Elektr energetikasi
Qisqacha uslubiy ko‘rsatmalar
Download 1.91 Mb.
|
yoritish uzbek tajriba 3 kurs
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tekshiruv savollari
- 2 - Tajriba ishi Galogen chiroqning xususiyatlarini o’rganish.
- Nazariy qism
Qisqacha uslubiy ko‘rsatmalar
1. Nominal kuchlanishga nisbatan ishlab chiqarish binolaridagi yoritish qurilmalari uchun kuchlanishning ruxsat etilgan chegaraviy og‘ish qiymatlari quyidagilar: -2,5 dan to +5%. 2. Manbaning yorug‘lik kuchi quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: J = E · r2 / sos α bu erda: E – yuza yoritilganligi, lk r - manbadan fotoelementgacha bo‘lgan masofa, m. α – yoritgich o‘qining aylanish burchagi, grad. 3. Hajm burchagi ∆ω quyidagi ifoda orqali topiladi. ∆ω = 2 π (cos α 1 – cos α2), 4. YOrug‘lik oqimini quyidagi ifodadan topish mumkin: F = Jα · ∆ω, lm bu erda: Jα hudud o‘rtasi uchun yorug‘lik kuchi (α1 va α2). 1-jadval
2-jadval
3-jadval
4-jadval
Tekshiruv savollari 1. CHo‘g‘lanma chiroqning tuzilishini va ish prinsipini tushuntiring. 2. Lyuksmetr qanday tuzilgan? 3. CHo‘g‘lanma chiroqning yorug‘lik va elektrik xarakteristikalarini keltiring. 4. YOrug‘lik kuchi taqsimlanishi egri chizig‘ining vazifasi, uni qurish va olish uslubi. 5. YOrug‘lik taqsimlanishining egri chizig‘i bo‘yicha manbaning yorug‘lik oqimi qanday aniqlanadi? Ilova: CHo‘g‘lanma chiroqning asosiy parametrlarini kuchlanish bilan bog‘lovchi tenglamalar: Quvvat bog‘lanishi: R/R0=(I/I0)8/5 YOrug‘lik oqimi bog‘lanishi: F/F0=(I/I0)3,6 YOrug‘lik unumi bog‘lanishi: N/N0=(I/I0)2 Xizmat muddati bog‘lanishi: T/T0=(I/I0)-14 Qizish jismi harorati bog‘lanishi: t/t0=(I/I0)1/3 Tok bog‘lanishi: J/J0=(I/I)3/5
Ishning maqsadi: Zamonaviy cho‘g‘lanma chiroqlar (CHCH) va rangi to‘g‘rilangan yuqori bosimli simobli chiroqlar (YUBSCH) qo‘llaniladigan yoritish uskunalarining tuzilishi bilan tanishish, hamda ularning ulanish sxemasi va asosiy texnik xarakteristikalarini o‘rganish. Nazariy qism CHo‘g‘lanma elektr chiroqlar va rangi to‘g‘rilangan yuqori bosimli simobli chiroqlar yoritish texnikasining turli sohalarida ishlatiladi. CHo‘g‘lanma chiroqlar juda keng tarqalgan sanoat mahsuloti bo‘lib, ular kuchlanishi, quvvati va bajarilishi bo‘yicha bir-biridan farq qiladi. Bunday chiroqning tashqi ko‘rinishi 5-rasmda ko‘rsatilgan. Diametri chiroqning quvvati bilan aniqlanadigan shishali kolba (1) atrofi havodan qizish jismini yakkalash uchun xizmat qiladi. U maxsus mastika yordamida sokolga (9) o‘rnatiladi. Kolba ichida chiroq «oyoqchasi» degan murakkab detal bor, u shishali shtabikni (5) tortadigan trubacha-shtengelni (8), likopchani (12) o‘z ichiga oladi. Bu detallar shishasining erishi natijasida tortadigan teshikli kurakcha (7) hosil bo‘ladi. U shtengelning ichki bo‘shlig‘iga ulangan. «Oyoqchaga», kirish yo‘llarining o‘rta qismlari ham kiradi; ularga kirish yo‘llarining ichki va tashqi qismlari (elektrodlar) ulanadi. SHtabikning (shishali o‘zak) yuza qismiga ilgaklar (3) kavsharlangan, unga spiral ipga o‘xshagan chiroqning qizish qismi (2) mahkamlangan. Qizish jismidan sokolga qarab uch qismdan tashkil topgan elektrodlar (kirish yo‘llari) ketadi. Qizish jismini tayyorlash uchun volfram metali qo‘llaniladi. SHishali kolbaning bo‘yniga flanets yordamida oyoqchaning likopchalari kavsharlangan. Kolba yordamida hosil bo‘ladigan bo‘shliq, zamonaviy cho‘g‘lanma chiroqlarning aksariyatida, inertli gaz yoki gazlar aralashmasi bilan to‘ldiriladi; shundan so‘ng u atrof-muhitdan yakkalanadi, shtengel esa kavsharlanadi. Qizish jismining yig‘ilganroqligini olish, volframning kukunlanish tezligini kamaytirish va gazda issiqlikning nisbiy isrofini kamaytirish uchun volframli simga spiral shakli beriladi va chiroq o‘qiga perpendikulyar bo‘lgan tekislikda ochiq halqa shaklida joylashtiriladi.
Download 1.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling