Elektr energetikasi


YOritilganlikni tajriba asosida aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi


Download 1.91 Mb.
bet4/30
Sana21.09.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1683715
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30
Bog'liq
yoritish uzbek tajriba 3 kurs

YOritilganlikni tajriba asosida aniqlash quyidagi tartibda olib boriladi:
1. 3-4 ta yorug‘lik manbalari bo‘lgan xonada 3-4 ta nazorat nuqtalari belgilanadi, bunda biri eng yuqori, ikkinchisi o‘rtacha va uchinchisi eng kam yoritilganlikka ega bo‘lsin.
2. Xona kunduzgi yorug‘likdan va begona yorug‘liklardan izolyasiya qilinadi.
3. Asbob fotoelementi o‘lchov nuqtalarida gorizontal holatda joylashtiriladi. Asbob galvanometrida ham gorizontal o‘rnatiladi.
4. Asbob ko‘rsatkichlari asosida har bir nazorat nuqtasidagi yoritilganlik uch marta qaytadan o‘lchanadi.
5. O‘lchash natijalari jadvalga kiritiladi.

YOritilganlikni hisob yo‘li bilan aniqlash uchun yoritilganlikning to‘g‘ri va qaytarilgan tarkiblarini aniqlashga asoslangan tekshiruv hisobi qo‘llaniladi. Hisob o‘sha yuqoridagi nazorat nuqtalari uchun olib boriladi.


Hisobni amalga oshirish uchun:
1. YOritgichning turini va uning FIK, quvvati va yorug‘lik oqimini bilish.
2. CHizg‘ich yordamida yoritgich o‘qining hisob yuzasidagi tasviridan nazorat nuqtasigacha bo‘lgan masofani o‘lchash.
3. Xonaning o‘lchamlarini (shift, pol va devorlar yuzasi) aniqlash.
4. Ma’lumotnomadan devor va shiftning qaytarish koeffitsientlarini aniqlash.
5. O‘rganilayotgan yoritgich uchun yorug‘lik taqsimlanishining egri chiziqlaridan foydalanib, gorizontal tekislikdagi har bir nazorat nuqtasi uchun barcha yoritgichlar yoritilganligining to‘g‘ri tarkibini hisoblash.
6. YOritilganlikning qaytarilgan tarkibini hisoblash.
7. Har bir nuqtadagi umumiy yoritilganlikni aniqlash va natijalarini jadvalga kiritish zarur bo‘ladi.

  1. Hisob natijalarini tajriba o‘lchovlari bilan solishtiring.



Lyuksmetrning tuzilishi bo‘yicha qisqa uslubiy ko‘rsatma

Asbob quyidagilardan iborat:


1. YOrug‘liksezgirlik qatlami 20 sm2 bo‘lgan K-20 turidagi selenli fotoelement bir yorug‘lik sezuvchi deyiladi. Selenli fotoelement qulay foydalanish uchun ulagichdan va olinadigan qopqoqdan iborat to‘g‘ri burchakli ramkaga joylashtirilgan. Pog‘onali yorug‘lik filtrlarini almashtirish qulay bo‘lishi uchun qopqoq qilingan va ramka qobig‘i bilan bog‘langan. Pog‘onali yorug‘lik filtrlari ikkita xira devorchalardan iborat, ularning orasida qora rangga bo‘lgan emulsiya qatlami joylashgan (yorug‘lik filtrlari yorug‘likning ko‘rinarli qismi uchun neytraldir).
Pog‘onali filtrlar to‘plami (3 ta) oq tunukali maxsus silindr qutida saqlanadi. Ob’ektning yoritilganligi 500 lk dan yuqori bo‘lganda pog‘onali filtrlar qo‘llaniladi. Har bir pog‘onali filtrga raqamli ko‘paytirgich to‘g‘ri keladi. Pog‘onali yorug‘lik filtrlarini tanlash o‘lchanayotgan yoritilganlik miqdoriga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
2. YOg‘ochli g‘ilofga joylashtirilgan magnit-elektr sistemali ko‘rsatkich galvanometridan.
Lyuksmetr yorug‘lik o‘lchovchi cho‘g‘lanma chiroq bo‘yicha darajalangan. Galvanometr shkalasi lyuksda darajalangan. YOrug‘lik filtrini ishlatmasdan o‘lchanadigan yoritilganlikning eng katta qiymati 500 lk ni tashkil qiladi.



Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling