4.1.Masala
Umumiy maydonning yoritish normasi 25-30 Vt/m2 ni tashkil qiladi. Har kuniga 5 soatdan yonadigan stol lampasidan foydalanilsa 1 oyda qancha elektr energiyani tejash mumkin? Xona maydoni 16 m2.
Yechim:
Yoritish normasi bo`yicha lampochka quvvatini aniqlaymiz.
P=25-30 Vt/m2*16m2=400-480 Vt
Yuzasi 2 m2 bo`lgan stolni yoritish uchun 50-60 Vt yetarli.
Shunga asosan, kuniga 5 soat yonganida tejaladigan energiya:
[(400-480)Vt – (50-60)Vt ] – 5 soat = 1.75-2.1 kVt*soat,
Oyning 30 kunida 52.5 dan 63 kVt*soat gacha tashkil qiladi.
Elektr energiya tarifi bo`yicha 70 kop./ kVt*soat. Bu energiya narxi 36.75 dan 44.1nrublgacha turadi.
4.2. MASALA.
Keyin sovuydigan 1 choynak choydan ko`ra , 2 piyola choy qaynatish energetic nuqtai nazaridan qanchagacha foydaliroq.
Yechish.
Jismni qizdirish uchun kerak bo`lgan issiqlik miqdori uning massasiga va haroratning o`zgarishiga proporsional.
Q=cm ∆t
Bu yerda , Q – issiqlik miqdori; c – moddaning solishtirma issiqlik sig`imi; m – jism massasi; ∆t – Q issiqlik miqdori berilganda, hosil bo`ladigan temperaturaning o`zgarishi.
Shunga muvofiq isitiladigan suvning massasiga energiya sarfi proporsional. Agar choynakning hajmi 1.5 litr bo`lsa,2 piyola hajmi 0.4 litr choynakdagi suvni qaynatishga ketgan energiyasidan quyidagi % qaynaydi(0.4/1.5 – 100=26.6 %).
4.3. MASALA
Elektrkonforkaning samaradorligi unga idish maydonining 30%i tegib turganda qanchaga kamayadi?
Yechish
Issiqlik qarshiligi quyidagicha aniqlanadi.
Rt=l/λA
Bu yerda, l – issiqlik o`tkazgich uzunligi, m;
λ – issiqlik o`tkazgich materialining issiqlik o`tkazish koeffisenti, Vt/m*K
A – issiqlik o`tkazgichning ko`ndalang kesimi.
Issiqlik oqimi , Vt.
Bu yerda, ∆T – issiqlik o`tkazgichning oxirlaridagi harorat farqi, k;
Shunga asosan , agar 2 ta tegib turgan jismning yuzasi 30 %ini tashkil etsa, issiqlik qarshiligi maksimal qiymatning 30 %ini tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |