A. N. Samadov reklama faoliyatini tashkil etish


- BOB. REKLAMA TARQATISH VOSITALARI VA ULARNING QO‘LLANILISHI


Download 0.81 Mb.
bet36/168
Sana30.04.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1407277
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   168
Bog'liq
Реклама фаолиятини ташкил этиш КИТОБ

5- BOB. REKLAMA TARQATISH VOSITALARI VA ULARNING QO‘LLANILISHI


5.1. Reklama vositalari to‘g‘risida tushuncha. Reklama vositalari klassifikatsiyasi

Zamonaviy reklamaning juda ko‘p shakllari, turlari, maqsadi, vazifalari, funksiyalari, usullari va vositalari mavjud.


Reklama tashabbuschilarining turiga ko‘ra quyidagi reklama turlari ajratib ko‘rsatiladi:

  • ishlab chiqaruvchi tomonidan reklama – ishlab chiqaruvchining o‘z mahsulotlari sotilishini ko‘zda tutuvchi reklama bo‘lib odatda tijorat xarakteriga ega bo‘ladi;

  • chakana va ulgurji savdo firmalari nomidan reklama – savdo faoliyatini jadallashtirishga qaratilgan bo‘lib, tijorat xarakteriga ega bo‘ladi;

  • alohida shaxslar nomidan reklama – odatda firmalar o‘rtasida vositachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga xos bo‘lib, oldi-sotdi jarayonini jadallashtirishga qaratilgan bo‘ladi;

  • hukumat, jamoatchilik organlari va guruhlari nomidan reklama (ijtimoiy reklama) – bu reklama notijorat xarakteriga ega bo‘lib, jamiyat hayotidagi umumiy maqsadlarga erishish, siyosiy tadbirlarda jamoatchilik bilan aloqalarni va targ‘ibot-tashviqotni ko‘zda tutadi. masalan, xalqaro tashkilotlarining reklamasi yoki notijorat sport tashkilotlarining murojaatlari, tabiatni asrash, kambag‘allikka qarshi kurash, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, hayvonlarni muhofaza qilish va shu kabilar.

Reklama predmetiga ko‘ra:

  • tovar reklamasi– ma’lum tovar va mahsulotlar to‘g‘risida ma’lumot berishga qaratilgan bo‘ladi;

  • korxona reklamasi – tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarni reklama qilishga qaratiladi.

OAV turlariga ko‘ra:

  • gazeta reklamasi;

  • jurnal reklamasi;

  • kitob reklamasi;

  • televizion reklama;

  • radio reklama;

  • kino reklama;

  • kompyuter reklama;

  • internet orqali reklama;

  • tashqi reklama.


Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling