Elektr energetikasi


Download 1.91 Mb.
bet16/30
Sana21.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1683715
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30
Bog'liq
yoritish uzbek tajriba 3 kurs

14-rasm. Tajriba stendining prinsipial sxemasi

Har qanday chiroqda, ayniqsa yondirilishi qiyin bo‘lgan chiroqlarda, elektrodlaridan biri ishlamasligi mumkin. Unda tok faqat bir yo‘nalishda oqadi va «to‘g‘rilanish effekti» paydo bo‘ladi. Agar bir elektrodda elektronlar oqimi umuman bo‘lmasa, unda yorug‘lik oqimining davriy tebranishlar soni ikki marta kamayadi va noxush his-tuyg‘u uyg‘otadi.


CHiroqdagi «to‘g‘rilanish effekti»ni aniqlash uchun A2 o‘zgarmas tok ampermetri xizmat qiladi. CHiroq yonib turganda K1 tugmacha bosiladi, A2 va A1 ampermetrlarning ko‘rsatkichlari solishtiriladi. Agar A2 ampermetrning ko‘rsatishi A1 ampermetrning ko‘rsatishini 25-30%-iga etib borsa, unda chiroqda «to‘g‘rilanish effekti» bo‘ladi va u yaroqsiz deb hisoblanadi.
Starterlarni tekshirish:
Starterlarni tekshirish uchun P3 patroni va quvvati 15-20 Vt bo‘lgan KL2 tekshiruv chirog‘i xizmat qiladi. P qayta ulagichi kerakli holatga o‘rnatiladi. YAroqli startirda, uni tarmoqqa ulagandan so‘ng, elektrodlar tutashadi va KL2 chirog‘i ulanadi. Keyin startirning ishlab ketish jarayoni qaytariladi va chiroq lipillaydi.
Agar KL2 chirog‘i yonmasa yoki lipillamasa, unda startir yaroqsiz.
SHu dastgoh yordamida starterni qanday kuchlanishda ishlab ketishini tekshirish mumkin. Starterni P3 patroniga o‘rnatib, chiroqning lipillashi kuchlanishning qanday oralig‘ida boshlanishini va tugashini, kuchlanishni o‘zgartirib va V1 voltmetri yordamida o‘lchab, aniqlanadi. Tuzuk starter o‘zining kontaktlarini uning qisqichlaridagi kuchlanish 70 Vdan (tarmoq kuchlanishi 127 V) va 130 V dan (tarmoq kuchlanishi 220 V) oshganda yonadi (tutashtiradi).
Ishga tushirishni rostlovchi uskunani (PRA) tekshirish:
Ishga tushirishni rostlovchi uskunani tekshirish uchun PP qisqichlari xizmat qiladi.
P qayta ulagichi chetki o‘ng holatiga o‘rnatiladi. Agar PP qisqichlarining kontaktlari qisqa tutashtirilsa, unda KL3 chirog‘i to‘la cho‘g‘lanib yonadi. Agar butun PRA ning 1- va 2- qisqichlari PP kontaktlariga ulansa, unda chiroq chala cho‘g‘lanish bilan yonadi.
Agar PP kontaktlari qisqa ulansa, unda KL3 chirog‘i to‘la cho‘g‘lanish bilan yonadi. Agar chiroq to‘la cho‘g‘lanishga ega bo‘lsa, demak S kondensatorlari kuygan 3- va 4- oxirlarini chiroqdan uzib qo‘yish kerak.
PP kontaktlari 1- va 2- qismlarini ulab, KL3 chirog‘ining cho‘g‘lanishi yana tekshiriladi. To‘la cho‘g‘lanish, D drosseli chulg‘amida qisqa tutashuv borligidan xabar beradi. 3- va 4- qisqichlarning ulanishi chiroqning deyarli to‘la cho‘g‘lanishini beradi.


Sinov savollari
1. Stenddagi elementlarning vazifasini tushuntirib bering.
2. CHiroqni tekshirish uslubi qanday?
3. Patronlar, trubkalar, starter, PRA larning mumkin bo‘lgan nosozliklarini keltiring.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling