Elektr energetikasi


Download 1.91 Mb.
bet11/30
Sana21.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1683715
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30
Bog'liq
yoritish uzbek tajriba 3 kurs

1 1-rasm. Lyuminessent chiroqning tuzilishi.
1-shishali kolba; 2-sokol; 3-sokolning ulanish chiqishlari;
4-elektrod; 5-lyuminafor qatlami; 6-simobli bug‘;


Topshiriq
1. Lyuminessent chiroq, lyuksmetrning tuzilishi va ish prinsipi bilan tanishing.
2. Lyuminessent chiroqlarning ulanish sxemasi bilan tanishing.
3. Lyuminessent chiroqning ulanish sxemasi elementlarining vazifasini aniqlang.
4. Lyuminessent chiroqlaridan foydalanish xususiyatlarini aniqlang (quvvat koeffitsientining kichikligi, “stroboskopik effekt”, yorug‘lik oqimi tebranishi sabablari va bu hodisalarni yo‘qotish vositalari).
5. Lyuminessent chiroqlarning bir fazali “antistroboskopik” sxemasini o‘rganing.
6. CHiroqlarning yorug‘lik oqimi va yorug‘lik unumini aniqlash usullari bilan tanishing.


Tajriba ishini bajarish tartibi va uslubi


1. Apparatlar, o‘lchov asboblari, chiroqlar va tajriba dastgohi elementlarining texnik ma’lumotlarini yozib chiqing. Tajriba dastgohi bilan tanishing va elementlarning vazifasini aniqlang.
2. 12- va 13-rasmlar bo‘yicha elektr sxemalarni chizing va yig‘ing, ularni ishga ulang va sxemalarning alohida elementlaridagi kuchlanish taqsimlanishini aniqlang.
3. Quyidagilarni o‘lchang:
a) I1 – ortda qoluvchi tok (g‘altakli chiroq)
I2 – ilgari ketgan tok (g‘altak va sig‘imli chiroq)
I – umumiy tok: I1 va I2 toklarning geometrik yig‘indisi.
b) tarmoq va chiroq kuchlanishi;
v) 1 va 2 chiroqlarning zanjiridagi aktiv quvvatlar (R1, R2) va ikkita chiroqning umumiy quvvati (R).
4. Quyidagilarni hisoblang:
a) 1- va 2-chiroqlarning zanjirdagi to‘la quvvatlari (S1S2) va ikkita chiroqning umumiy to‘la quvvati (S);
b) cos1, cos2, cos quvvat koeffitsientlari;
v) 1- va 2-chiroqlar zanjiridagi tok va kuchlanishlar orasidagi fazaning siljish burchaklari (1, 2, ).
5. Tajriba va hisob natijalarini 1-jadvalga kiriting.
6. Tok va kuchlanishlarning vektorli diagrammasini ma’lum masshtabda chizing. Toklarni o‘lchash va grafik tarzda aniqlash natijalarini solishtiring. Volt-amper xarakteristikalarini hisoblang va chizing.
7. Lyuminessent chiroqlarning yorug‘lik oqimini va yorug‘lik unumini hisoblang.
8. O‘rganilayotgan sxemaning afzalliklarini ko‘rsatib xulosalar qiling.
9. Bajarilgan ish bo‘yicha hisobot tuzing.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling