Aktiv elektr energiyani hisoblash
Oddiy simmetriyali, 3 fazali, 3 simli tarmoqlarda aktiv quvvatni o‘lchash 3 fazali 2 elementni aktiv kuvvatni o‘lchovchi o‘lchagich orqali amalga oshiriladi.
2.1-rasm.
a) Aktiv energiyani o‘lchash uchun ikki elementli schyotchikning ulanish sxemasi. b) tok va kuchlanishlarni vektor diagrammasi.
2.2 – rasm. a) simmetrik uch fazali, uch simli tarmošlarda aktiv energiyani o‘lchash uchun bir fazali schyotchikning ulanish sxemasi. b) tok va kuchlanishlarning vektor diagrammasi.
Hisoblagich diskini natijaviy aylanish tezligi, R aktiv quvvat qiymatiga proporsional bo‘lib quyidagi ifoda bo‘yicha aniqlanadi.
R = R1 + R2 (1)
Bu erda R1 - hisoblagich diskini natijaviy aylanish tezligiga proporsional bo‘lgan aktiv quvvat,
R2 - 2-element ta’siri ostida hisoblagich diskini natijaviy aylanish tezligiga proporsional bo‘lgan aktiv quvvat quyidagi vektor diagrammadan kelib chiqadi: (1-1,b-rasm)
P1=UABIA=(UA–UB)IA
P2=UCB IC=(UC –UB)IC
P1=UAIAcosjA–UBIAcos(120°–jA) =
PA -UBIAcos(120°-jA)
P2=UCICcosjC–UBICcos(120°+jC)=PC–UBICcos(120°+jC)
R=R1+R2=RA+RS+UB[-IAcos(120°-jA)-ICcos(120°+jC)]
Liniya 3 simli va 3 fazali bo‘lganligi uchun hamma fazalar tokining yig‘indisi 0 ga teng bo‘lishi kerak, ya’ni:
Ia + Ib + Ic = 0
vektor bilan hamma tok vektorlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri solishtirsak, quyidagiga ega bo‘lamiz:
P=PA+PC+UBIBcosjB=PA+PB+PC
bundan kelib chiqadiki, 3 fazali 2 elementli hisoblagichni 1‑rasmdagi sxema bo‘yicha ulasak, 3 fazali tizimning iste’mol qilayotgan aktiv energiyasini aniqlaymiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |