshiriladi. Tekshirish uchun mo‘ljallangan dastgoh sxemasi rasmda ko‘rsatilgan. Dastgoh avtotransformator orqali o‘zgaruvchan tok elektr tarmog‘idan ta’minlanadi. Avtotransformator kuchlanishni 0-250 V bo‘lgan oraliqda o‘zgartirish imkonini beradi. Kuchlanish qiymati sxemada voltmetr yordamida ko‘riladi. Quvvatlari 40-80 Vt bo‘lgan chiroqlar uchun, D1, D2, D3 drossellari zaruriyat tug‘ilganda P qayta ulagich yordamida navbat bilan sxemaga kiritiladi. CHiroqlarni tekshirish Lyuminessent chiroq konsulli tutgichlarga joylanadi va patron orqali dastgoh sxemasiga ulanadi. Avtotransformator yordamida kerakli kuchlanish o‘rnatiladi. K2 tugmachasini bosib chiroq elektrodlarining cho‘g‘lanishi tekshiriladi. Soz chiroqlarning elektrodlari cho‘g‘lanadi. K2 tugmachasi qo‘yib yuborilgandan so‘ng chiroq yonishi kerak. YOnishning o‘rnatilgan holatida, o‘lchov asboblari yordamida, chiroq iste’mol qilinayotgan tok va uning elektrodlaridagi kuchlanish tekshiriladi. O‘lchov asboblaridan olingan qiymatlar zavod ma’lumotlari bilan solishtiriladi, ularning farqi 10-12% dan oshmasligi kerak. Agar K2 tugmasini bosganda chiroq elektrodlari nurlanmasa va KL1 tekshiruv chirog‘i yonmasa, unda elektrodlarning bir yoki ikkala ipi uzilgan va chiroq yaroqsiz deb hisoblanadi. Tugmasini ulangan holatda uzoq ushlab turish kerak emas, chunki elektrodlar ipi ortiqcha cho‘g‘lanish holatida ishlaydi va juda tez ishdan chiqishi mumkin. Agar elektrodlarning ikkala ipi ham butun bo‘lsa, lekin chiroq yonmasa (bu omborda uzoq saqlangan yangi chiroqlarda ham bo‘lishi mumkin), unda sxemaga zanjir tokini va elektrodlar qizishini oshiruvchi qo‘shimcha kondensator S kiritib, chiroqni yoqib ko‘rish kerak. Buning uchun, birinchi K3 tugmacha bosiladi, elektrodlar bir necha daqiqa qizigandan so‘ng K3 tugmacha qo‘yib yuborilmasdan KF3 tugmacha bosiladi. SHundan keyin, boshida K3 tugmacha, so‘ng KF3 tugmacha qo‘yib yuboriladi, bunda chiroq yonib ketishi kerak. CHiroq bir necha daqiqa yonib turgandan so‘ng undagi tok va kuchlanish tekshiriladi. Keyin chiroqni odatdagi usul bilan, ya’ni kondensatorlarni qo‘llamasdan, yoqib ko‘riladi va uning yaroqlik darajasi uzil-kesil aniqlanadi. Muvozanatlovchi drossel va chiroq elektrodlari bilan ketma-ket ulangan kondensator chiroq zanjirida oqayotgan tokka qanday ta’sir ko‘rsatishini quyidagi misolda ko‘rib chiqamiz. Berilgan ta’minlovchi tarmoq kuchlanishi Ut=220 V, sinaladigan chiroq quvvati R=30 Vt, chiroqning ishga tushirish toki J=0,44 A. CHiroqning ishga tushirish toki orqali drosselning induktiv qarshiligini (Xd) aniqlaymiz (elektrodlar qarshiligi kichik bo‘lgani uchun uni hisobga olmasa ham bo‘ladi): Sig‘imi S, mkF bo‘lgan kondensatorning sig‘imli qarshiligi Xs ni aniqlaymiz: Induktiv va sig‘imli qarshiliklar ketma-ket ulangan tarmoqdagi tokni aniqlaymiz: Xulosa: 0,44 A-dan 0,74 A-gacha ko‘tarilgan tok chiroq elektrodlarini tezroq qizdiradi, bunda elektronlar oqimi oshadi va chiroq tez yonadi. Sig‘imning qiymati chiroq quvvati bilan aniqlanishini aytib o‘tish lozim. Masalan, quvvati 40 Vt bo‘lgan chiroq uchun –S=5-6 mkF, 80 Vtli uchun esa 9-10 mkF da kerak. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling