Elektr energetikasi
Hisobotni rasmiylashtirish tartibi
Download 1.91 Mb.
|
yoritish uzbek tajriba 3 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshiruv savollari
Hisobotni rasmiylashtirish tartibiHisobotda tajriba dastgohining qisqa bayoni va lyuminessent chiroqning ish prinsipi keltiriladi. O‘rganilayotgan sxema chiziladi. Tok va kuchlanishning vektorli diagrammasi ma’lum masshtabda quriladi. Toklarni o‘lchash va grafik asosida aniqlash natijalarining solishtirma tahlili keltiriladi. Lyuminessent chiroqning qoidalari g‘altak, hamda butun yoritish uskunasining volt-amper xarakteristikalari keltiriladi. YOrug‘lik oqimining chiroqqa berilgan kuchlanish qiymatiga bog‘lanish grafigi hisobotda keltiriladi. Ish natijalarining tahlili va xulosalar. 1-jadval
12-rasm. Ikki yoritgichli bir fazali ta’minotga ulangan lyuminessent chiroqlarning (2x20Vt) antistroboskopik ulanish sxemasi. 13-rasm. Lyuminessent chiroqlarning prinsipial ulanish sxemasi 2x20Vt. Tekshiruv savollariLyuminessent chiroqning tuzilishini tushuntiring. Lyuminessent chiroqning cho‘g‘lanma chiroqqa nisbatan afzalliklari qanday? Qanday maqsadda lyuminessent chiroqlar starter bilan ta’minlanadi? Lyuminessent chiroqning sxemasidagi g‘altakning vazifasi nimadan iborat? Lyuminessent chiroqning qanday xillari ishlab chiqariladi? Lyuminessent chiroqning ulanish sxemasidagi elementlarning vazifasi nimalardan iborat? Stroboskopik effektni qanday yo‘qotish mumkin? Lyuminessent chiroqning yorug‘lik oqimi va yorug‘lik unumi qanday aniqlanadi? Lyuksmetrning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntirib bering.
Ishning maqsadi: Lyuminessent chiroqli yoritish uskunalarining nosozliklari, ularni aniqlash usullari va ularni yo‘qotish vositalarini o‘rganish. Nazariy qism Lyuminessent chiroqli yoritish uskunalarining ulanish sxemalari uchun quyidagi nosozliklar belgilari mavjud bo‘lishi mumkin: 1. CHiroq ulanganda u yonmaydi, elektrodlar cho‘g‘lanmaydi. Buning sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin: a) yoritish uskunasi sxemasida nosozlik yoki «PRA» zanjiridagi ulanish; b) chiroq patronlarida ulanishning yomonligi; v) starterning nosozligi; g) elektrodlar ipining uzilishi yoki kuyib qolishi. Bularni tekshirish usuli: a) kuchlanish indikatori yordamida yoritish uskunasi sxemasidagi kuchlanishning bor-yo‘qligi tekshiriladi. Agar simlarda uzilish bo‘lmasa, PRA uskunasi nosoz bo‘ladi va u almashtiriladi; b) agar patronlarda kuchlanish bo‘lsa va kontaktlar yaxshi holatda bo‘lsa, unda starter almashtiriladi. Agar bunda ham yonmasa, unda chiroqni almashtirish kerak. 2. CHiroq ulanganda, chiroq eleektrodlari muntazam qiziydi, lekin chiroq yonmaydi. Buning sababi quyidagilar bo‘lishi mumkin: a) starterning nosozligi; b) sig‘im va starterning uzilishi; v) sxema simlari izolyasiyasining shikastlanishi; g) chiroq elektrodlarining emissiyasi, ya’ni elektron chiqarishning yo‘qotilishi. Nosoz starter kontaktlari bilan uzoq ishlash PRA uskunasining qizishiga va elektrodlarning kuyishga olib keladi. Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling